Asosiy mavzular
28 october 2020

O‘zbekistonda ziyoli oqsoqollar partiya tuzmoqchi. Ularga nima to‘sqinlik qilmoqda?

Joriy yilning 17 oktyabrida O‘zbekistonning turli viloyatlaridan bir guruh ziyolilar Toshkentda yig‘ilgan. Bu yig‘in “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial demokratik partiyasi ta'sis majlisi oldidan bo‘lib o‘tgan.

Yangi tuzilishi rejalashtirilayotgan partiya tashabbuskorlari orasida jurnalist, huquqshunos, iqtisodchi, faylasuf, general-mayor, inson huquqlari faollari bor.

Yig‘ilishga “Adabiyot gazetasi” nashri bosh muharriri Baxtiyor Karim moderatorlik qilib, tashabbuskorlarga bir qator savollar bilan murojaat etgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda nafaqadagi jurnalist Tursun Qoratoev “O‘zbekistonda ushbu partiya tuzilsa, kelajak avlod uchun yaxshi bo‘lishi”ni ta'kidlaydi.

Falsafa fanlari doktori Bo‘ri Ziyomuhammedovning aytishicha, partiya tuzilsa, “O‘zbekistonning amaldagi prezidenti Shavkat Mirziyoevning obro‘si oshadi. O‘zbekiston kelajagi haqiqatan ham buyuk bo‘ladi”.

Tuzilajak partiyaning ta'sis majlisini o‘tkazish uchun partiya faollari sentyabr oxirida Prezident nomiga ariza yo‘lladi. Unda karantin sharoitida sanitariya talablari saqlangan holda partiya yig‘ilishini o‘tkazish uchun ruxsat so‘ralgan.

Tashabbuskorlar rahbari sifatida ko‘rilayotgan iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov partiya tuzishda mamlakatda mavjud qonunlar asosida harakat qilayotganini ta'kidladi. 

U faoliyatni davom ettirishda sun'iy to‘siqlar, siyosiy tahdid va g‘ayriqonuniy qarshiliklar qilinmasligi katta imkoniyat ekanini aytadi. 

Allaqulov, shuningdek, partiya ta'sis yig‘ilishini chaqirishga oid jo‘natilgan arizaga mamlakat rahbaridan ijobiy javob olinishiga ishonishini bildiradi.

Tag‘in o‘qing
2 august 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Navoiy, Surxondaryo, Xorazm, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Sizga o‘qib ...
18 october 2025
O‘zbek Kamila Mahmudova Avstriyaning Raiffeisen Bank International (RBI) banki moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi. U 2007 yildan beri RBI`da ishlab ...
7 may 2019
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan rasman qabul qilingan qonun loyihasi Senat tomonidan imi-jimida o‘zgartirilgan holda ma'qullandi. Deputatlar boshqacha qabul qilib, ...
7 april 2017
Erkaklarning doyalik qilishini «sharmandalik» deya atagan 42 yoshli toshkentlik imom xatib Rahmatulloh Sayfutdinov chaqirig‘i ortidan vazirlikka shikoyat qilgan Farida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...