Asosiy mavzular
10 february 2022

Ulug‘bek Tursunov Toshkent IIBdagi oldingi lavozimiga qaytarildi

Ulug‘bek Tursunov yana avvalgi kursisi – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. Xodimlar orasida katta obro‘ga ega Tursunov 2020 yil sentyabrida lavozimidan chetlatilgan edi.

Ikki yil muqaddam Ulug‘bek Tursunov  o‘rniga Qo‘qon shahar IIB dan kelgan Muhiddin Jo‘raev Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi. Farg‘ona viloyat IIBoshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tashxo‘jaev Namangan viloyati IIBsiga boshliq bo‘lib o‘tdi. Xo‘sh, Ulug‘bek Tursunovning Toshkent shahar IIBsi boshlig‘ining birinchi muovini bo‘lib qaytishi nega kerak bo‘ldi?

Ichki Ishlar Tizimidagi @Eltuz ning ishonchli manbasi Ulug‘bek Tursunovning o‘z lavozimiga qaytishi borasida shunday deydi: 

IIV va prokuratura yarim yildan beri har 10 kunda IIBlarni tekshiraverib, avra-astarini chikarib tashladi. Bunday tekshir-tekshirlardan bezigan xodimlar yoppasiga ishdan keta boshlashdi. 

Masalan, Sergeli IIB da yarim shaxsiy tarkib ishdan bushash uchun ariza yozgan. Bularning barchasi avvalo ish sifatiga yomon ta'sir kursatdi. Jinoiy-qidiruv faoliyati deyarli to‘xtab koldi. Har 10 kunda tekshiraversa, har kuni IIV selektor o‘tkazaversa, ishlashga qachon ulguriladi.  Shu sababli, jinoiy qidiruv faoliyatini jonlantirish, xodimlar ish sifatini oshirish bo‘yicha nima qilish kerak, degan savol paydo bo‘ldi. Va prokuraturadagilar Ulug‘bek Tursunovni qaytarish kerak, degan taklif berishdi. 

Tursunov ishni tashkil qilish va xodimlarni himoya qilish bo‘yicha ichki ishlar xodimlari orasida katta obro‘ga ega. 

O‘z vaqtida bunaqa obro‘ga Zokirjon Almatov ega bo‘lgan. 

O‘zim guvoh bo‘lganim, ochilmagan qotillik jinoyatini ochish uchun 3 kun oddiy uchastkovыy xonasida ishni tashkil qilib o‘tirdi. Uchastkovoy xonasida konditsioner tugul, hojatxona ham yo‘q edi.  Ulug‘bekning o‘zi o‘tirib, ishlarni tashkil qilib, qotillikni ochish bo‘yicha maslahatlar berib, versiyalar berib, uch kun ichida jinoyatni ochib, keyin o‘zining kabinetiga ketgan edi, deydi Eltuz nashrining Ichki ishlar vazirligidagi manbasi.

Eltuz.com

Youtube: https://www.youtube.com/c/ElTuz

TikTok: https://www.tiktok.com/@eltuz1​​

Twitter: https://www.twitter.com/RassomTuz​​

Instagram: https://www.instagram.com/eltuz1el_tuz​​

Facebook: https://www.facebook.com/eltuzcom​​

Telegram: https://t.me/eltuz

Tag‘in o‘qing
27 june 2023
Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular ...
28 may 2020
Bosh prokuratura koronavirus tarqalishi silsilasini aniqlash oson bo‘lishi uchun fuqarolardan kundalik tutishni so‘raganida ba'zilar buni kulgiga oldi. Internetda hazil ...
27 april 2021
«Eltuz» kanalining qadrli muxlislari. Agar sizda mavzuga oid muhim xabarlar bo‘lsa, kechgan voqealar haqida gapirmoqchi bo‘lsangiz, «Eltuz»ning telegramdagi +49 ...
15 september 2017
15 sentyabr kuni Toshkentdagi «Zeroline» galereyasi «Qochish» (Pobeg) deb nomlangan tasviriy san'at ko‘rgazmasida, mamlakatni tark etgan rassom Shuhrat Bobojon ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...