Asosiy mavzular
31 august 2017

«Men bu tushni ko‘rganman oldin…»

Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va tinchlikni yoritish» institutida ishlagan. Ayni paytda Shvetsiyada yashaydi.

Ko‘hna Urganch

Men bu tushni ko‘rganman oldin,
Nohush ta'biri ham esimda:
Borarmishman bo‘shliqqa qarab,
Kelar emish Qo‘rquv izimdan.

Bosib kelar emish kun sayin,
Bosib kelar emish kun sayin…
So‘ngra Vahm-Zulumot bilan
Boshlar emish bir makkor o‘yin.

Ko‘zlarining soqqasi chiqqan
Olomonga o‘xsharmish Qo‘rquv.
Butun Turon emish zanjirband,
Butun yurtni elitmish uyqu…

Va zanglagan zanjirlarini
Shaldiratib yurarmish Qullik.
Bu Qullikning basharasiga,
Ko‘zlariga boqarmishman tik.

Shaldiratib yurarmish Qullik,
Shaldiratib kelarmish zanjir.
Oyoqlari ostida uning
Uch yuz oltmish qabriston ham jim…

Huvillarmish buyuk qabrlar,
Tebranarmish zangilar qalt-qalt.
Uch yuz oltmish zanjir xalqasi,
Uch yuz oltmish xalqa emas – xalq!

Uch yuz oltmish avliyo ham jim,
Ko‘zlarimga munglig‘ yosh qalqar.
Men bilmadim, yo anglamadim,
Nechukdir jim emish bu xalqlar?

Bu yerlarni ortiq kezmadim,
So‘ng xonamda bir o‘zim qoldim…
Eslayapman, barin esladim!
Men bu tushni ko‘rganman oldin.

Qudrat Bobojon
Ozodlik ohanglari
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qashqadaryoning Qarshi, Koson, Samarqand viloyatining Qo‘shrabo ...
9 december 2025
Ikki mansabdorga hukm o‘qildi, qolgan to‘qqiz kishi jazosiz qolmoqda IIB xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklanib, yechintirilgan va videoga olingan maktab ...
16 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
2 august 2019
Bir guruh o‘zbek faollari 25 iyul kuni AQSh, Yevropaning qator mamlakatlari va O‘zbekiston hukumatlaridan Gulnora Karimova va uning noqonuniy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...