Catira
26 may 2020

Mirziëev oddiy aëlni doktorga aylantiradigan alkimëgar

Dissertatsiya qo‘lyozmasi toshqinda yaroqsiz holga kelganini iddao qilgan 28 yashar sirdaryolik Kamola Abrorxonovaga prezident topshirig‘i bilan doktorlik darajasi berildi.

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, 15 may kuni mirzaobodliklar bilan uchrashuvidan keyin prezident Mirziyoev istisno tariqasida ayolga doktorlik darajasini berishni buyurgan.

Shundan keyin Abrorxonova Guliston shahrida tashkil etilgan tantanali tadbirda doktorlik ilmiy daraja diplomini Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Ahmedbek Yusupovdan qabul qilib olgan.

«Shvetsiya qiroli falonchiga Nobel mukofoti ber, deb amr qila oladimi?

Ëki AQSh prezidenti kinoakademiyaga telefon qilib, pistiënchiga Oskar ber, deb ayta oladimi? Germaniya kantsleri Merkel Fanlar akademiyasi rahbarini ëniga chaqirib, mana shu olimga doktorlik unvoni ber, deya oladimi?

Yo‘q, albatta. Agar shunday bo‘lsa, osmon uzilib yerga tushgan bo‘lardi.

Italiyada diktator bo‘lgan Mussolinining ham jur'ati etmagan bunga.

Masalan, bitta olim borib: “Mussolini tog‘a, doktorlik ishimni echki yeb qo‘ydi, shu palakatni hisobga olib ilmiy unvon bering” desa, Mussolini bu betamiz olimga “qayta ëz!” derdi.

Ammo O‘zbekiston prezidenti ilmiy yozmalari toshqinda yaroqsiz holga kelgan sirdaryolik xotinga doktorlik darajasi ber, deb Fanlar akademiyasiga buyurdi.

Fanlar akademiyasidagi qullar esa o‘z xo‘jayini amrini shessekundda bajo keltirdi. Bonusiga professor degan unvonni ham qo‘shib berishsa kerak.

21-asrda o‘zbek olimining g‘oz pati ëki qamish qalam bilan ilmiy ish ëzishining o‘zi mo‘'jiza. Men bilgan G‘arb olimlari o‘z ilmiy ishini kompyuterda ëzadi. Kompyuterni qo‘chqor suzsa, qo‘tos ezg‘ilasa ëki hojatxonaga tushib ketsa, fayllar bulutlarda saqlanadi», dedi bu haqda «Eltuz» kanalidagi ma'ruzasida rassom Tuz.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 december 2019
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih shu yilning 20 dekabrida 70 yoshga to‘ladi. Muhammad Solih hayoti haqidagi ...
14 july 2025
Rassom og‘a doim bolasini o‘ris bog‘cha va maktabga berganlarni qoralaydi. Bu fikrga to‘liq qo‘shilaman. Doim bolalarimni faqat o‘zbek bog‘cha-maktabga ...
7 september 2023
Buyuk chex imprescionisti asarini chex elchisi Urganchda taqdim qildi Urganch zamonaviy san'at muzeyida Germaniyadagi “Yuzuk” tashkiloti tarafidan 20-asrdagi buyuk ...
11 october 2025
Lipetsk viloyatida qo‘nish paytida MiG-31 — qiruvchi samolyoti ishkal topib quladi. Ekipaj o‘zini katapulta qilishga ulgurdi, ikkala yarador uchuvchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...