Asosiy mavzular
31 august 2017

«Men bu tushni ko‘rganman oldin…»

Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va tinchlikni yoritish» institutida ishlagan. Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.

Ko‘hna Urganch

Men bu tushni ko‘rganman oldin,
Nohush ta'biri ham esimda:
Borarmishman bo‘shliqqa qarab,
Kelar emish Qo‘rquv izimdan.

Bosib kelar emish kun sayin,
Bosib kelar emish kun sayin…
So‘ngra Vahm-Zulumot bilan
Boshlar emish bir makkor o‘yin.

Ko‘zlarining soqqasi chiqqan
Olomonga o‘xsharmish Qo‘rquv.
Butun Turon emish zanjirband,
Butun yurtni elitmish uyqu…

Va zanglagan zanjirlarini
Shaldiratib yurarmish Qullik.
Bu Qullikning basharasiga,
Ko‘zlariga boqarmishman tik.

Shaldiratib yurarmish Qullik,
Shaldiratib kelarmish zanjir.
Oyoqlari ostida uning
Uch yuz oltmish qabriston ham jim…

Huvillarmish buyuk qabrlar,
Tebranarmish zangilar qalt-qalt.
Uch yuz oltmish zanjir xalqasi,
Uch yuz oltmish xalqa emas – xalq!

Uch yuz oltmish avliyo ham jim,
Ko‘zlarimga munglig‘ yosh qalqar.
Men bilmadim, yo anglamadim,
Nechukdir jim emish bu xalqlar?

Bu yerlarni ortiq kezmadim,
So‘ng xonamda bir o‘zim qoldim…
Eslayapman, barin esladim!
Men bu tushni ko‘rganman oldin.

Qudrat Bobojon
Ozodlik ohanglari
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 november 2025
Angren shahridagi 41-maktabda 11 noyabr kuni IIBning bosimli reydi bo‘lib o‘tdi. IIBdan Sattarov Faxriddin boshchiligida 8 nafar xodim ertalab ...
25 february 2025
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi fermer xo‘jaligi vakillari o‘z mulki talon-toroj qilingani, ammo huquq-tartibot idoralari bu ishga ko‘z yumayotganidan shikoyat qilmoqda. Eltuz ...
23 september 2023
«Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Verbovo mudofaa liniyasini yorib o‘tdi va oldinda yanada kattaroq zafarlar kutilmoqda», dedi «Tavriya» qo‘shinlarining tezkor-strategik ...
28 february 2019
So‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston bir necha bor yanada ochiq bozor iqtisodiyotiga o‘tishi haqida e'lon qildi. Asta-sekin bu o‘zgarishlar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...