• Skrinshot: Eltuz.com
Asosiy mavzular
20 december 2019

RTdan va'z: Saylov degan yaylovdagi qo‘ylar haqida

Mabodo Jumanazar aka borib kelgan o‘zga sayëra vakillari O‘zbekistonga kelib qolsa, o‘zlarining tarmog‘ida nimalarni ëzgan bo‘lishardi?

Qandaydir odamlar katta zalga to‘planvolib, bo‘yinlariga har xil rangdagi sharflarni o‘rab, o‘ziga o‘xshagan, biroq chetda yashagan yurtdoshlarini viza bilan O‘zbekistonga kiritsakmi ëki kiritmasakmi, deb gaplashib ëtishibdi.

O‘sha o‘zga sayyoralik likobchasi bilan teparoqqa uchib qarasa, odamlar gavjum Toshkentdan sal nari zulmatda emish. Sovuqdan ko‘karib ketishganmish, barcha odamlar sigir tezagini ëqib, hamma ëqni tutun qilib tashlashganmish.

Albatta, bu ikki manzarani bir-biriga qo‘sha olmagan o‘zga sayëralikning diodlari kuyib, zamekaniya bo‘lib ketadi.

Ammo biz o‘zga sayëralik emasmiz, bu xola-xola o‘yinining oti saylov ekanini bilamiz.  Anovi okean ortidan kelgan radio muxbirasi aytganday saylov-yaylov emas.

Ey labi do‘rdoq.

Asabi chatoq o‘rtoq.

Debatni bas qil.

Biz ertaga Amerikani quvib o‘tamiz.

Agar bugun Zimbabveni quvib yetolsak,

deya yozgan edi bir vaqtlar Mayakovskiy.

ERTAKLAR O‘ZBYeKNI QAYeRGA YeTAKLAR?

Mabodo yuqorida aytganimiz o‘zga sayëralik saylovni kuzatishga erinib, o‘zbek xalq ertaklarini o‘qib qolsa, qolgan diodlari ham kuyib kul bo‘ladi.

O‘zbek ertaklari ishlamay yeb ëtish, ya'ni parazitlikni tarannum qiladi. Masalan, bitiga botgan bir viloyatlik kal dangasa poshshoning qiziga uylanvolib jit qiladi.

Ëki bitta bankrot fermer chol «oltin qaynaydigan xumcha», tinimsiz tekin ovqat beradigan «ochil dasturxon» va bularni qo‘riqlaydigan teloxranitel «Ur to‘qmoq» egasi bo‘ladi.

Nima uchun? Bitta cho‘loq laylakni oshning tagiga bosmasdan qo‘yvorgani uchun.

Zumrad degan qiz esa o‘rmonda yashagan xolaga podxod qilib, padxalim bo‘lgani uchun bir sandiq oltin oladi. To‘g‘ri gapni aytgan Qimmatni esa ajdaho yeb tashlaydi. Mana shunaqa…

Endi xabarlar. Xabar bo‘lganda ham aziz yurtimiz xabarlari.

MAHALLIY XABARLAR

Namangan viloyatining 32-Isfarxon saylov okrugiga O‘zLiDePdan deputatlikka nomzod bo‘lgan Xadjaev Zokirjon Zaxidjanovichning shotirlari uyma uy yurib, ustiga «Mexmash» deb yozilgan paketlarda saylovchilarga «mayda-chuyda» bozorlik berib o‘z nomzodini targ‘ib qilayotgan ekan. Sovg‘alarga qo‘shib plakat ham beribdi.

Eng qizig‘i shundaki, Zokirjon akamiz shu «Mexmash» MChJning direktori ekanlar.

Bu nima? Saylovchilar ovozini qand-qurs bilan sotib olishmi? Zokirjon aka, siz ishlagani keldingizmi yo sotvoganimi, deya savol qo‘yadi vatanparvar bloger Nurbek Alimov.

***

Yunusobod metro yo‘lining qurilishida ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida, dastlabki xabarlarga ko‘ra, 20 dan ziëd mehnatkash tiriklay ko‘milib qoldi. Payshanba kuni oltita jasad chiqarildi.

