Asosiy mavzular
12 november 2018

O‘zbek «Coca-Cola» brendi atay bankrot qilinib sotib yuboriladimi?

Bugungi kunda o‘z maxsulotini mamlakat ichida muvaffaqaiyatli sotaëtgan “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKsi o‘z brendini turk kompaniyasiga boy berishi mumkin.

Shu yilning sentyabr va oktyabr oylarida bo‘lib o‘tgan Moliya vazirligidagi muzokaralar chog‘ida bu haqda so‘z borgan.

Jahon banki, Yevropa taraqqiyot va rivojlanish banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillarining O‘zbekiston Moliya vazirligida o‘tgan uchrashuvda 2019 yilning mart oyigacha “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKning 57,1% davlat ulushidan 17 foizini “Anadolu Group” xoldingiga qarashli Coca-Cola İçecek (Turkiya) kompaniyasiga sotib yuborish masalasi muhokama qilingan.

Ayni majlisda qatnashgan mutaxassisning «Eltuz» muxbiriga aytishicha, turk tadbirkorlari Coca Colaning O‘zbekistondagi brendini qo‘lga kiritish uchun ancha oldin harakatni boshlashgan

Markaziy Osiyoda O‘zbekiston salmoqli iste'mol bozori bo‘lganligi uchun ham Coca-Cola İçecek o‘zbek kompaniyasining ulushlarini sotib olish uchun bir necha yillardan buyon faol harakat qilib keladi.

Matbuotda o‘z nomi oshkor etilishini istamagan Moliya vazirligi xodimlaridan birining ayni masalaga aniqlik kiritishicha, yuqoridagi kompaniya Markaziy Osiyodagi zavodlari uchun ichimlikning qadoqlash qopqoqlari, idishlari, etiketkalari va boshqa hom ashyolar yetkazib beradi.

«Endi bularning bari Turkiya tomonining qo‘liga o‘tadi. Turk kompaniyasi tasarrufidagi korxonalar esa faqatgina ichimlikni quyib uni iste'molchiga yetkazib berish bilangina chegaralanadi xolos» deydi vazirlik xodimi.

Mahalliy ishchilar ommaviy bo‘shatilishi mumkin

Coca-Cola İçecek kompaniyasi egalik qilayotgan Markaziy Osiyo davlatlaridagi kola kompaniyalarining aksariyat xodimlari chet el fuqarolaridir.

O‘zbekistondagi kola kompaniyasining boshqaruvi Coca-Cola İçecek kompaniyasi nazoratiga o‘tgach, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ QKda faoliyat olib borayotgan mahalliy ishchi xodimlarining kelgusi taqdidlari so‘roq ostida qolmaydimi qabilidagi savoliga vazirlik xodimi javob berishni istamagan.

Bugungi kunda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ mamlakatda ishlab chiqarilayotgan ichimlik tayyorlash bilan bog‘liq deyarli barcha jarayonlarda mahalliy tadbirkorlarga suyanadi, ya'ni asosan ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan hom ashyolar sotib olinadi. Bu kompaniyaning o‘z ishchilaridan tashqari hamkorlikda faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkor qo‘l ostidagi hodimlarning bandlik munosabatlariga ham ta'sir o‘tkazadi. Davlat byudjetiga soliq tushumlari, bu orqali doimiy to‘lanishini nazoratda bo‘lib, valyutani chetga chiqish ehtimoli kamayadi.

Sotish haqida yuqorining “siësiy irodasi” mavjudmi?

O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 6 avgustdagi “Yevropa taraqqiyot va rivojlantirish banki bilan hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3900-sonli Qaroriga muvofiq “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJga xorijiy strategik investorni jalb etishda Yevropa qayta tiklanish va rivojlantirish bankining ishtiroki belgilangan. Unda “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJning “O‘zbekoziqovqatxolding” XKdagi ulushi sotilishi to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Qarorda Coca-Cola İçecek kompaniyasi vakillari to‘g‘risida umuman so‘z yuritilmagan bo‘lib, u yerda faqatgina kompaniyani yanada rivojlantirish uchun investitsiya kiritish lozimligi qo‘rsatilgan. Biroq o‘zbek kompaniyasning ulushlarini sotish unda nazarda tutilmagan.

Ataylab bankrot qilinmoqdami?

Norasmiy manbaning «Eltuz»ga ma'lum qilishicha, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJning moliyaviy ko‘rsatkichlari va yillik sof foydasi tushunarsiz sabablarga ko‘ra sun'iy ravishda pasaytirib ko‘rsatilgan. Ko‘rinishidan, ushbu korxonaning ayrim ma'muriy va mansabdor xodimlari o‘zbek korxonasini sun'iy bankrotlikka uchratib uni turk kompaniyasining qo‘liga o‘tishidan manfaatdor bo‘lishi mumkin.

Moliya vazirligi davlat ulushini sotib «otkat» olmoqchimi?

O‘z o‘rnida ta'kidlash joizki, yuqoridagi Prezident Qarorining ijrosini ta'minlashda Moliya Vazirligidagi ayrim mansabdor shaxslarining xarakatlari tushunarsiz bo‘lib kolmoqda.

Hususan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mulozimi N. Xusanovlarning o‘zbek kompaniyasini sotishga bo‘lgan faol harakatlari (Xolding rahbariyatiga tinimsiz bosim o‘tkazish yo‘li bilan) ushbu qarorni ataylab noto‘g‘ri talqin qilishayotganidan dalolat emasmi?

Vaholanki, manbaning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda Moliya vazirligi vakolatlariga investitsiya jalb qilish nazarda tutilmagan. Bu janoblarning shunchalar investitsiya jalb qilishga ishtiyoqlari yuqori bo‘lsa, nega ular hozirgi kunda jadal suratlar bilan rivojlanayotgan va dunyo miqiyosida o‘z brendiga ega bo‘lgan “Coca-Cola”dek Mega kompaniyasiga ko‘z tikishdi ekan.

Sut berib turgan sigirni nega go‘shtga topshirishmoqchi?

Shu o‘rinda manba urg‘u berib aytgan yana bir ma'lumot, bu “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.” MChJ mamlakat bo‘yicha davlat byudjetiga yirik soliq to‘lovchi korxonalar ro‘yhatida kuchli 20 talikdan joy olganligi. U bandlik masalasi bo‘yicha eng ko‘p ishchi-xizmatchilarni ish bilan ta'minlangan korxonalardan biri hisoblanadi.

Maqolani taërlash asnosida «Eltuz» muxbirida «Nega samarali ishlab turgan shirkat sotuvga qo‘yildi?» degan savol paydo bo‘ldi. «Eltuz» nashri bu savol javobini O‘zbekiston Moliya vazirligidan kutadi.

Abdujamil Do‘stmuhammad
Toshkentlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 june 2017
Prezident Mirzieev tashabbuslari bilan o‘zbekistonliklarni hursand qilishda davom etmoqda. 15 iyun kuni, Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga safari ortidan, respublikada ham ...
23 august 2021
Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanidagi “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 69 yoshli Sulton Rahimov mashinasiz qoldi.  U 2019 yil 6 noyabrda “Cobalt” mashinasi xaridi ...
1 november 2017
31 oktyabr kuni Nyu Yorkda o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Saipov sodir etgan terror aktida 8 kishi o‘ldi, 11 kishi ...
20 january 2017
Farg‘ona viloyatida xalq ta'limi va boshqa byudjet tashkilotlari xizmatchilari bug‘doy ekilgan dalalarga mahalliy o‘g‘it – go‘ng sochishga chiqarildi. «Tuman ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...