Asosiy mavzular
9 march 2024

Olot itlari, jarima va nafaqa uchun pora – EP122

Salom qadrli muxlislar Eltuzga kelayotgan so‘nggi beshta maktubni o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Namangan, Toshkent, Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan kelgan.  

Eltuzga jo‘natilgan videoda Namangan Davlat avtoinspektsiyasi bo‘limida navbatda turgan 50 ga yaqin odamlar aks etgan. Ular jarima va turli ishlar bilan kelishgani bildirilgan.

Keyingi maktub Tashkent shahridan.

Xatga ilova qilingan suratda Poytaxtning ta'mirtala Rohat aylana yo‘lidan Ohangaronga ketish yo‘li aks etgan. 

«Yo‘lga Kamera o‘rnatilgan, birinchi polasadan burilish kerak, aks holda jarimaga tortilasiz. Svetofor ham to‘g‘ri ishlamayapti» deya izohlaydi suratni maktub muallifi.

Navbatdagi maktub bolalar nafaqasini olish uchun 20 ming pora berganini iddao qilayotgan jizzaxlik fuqaro yo‘llagan.

«18 yoshgacha bolalar nafaqasi uchun hujjat topshirdim, qog‘ozga deb 20 000 so‘m so‘rashdi, 50 000 so‘mlik pul berdim, 30 000 so‘m qaytim qaytarishdi.» deya yozmoqda u. Videoda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida bo‘lgan ayni holat aks etgan. 

“Yekobozor hududidagi daydi itlar odamlarga aziyat yetkazmoqda” Navbatdagi murojaat tag‘in Buxoroning Olot tumanidan.

 “Buxoro viloyati Olot tumanidan takror murojaat yo‘llayapmiz. Ekobozor hududidagi daydi itlar odamlarga aziyat yetkazmoqda. Tumanimizga kelgan chet el fuqarolari ham bozor hududiga kirishga qo‘rqib qolgan. Bu ahvolda qanday qilib turizmni rivojlantirish mumkin? Afsuski, murojaatlarimizdan natija bo‘lmayapti. Bu gal tumanimiz mutasaddilari amaliy chora ko‘rar…” 

Va so‘nggi maktub Xorazmdan. 

«Assalomu alaykum hurmatli eltuz jamoasi. Men Xorazm viloyati Xiva shahridan murojaat yo‘llamoqdaman.

Bizning Binokor mahallamizga yong‘in xavfsizligidanmiz deb hech qanday shartnoma qilmasdan majburiy deb 110 000 so‘mdan pul yig‘ib yurishibdi.

Mahalla oqsoqoli bizning mahallamizdan pul yig‘ish uchun qandaydir qog‘ozga muxr qo‘yib bergan. Qish mavsumining so‘ngida shu yig‘im kerakmidi?

Iltimos amaliy yordam bering, bularning ustidan nazorat qiladigan birorta organ bormi?»

Va bu sizning e'tiboringizga bugun havola etganimiz beshta shikoyatning so‘nggisi edi.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izohlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
1 august 2025
Chexiya Davlat veterinariya boshqarmasi  Praganing “Jijkov”mavzesida joylashgan o‘zbek restoranidan 300 kilogrammga yaqin potentsial xavfli go‘sht va sut mahsulotlarini topgan.  ...
30 january 2020
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoeva 29 yanvar kuni arizalariga ko‘ra lavozimlaridan ...
9 december 2021
Mahalliy mulozimlarning «qabr biznesiga» aylantirilgan Xo‘jaylidagi Xalifa Erajab masjidi va Mazdakxon maqbarasini vandallardan himoya qilishni O‘zbekiston sport va turizm ...
3 november 2022
«Eltuz portali»ga kelgan navbatdagi beshta shikoyat maktubini o‘qib eshittiramiz dastlabki shikoyat Samarqanddan. “Kadastr xodimining yerni noqonuniy tarzda sotgani” haqda. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...