Quruvchilar ob'ektni bayramga bitiramiz, deya jonlarini jabborga berib texnika xavfsizligini unutishgan. Mamlakatda shu kuni motam e'lon qilishi kerak bo‘lgan prezident Mirziyoev esa 17 dekabr kuni xotini bilan Tokioga uchib ketdi.  

Shu o‘rinda o‘tmishdagi ayni mavzuga oid Hamzaning she'riga bastalangan mashhur qo‘shiqni tinglasak.

Hoy ishchilar, ezilgan mehnatchilar.

Bor bo‘lsin xizmatchilar, emasmu bir inson

Ishchining nega umri boylar uchun qurbon.

ChYeT EL YaNGILIKLARI

Qozog‘istonda mustaqillik kuni sanalgan 16 dekabrda mamlakatning qator shaharlarida namoyish o‘tkazishga uringan o‘nlab faollar hibsga olindi. Ushbu sana 1986 yilning dekabrida Qozog‘istonga Kreml vakili Gennadiy Kolbin tayinlanishiga qarshi uyushtirilgan va sovet qo‘shinlari tomonidan bostirilgan Olmaota voqealarining 33 yilligiga to‘g‘ri kelmoqda.

***

Rossiya harbiy sudi 10 dekabr kuni Peterburg portlashida ayblangan 11 nafar shaxs, jumladan, 9 o‘zbekistonlik, tojikistonlik va qirg‘izistonlik fuqaroni 19 yildan yuqori va umrbod qamoq jazolariga hukm qildi.

2017 yilning 3 aprelida Peterburg metrosida portlash sodir bo‘lib, 16 odam, jumladan, xudkush ekani iddao qilinayotgan qirg‘izistonlik 22 yoshli Akbarjon Jalilov halok bo‘lgan edi.

 CIYoSAT BARChANING IMTIYoZI

Kelgan joyidan davom qilsak.  Saylov bu siësatdir. Siësat haqida hurmatu e'tirof bilan gapirmoqchiman.

Siësat – bu bir imtiëz. Imtiëz bo‘lganida ham barchaga birdek oid imtiëz. Masalan, nogironlar uchun ajratilgan park joyidan faqat nogironlar foydalana oladi.

Bolali aël ëki ikkiqatlar uchun imtiëzdan faqat ular qo‘llanadi.

Siësat esa barcha uchun imtiëz. Bugun feodal ëki quldorlik davrida yashamayotganimiz ota-bobolarimiz amalga oshirgan siësat mevasi.

Bugun mustaqil davlatda yashaëtganimiz Gorbachev va Yeltsin kabi hurriyatchi siësat arboblari peshana teri mevasi. 27 ta mamlakat ichida Yevropa bo‘ylab yurganda bir davlatdan ikkinchi davlatga boshpurt kontrolisiz bemalol o‘tib kechish siësiy imtiëz mevasi.

Karimov davrida «Siësat ëmon. U bilan shug‘ullanmang» yoki «Yoshlarni siyosatga aralashtirmanglar», degan mujda parvarishlandi.

Olimlarning aytishicha, siësat bilan ahvoli o‘ta og‘ir ruhiy bemorlargina shug‘ullanmaydi. Chunki siyosat bilan shug‘ullanish uchun mamlakatda bo‘layotgan jarayonlardan xabardor bo‘lish lozim, voqealarni tushunib, tahlil qilishga odamning aqli bo‘lishi kerak.

Demak, Karimov davrida odamlar o‘zini jinnilikka solib, «siësat bilan shug‘ullanmaymiz», deyishgan ekan.

Karimovning beshta tamoyilidan biri «Iqtisod siyosatdan yuqoridir», deya atalardi. Bu iborani aqlsiz to‘tiqushlar nima deyishayotganining ma'nosini bilmay, televizordan yuz ming karra takrorlashgan.

Holbuki, iqtisod siyosatdan yuqori turishi mumkin emas. Iqtisod davlat siyosatining bir qismidir. Iqtisod va mamlakatdagi turmush darajasi yuritilayotgan siyosatga bog‘liq.

