UzPoster
4 march 2022

Rossiyani nimalar kutyapti?

Taniqli amerikalik rus iqtisodchisining bashoratlari.
Tez orada rossiyaliklar kundalik ehtiyoj mollar tanqisligiga ro‘baro‘ bo‘la boshlashadi.
Rossiya iqtisodiyoti jahon savdosiga qattiq moslashgan. Sanktsiyalar tufayli tovarlarning kelishi nihoyatda qiyinlashadi endi.
Ular yetib kelgan taqdirda ham to‘lovlar rus so‘mida bo‘lmaydi.
Dollar bilan savdo qilishni esa taqiqlab qo‘yishgan.
Eksport daromadlari bir necha barobarga qisqaradi.
Chunki, xaridorlar Rossiya tovarlarini sotib olmay qo‘yishadi.
Hattoki, sanktsiyaga uchramagan neft shirkatlari ham, xaridor topishga qiynalib qolishadi.
Rossiya gazining eng yirik ekspotyori Gazprom allaqachon sanktsiyaga uchragan va uning qanday qilib valyuta daromadi olishi ham aniq emas.
To‘g‘ri, Markaziy Bankda 650 milliard dollar zaxira bor.
Lekin bu mablag‘larning yarmidan ko‘piga allaqachon arest qo‘yilgan.
Tilla zaxirasiga nima bo‘lishi ham ma'lum emas.
Dunyoda hech bir bank sanktsiyalar va katta jarimalardan qo‘rqmay Rossiya Markaziy bankidan tilla sotib olishga botinolmaydi.
To‘g‘ri oxirgi 20 yil ichida Rossiyada ko‘plab zavodlar qurildi.
Lekin ular ham Rossiyani qutqarib qololmaydi.
Chunki bu zavodlarning aksari avtomobilsozlik, aviatsiya, maishiy texnika sanoatiga taaluqli.
Bu zavodlarga ehtiyot va qo‘shimcha qismlar chetdan keladi.
Shunday ekan, kelgusi oylar ichida ko‘plab zavodlar, butun boshli sohalar to‘xtab qoladi.
Natijada tovarlar tanqisligi paydo bo‘ladi, ommaviy ishsizlik yuzaga keladi.
Bu esa soliq yig‘ishda muammolarni yuzaga chiqaradi.
Soliq bo‘lmagach, byudjet xodimlariga ham oyliklar vaqtida to‘lanmaydigan bo‘ladi.
Buning ustiga Rossiya ichkarisida samolyotlar parvozi to‘xtab qoladi.
Chunki barcha samolyotlar chet eldan lizingga olingan, ehtiyot qismlari ham xorijdan keladi.
Shunday ekan samolyotlarning birin ketin yaroqsiz holga kelishiga guvoh bo‘lamiz.
Xuddi Eronda bo‘lgani singari.
Internet ham berkiladi. Deyarli barcha mustaqil saytilar yopildi, yaqinda Vikipediya, Yutub, Tvitter va Feysbuklar ham butunlay berkilsa ajabmas.
Rossiyaliklarning ishongani Odnoklassniki bo‘lib qoladi.
Endi qishloq xo‘jaligiga o‘tsak, Rossiyada ekish tekinga urug‘larning 40 foizi chetdan keltirilishini bilasizmi?
Kartoshka urug‘ining 90 foizi xorijdan olib kelinadi.
Demak, tez orada asosiy mahsulotlar tanqisligi va narxlarning ko‘tarilishi kutilmoqda.
Bu hali hammasi emas.
Kimning imkoni bo‘lsa xorij o‘lkalarga chiqib keta boshlagan.
Kuni kecha xabar chiqdi. Rossiya elitasining oilalari Dubay, Turkiya va hatto Gurjistonga ketayotgan ekan.
Keta olmaganlarchi?
Ularning holi ne kechadi?
Odamlar chiqib ketmasin deya chiqish vizalari joriy etilishi mumkin.
Juda bo‘lmasa mamlakat butunlay yopiladi.
Ana unda Sovet Ittifoqini sog‘inganlarning orzusi ushaladi.
Ular Sovet Ittifoqining bara go‘zalliklarini o‘z tanalarida sinab ko‘rishadi.
Faqat ularni Xrushchev, Brejnev va Gorbachyovga o‘xshaganlar emas, balki aqldan ozgan diktator idora qiladi.
@eltuz Morog‘ bo‘sin! Shunday ekan qorako‘z migrant birodaru singillarim, samolyot biletiga narxlar arzonligida vatanga qaytinglar. Yo‘qsa, topgan pulingiz yo‘lkiraga ham yetmay qoladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 march 2017
O‘zbekiston Prezidentining qaroriga ko‘ra, 1 martdan O‘zbekistondagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tadbirkorlik sub'ektlarida kassa apparatlarining bo‘lishi ...
14 march 2020
Shu paytgacha oshkora tazyiqlarga uchrayotgan o‘zbekistonlik inson huquqlari himoyachilari va jurnalistlar endilikda virtual hujumlarga ham duch kelmoqda. Ularga elektron ...
20 june 2016
Tovlamachilik aybi bilan xibsda qolayotgan 38 yashar Chinozlik tadbirkor Ahmadboy Tursunboevga nisbat berilgan maktub ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. «Maktubda» ...
28 december 2025
Reuters agentligining MAGATEga tayanib xabar berishicha, Rossiya va Ukraina Zaporoje AES hududida elektr uzatish tarmoqlarini ta'mirlash uchun mahalliy o‘t ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...