Asosiy mavzular
13 november 2018

Huquq faoli Eshonqulova pasportsiz va propiskasiz qoldirildi

Toshkent propiskasidan mahrum qilingan taniqli huquq faoli va jurnalist Malohat Eshonqulova 10 noyabr kuni Samarqandga propiskaga qo‘yilmadi.

Eshonqulovaning «Eltuz» muxbiriga bildirishicha, uning pasportini Samarqand tumani IIB pasport bo‘limi boshlig‘i Shohruh Hojimetov olib qolgan.

Pasporti olib qolingani haqida esa bo‘lim boshlig‘i huquq faoliga hech qanday hujjat bermagan.

Hojimetov huquq faolining Samarqandga propiska qilish masalasi boshqa viloyatdan kelgan shaxs sifatida komissiya tomonidan bir oy davomida ko‘rib chiqilishini bildirgan.

Bundan avval Eshonqulovaga Toshkentdagi propiskasidan mahrum etilgani ma'lum qilingan va u 8 noyabr kuni pasportiga hozir ro‘yxatda turgan joyidan ro‘yxatdan o‘chirilgani to‘g‘risidagi muhrni qo‘ydirishga majbur bo‘lgan edi.

Eshonqulovaga 2018 yilning 9 noyabrida berilgan Toshkent propiskasidan chiqarish to‘g‘risidagi  hujjatda avvaliga 2016 yil sanasi ko‘rsatilgan, uning e'tirozidan keyin u ruchka bilan «2017» qilib o‘zgartirilgan, keyin esa umuman yangisiga almashtirilgan

Eshonqulovaning «Eltuz»ga bildirishicha, uning Toshkentdagi propiskasini bekor qilish haqidagi sud qarori, undagi hujjatlarga ko‘ra, bir yil burun, Toshkent IIB migratsiya idorasi xodimiga ko‘ra esa 2016 yili chiqarilgan.

Malohat Eshonqulova kasbiy faoliyati bois bunday bosimlar unga qarshi shaxsan bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan besh-olti yil burun boshlangan mojarolarning davomi ekanligini bildirmoqda.

Eshonqulova o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqand viloyatidan 30 yil burun chiqib ketgan va MTRKning «Yoshlar» kanalida mamlakatning jiddiy muammolarini ko‘tarib chiqqan va Toshkent shahrida faoliyat yuritgan taniqli jurnalist hamdir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 november 2023
Yana o‘sha eski tirmog‘ichga qoqilish. Markaziy bank milliy valyuta konvertatsiyasini cheklash bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqdi. Ushbu tashabbusning O‘zbekistonga ...
20 october 2025
Moskvadagi otel bu safar lyuks emasdi. Tavfiq Malikov turklar uchun ikki kunga Akademiya mehmonxonasidan xona ajratgan edi. Anjuman bir ...
22 september 2020
Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb ...
9 november 2021
O‘zbekiston rasmiylari mamlakatda afg‘on qochqinlari borligini rad etishmoqda. Huquq faollari esa, o‘z navbatida, ularning soni yuzlab ekanini aytishmoqda. Termiz ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...