Qashshoq Afrika mamlakatlari ulkan tabiiy zaxiralari bo‘lishiga qaramay, boshqaruvning yomonligi, ya'ni yomon siyosat tufayli aziyat chekishadi.

Norvegiya esa demokratiya va erkinliklar bois o‘z mamlakatining neft va gaz savdosidan byudjetga 1 trillion dollar yig‘di.

Siësat – ijtimoiy ongning faol turi. Hayvonlardan bizni farqlaydigan omil bu.

Masalan, 90ga kirgan boboy 9 may kuni orden-medallarini taqib, ko‘chaga chiqar ekan, u mutlaqo siësatni tamsil qiladi.

Hatto kimsasiz orolga borib qolgan Robinzon ham siësat yuritgan. Orolda Britaniya bayrog‘ini ko‘targan va Jumaboyga ingliz tilini o‘rgatgan.

Siësat bois barchaning ahvoli bir kunda sezilarli yengillashishi mumkin.

Masalan, siësatchi talabi bilan propiska va OVIR tizimi bekor bo‘ldi, deylik.

Pasportni Gruziyadagi kabi ikki soat ichida avtomatdan chiqarib olsak.

Texpasport va texosmotr bekor bo‘lsa. Gruziyadagi kabi.

«Ëshlar ittifoqi», «Nuroniy» jamg‘armasi, «O‘zbekkontsert» kabi parazit idoralar yo‘q bo‘lsa.

Davlat bergan mashinada xotinini sartaroshga olib borgan hokim qamalsa.

Diktantdan ikki olgan domla institutda ona tili va adabiëtdan dars bermasa…

Bu gaplarni ëzib tursam, bir gala ikkichilar tarmoqda demokratiyani ëmonlab koment bitib tashlashibdi.

DYeMOKRATIYa NIMA?

Demokratiya jamiyatning o‘z orasidagi ahdidir. Qonun chiqaruvchiga uni ijro qiladigani aralashmaydi. Hokimlar xalq deputatlari kengashlarida buyruq berib o‘tirmaydi.

Sudlar esa mustaqil qaror qabul qiladi (sud raisiga prezident administratsiyasidan Zaynilobiddin telefon qilib, palonchining ishini ëp, demaydi).

Jurnalistlar esa ko‘zi to‘rt bo‘lib har yerni kuzatadi (hokim bobo ularning janozasini o‘qiyman, deb o‘dag‘aylamaydi).

Saylov erkin bo‘ladi (yana o‘sha Zaynilobiddin telefon qilib, palonchani saylang, demaydi).

Boy soliq to‘laydi. Qashshoq posobiya oladi. Konun esa boy va kambag‘al uchun teng bo‘ladi.  Demokratiya degani shu.

Demokratiya boyga ham, fuqaroga ham kerak. Buni Rashid Qodirov ëki Gulnora Karimova tushunganida edi, hozir qamog‘da o‘tirmasdi.

Shuhrat G‘ulomov kabi legendarniy geroy ham, eks DXX raisi Ixtiër Abdullaev ham, Otabek Murodov ham balki qamog‘da o‘tirmasdi…

Demokratik jamiyatda hech kim Samarqand eks hokimi Turob Jo‘raevga sen Ramzanga uch kilo oltindan bo‘lgan qumg‘on sovg‘a qil, deya buyura olmaydi.

Bugun hukumat va pul meni qo‘limda deya shaharliklarning park va bog‘larini olib, yer uchastka qilib sotaëtgan kuëv Otabek Umarov ham tanasiga o‘ylab ko‘rsin.

Agar demokratik davlat bo‘lganida edi, bu kuëvning prezident qaynotasi nepotizmda ayblanib 30 yilga qamalardi.

Demokratik davlatda solig‘ini to‘lab qo‘ygan odam boyib bitadi. Qashshoq fuqaroga esa o‘lib netib qolmasin, deb posobiya beriladi.

