Asosiy mavzular
11 october 2019

Turkiston oydinlari qatag‘oni boshlanganiga 80 yil to‘ldi

Siyosiy tahlilchi Anvar Nazirning «Eltuz»ga bildirishicha, Toshkent qatlgohlarida 1938 yilning 4 oktyabridan 8 oktyabriga qadar Turkistonning besh yuzdan ziyod oydini otilgan. Uning fikricha, o‘zbek zehniyatidagi bugungi toqatsizlik aslida 37-yili boshlangan Stalin davri qatag‘onlari asoratidir.

«Toshkentning Yunusobod mavzesidagi Oqtepa hududi, undan keyin Toshkent politexnika instituti harbiy kafedrasi oldi va boshqa bir qancha joylarda qatlgohlar bo‘lgan o‘sha paytda», deydi u «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni davrda millatning Abdurauf Fitrat, G‘ozi Yunus, Xayriniso Majidxonova, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Xudoybergan Devonov kabi buyuklari uydirma ayblovlar bilan qamoqqa olingan va otishga hukm qilingan.

Biroq Anvar Nazir Stalin qatag‘onlari xotirasi hamon hukumat darajasida nishonlanmasligidan afsuslanadi.

«Biz har yili 8 oktyabrni qatag‘on kuni sifatida norasmiy tarzda bo‘lsa ham xotirlaymiz, ayni shu kuni Turkiston jadidlarining eng ko‘p nafari qatl qilingan», deydi Anvar Nazir.

Maqsad – millatning buyuklarini yo‘q qilish

Xalqning eng yorqin vakillarini yo‘q qilishga qaratilgan Stalin davri qirg‘ini butun sobiq Sovet Ittifoqini qamragan, o‘z hayoti uchun qo‘rquv tuyg‘usi ziyolilarni o‘z hamkasblari ustidan chaquv yozishga majbur qilgan edi.

Masalan, Abdurauf Fitratga qo‘yilgan ayblovga sabab uning Navoiyni ulug‘lagani bo‘lsa, Qodiriyni ruslarga qarshi gapirgani uchun yo‘q qilishgan.

«Jinoyat ishlariga oid hujjatlarda dahshatli narsalarni o‘qish mumkin. Masalan, birinchi bolalar adibi Munavvar qori Abdurashidxonovni laqabi «Student» bo‘lgan kimsaning chaquviga asosan ayblashgan», deydi Anvar Nazir.

Anvar Nazir «Eltuz» muxbiri bilan suhbatida shved jurnalida bosilgan KGB arxividan iqtibos keltirib, bugungi kunda ulug‘lanuvchi Hamid Olimjon va uning xotini Zulfiyaning ham chaquvlar uyushtirgani haqida bildiradi.

«Sotqinlik, xiyonat va tuhmat qatag‘onning asosiy motori bo‘lgan. Masalan, Hamid Olimjon «Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy bachchaboz. Menga tegajog‘lik qilishgan» qabilidagi yomon va kir narsalarni yozgan. Shular ham jinoyat ishiga kiritilgan», deydi u.

Bu chirkin tarixga baho berarkan, «bosmachilarga qarshi kurash» uncha ham shonli bo‘lmagani, ba'zan xotin er, er esa xotin ustidan chaquv yozganini aytadi.

«Stalinning maqsadi buyuk avlodni yo‘q qilish edi, u bu maqsadga erishdi. Buning uchun 20-yillardan boshlab NKVD zimdan shogirdlarni ustozlarga qarshi tayyorlay boshlagan edi», deydi u.

Bugungi davr bilan parallel

Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning 27 sentyabrida MXX xodimlari tomonidan o‘z uyidan o‘g‘irlab ketilgan jurnalist Bobomurod Abdullaning yozgan maqolalari uchun badnom qilinishi, yozuvchi Nurullo Otaxonovga yozgan kitobidagi fikrlari uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi sovet qatag‘onlarining bugungi kundagi davomidir.

Anvar Nazirning fikricha, o‘sha Stalin davri yaratgan repressiv illatlarni O‘zbekistonda har qadamda kuzatish mumkin.

«Bu nafaqat tsenzura va erkin so‘zning bo‘g‘ilishida ko‘rinadi: propiskadan boshlaysiz, paxta majburiy mehnati, shaxsiy mulkning kafolatlanmagani…», deya sanab ketadi u bugungi o‘zbek zehniyatini madaniy dunyodan uzuvchi illatlarni.

«Insonga quldek qarash, uni fikrdan mahrum qilish, erkin mehnat o‘rniga majburiy mehnatga tortish, e'tibor bering shunga, primitiv mafkuralashgan dunyoqarash haliyam hukm surmoqda», deydi tahlilchi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 june 2018
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati o‘zining facebokdagi sahifasida bildirishicha, 2014 yili AQSh vatandoshligini olgan asli qashqadarëlik Zokir Aliev AQShda xalqaro ...
8 june 2025
«Ishonch» fondi atrofidagi savollar Toshkentlik faol Irina Matvienko, «Ishonch» jamg‘armasi huzuridagi fuqarolik jamiyati Maslaxat kengashi a'zosi sifatida, yaqinda muhim ...
13 march 2019
G‘ayrat Bobojonov 50 ëshda. Shundan 25 yilini jurnalistikaga bag‘ishladi. Jurnalistik faoliyatini O‘zbekiston tarixidagi ilk mustaqil telekanalda 1994 yili boshlagan ...
24 april 2018
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati sobiq raisi, Xorazm viloyati hokimi 59 yoshli Ilgizar Sobirov “salomatligi ëmonlashgani bois o‘z arizasiga ko‘ra” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...