Asosiy mavzular
7 december 2021

Jaloliddinning buzilgan haykali harbiy qismga olib ketildi

1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali buzib tashlandi. Shu kuni uning demontaj qilingan haykali 53-008-harbiy qism hovlisiga olib ketilgan. Haykal badiiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston xalq rassomi Ilhom Jabborov tomonidan 1999 yili hukumat qarori bilan tiklangan edi.

Ayrim manbalarda hokimlik tarafidan haykal eski deya baholangani, Jaloliddinga Urganchda yangi haykal qurilgani bois buzilgani aytilmoqda.

U holda bir nechta savollar o‘rtaga chiqadi:

  1. Demontaj qilingan haykal 1999 yili hukumat qarori bilan davlat puliga qurilgan.
  2. Haykal o‘zbek so‘mida ham aks yetgan bo‘lib, badiiy estetik qimmatga ega. O‘zbekiston xalq rassomi (Amir Temur haykali muallifi) Ilhom Jabborovning shoh asarlaridan biri sifatida madaniy ëdgorliklar ro‘yxatiga kiritilgan.
  3. Haykalni demontaj qilish haqida qaysi tashkilot nimaga asoslanib qaror chiqardi?
  4. Viloyat hokimi Ermonov tarafidan ko‘p qavatli uy quradigan developer – uy jallobiga sotilibdi, degan gap ham bor. Bu rostmi? Qanday huquqiy asosda va kimga sotildi?
  5. Bir shaharda bir tarixiy siymoning ikki haykali bo‘lishi mumkin emas, degan iddaolar aytilmoqda. Toshkentda Navoiyning uchta haykali, Moskvada Pushkinning 11 ta haykali, Gavanada Leninning 21 ta haykali bor.

Jaloliddin Manguberdining 14,5 metrli salobatli haykali mamlakatimizdagi eng baland monumentlardan biri hisoblanadi. Monument postamenti qizil granitdan, haykalning o‘zi esa bronzadan ishlangan. Monument loyihasi muallifi xorazmlik me'mor Polvonnazir Salaev hisoblanadi.

Haykalni toshkentlik haykaltaroshlar Ilhom va Kamol Jabborovlar yaratishgan. Manguberdi siymosini yaratishda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a'zosi To‘ra Quryozovning shu davr asarlaridan kelib chiqib chizgan rasmi asos qilib olingan. To‘ra Quryozov ushbu asari uchun O‘zbekiston xalq rassomi unvoniga sazovor bo‘lgan. Bugunga kelib bu haykal yo‘q.

Haykalning buzib tashlanishi rossiyalik o‘rtamiënadan ham past Aleksandr Ustenko va Vitaliy Kazanskiy ismli ikki «xalturshik» haykaltaroshning ot ustidagi Jaloliddin haykalini tiklashi bilan bog‘liq.

Lekin mulozimlar eski haykal buzilishi haqida jamoatchilikka biror hujjat taqdim qilishmagan. Xalqdan bekitib, xalq puliga qurilgan haykal imi-jimida buzib tashlandi. Mirziëev buzdirgan haykalni uning ustozi Karimov yasattirgan edi.

1999 yil 5 noyabr kuni Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tgan. Shaharda yubiley uchun Shovot kanali qirg‘oqlarini birlashtirib maxsus bunyod etilgan ansambl markazida Jaloliddinning qattiq materialdan ishlanib, ustiga mis qoplangan ulug‘vor haykalini Karimovning o‘zi ochgan edi.

Marosimda Karimov bu haykal o‘rnatilishiga hissa qo‘shganidan mamnunligini izhor qilgandi. Haykalni yasash Amir Temur siymosini yaratgan Ilhom Jabborovga topshirilishi ham prezident amri bilan bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Mirziëev faoliyatida haykal o‘zgartirish bilan bog‘liq talay epizodlar bor.

1. 1993 yili u Ibn Sino haykali kallasini arra bilan kesib, boshi olingan Ulug‘bek haykaliga shaxsan o‘rnatgan.

2. Mirziëev Samarqand viloyati hokimi bo‘lganida Registonda Abu Abdullo Rudakiyning to‘la bo‘yli granit haykali va Alisher Navoiy bilan Abdurahmon Jomiyning marmar haykali olib tashlangan edi.

3. Samarqand markazida avstriyalik mahbus arxitektor Eduard Rush tomonidan 1919 yilda qurilgan va SSSR davrida monumental plastika sohasining mamlakatdagi eng noyob namunalaridan biri deya qadrlanib, kataloglarga kiritilgan san'at asarini 2009 yili bosh vazir lavozimida bo‘lgan Shavkat Mirziëev Toshkentdan maxsus kelib buzdirib ketgan edi.

Monument to‘rt tomonida to‘rt holatda aks ettirilgan qullar haykalidan iborat edi. Biri iztirob ichida, yana biri uyg‘onayotgan, yana biri umid bilan qaragan, yana biri esa yuzida mardlik aks etgan qullar.

Postamentdan o‘sib chiqqan ustun va uning ustidagi qubbaning to‘rt tomonida 4 ta bolacha haykali aks etgan, qubba ustida esa qo‘lini ko‘kka cho‘zgan va ozodlik timsoli sifatida keltirilgan ayolning mardonavor shakli qad ko‘targandi. Bu haykal Samarqand viloyati madaniy ëdgorliklar boshqarmasi ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa ham mavjud qoidaga zid tarzda buzib tashlangandi.

4. 2019 yili Toshkentdagi Alisher Navoiy haykalini parlament tarafga qaratib burib qo‘yish ham shaxsan Mirziëev tashabbusi va elning katta mablag‘i evaziga amalga oshirilgan.

5. 2021 yilning 2 dekabrida Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali prezident topshirig‘i bilan buzib tashlandi. Navbatdagi buziladigan haykal Toshkent markazida, Oqsaroy oldidagi Islom Karimov haykali bo‘lishi lozim. Islom Karimov haykalining olib tashlanishi mantiq va tarixiy adolat talabiga mos bo‘lardi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 october 2023
Bu ne kundir, atrofingga boqsang sekin, U ham kerak, sen ham kerak, men ham kerak. Barchamizni davrasiga to‘plab, lekin Bir ...
24 october 2025
2025 yilda “Buxoro Dori-Darmon” MChJ rahbari Dilmurod Axatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi — jamoatchilik diqqat markazida bo‘lgan, katta miqdorda ...
23 october 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 9-qismidan uning aynan mamalakatni tark etganidan keyin, hijratda yozgan ...
24 january 2018
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev avtobusda tiriklayin yonib ketgan farg‘onalik 16 yo‘lovchini «haromi» deb haqoratladi. O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan yo‘lovchilar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...