Eng muhimi, kimdir prezident bo‘lib saylansa, amma-xolasi va kuëvlariga davlat oxuridan yem yedira olmaydi. Impichment qilib, ontarib tashlashadi.

Demokratik jamiyat bo‘lganida Toshkent markazidagi kulbasi buzilgan Oysha xola bu kulbani buzdirgan Otabek Umarovni sudga berardi.

OAVlari Oysha xola tarafini olib maqola ëzardi. Otabek degani tug‘ilganiga pushaymon bo‘lib, bor-yo‘g‘idan ajrab, qaydasan Qo‘qonjonim, deb tirraqi buzoqday qochgan bo‘lardi.

Demokratiya jamiyat ichidagi kuchlar kelishuvi va ularning muvozanatidir.

Insoniyat tarixida hech bir jamiyat demokratiya kabi mustahkam bo‘lmagan.

Shvetsiya, Norvegiya, Germaniya kabi dunëviy liberal va demokratik davlatlarni ko‘ring va demokratiya bo‘lmagan …istonlar bilan taqqoslang.

Haliyam kech emas. Bugun oltin oxurdan yem yeëtganlar ertaga balanda ichib, turma jallodi oldida to‘nqaygisi kelmasa, marhamat, jamiyat bilan kelishsin.

Ishtahasini bugun tiysin. Bugun tovoqdan qo‘lini tortsin. Ko‘r emasmiz. Kar ham emasmiz.

MUTYeLIK 

Jaholat, xabarsizlik va bilimsizlikdan qo‘rqoqlik kelib chiqadi. Bularning nikohidan esa mutelik tug‘iladi.

Mutening tomirida faqat qullik qoni oqadi.

Keyingi bir hafta ichida men blok qilganlar johil qo‘rqoq va mutelar edi.

Ularni ifsho qilish uchun Muhammad Solih chiqishlari qo‘l keldi.

Turkistonning botir shoiridan taralgan qahramonlik nuri chaënu kaltakesaklarni cho‘chitib yubordi.

Ba'zi mutaasiblar esa betamizlarcha buyuk shoirga loy chaplamoqchi bo‘lishdi.

Ular ëzgan aji-buji kalaka–malyakalarani o‘chirib tashlasam, “Demokratiya bu, bizning ham so‘z erkinligimiz bor”, deb haq talab qilishdi.

Javob shu. Sizlarda hech qanday haq-huquq yo‘q.

Quturgan itda qopish huquqi bo‘lmagani kabi.

Sizlarning eng so‘zamol, eng biyroningiz ham militsiyaning oddiy serjanti oldida tili tutilib, ënidagilarni sotishni boshlab yuboradi.

Millionta isbotimiz bor.

Eng kattangizdan tortib eng maydangizgacha bir-biringizga qarshi ko‘rsatma ëzgansiz.

Bu ko‘rsatmalar turibdi joyida. Buyuk yozuvchi Mixail Bulgakov aytgandek, qo‘lëzmalar ënmaydi.

Ularga qarab shoir Rauf Parfi aytgan satrlar mana bu:

Oqni qora deysan, tillani temir,

Nohaqsan, sarqitni osh deb urasan,

Karmisan? Ko‘rmisan? Nimasan axir?

Assalom, O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
16 january 2024
Salom qadrli muxlislar, bugun 16 yanvar Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Rossiyada mardikorlik qilgan 35 yashar o‘zbek Shexnazar ...
25 september 2017
25 sentyabr kuni «Eltuz» muxbirining Andijondan xabar berishiga ko‘ra, o‘qituvchilarning terimdan qaytarilishi ortidan paxta uchun pul yig‘ib olinmoqda. Andijon ...
7 august 2025
Odamlarda san'at haqida umumiy tasavvur bo‘lishi uchun. Nega asar muzeyda turadi? Muzey eskponatinii nega davlat muhofaza qiladi? Nega oddiy ...
13 february 2024
Tarmoqning o‘zbek segmenti o‘zbek davlat ramzlariga nafratni parvarishlamoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisi va faollarning davlat madhiyasini kuylayotgani masxara qilingan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...