Asosiy mavzular
9 september 2022

RTdan va'z: Kitob yuklangan eshshak

Kitob ilm manbai. Kitobdan o‘zga do‘st yo‘q. Siz bir odamning to‘yiga borib konvertda ming dollar berganingizdan ko‘ra, Teodor Drayzerning «Baxti qaro Kerri» kitobini padarka qilsangiz o‘sha odam milllion dollar olganday sevinadi.

MS: Agar men to‘y qilsamu kimdir to‘yanaga kitob  bersa, o‘sha odamni urib o‘ldirib tashardim. Men uni to‘yida 100 dollar to‘yana qigan bo‘sam, u menga 2 dollaram turmaydigan kitob berib rachcho‘t qiladimi. Neporryadok!!!

RT: Eh, Matchon, Omi odamsan!

MS: So‘kinmang! Surxondarë hokimi Bobolov emassiz. Bir qarab ko‘ringchi maktab darsliklarida Bobolov o‘zbek tili boyligi bo‘yicha o‘rnak sifatida rasmi qo‘yilmaganmi? Mana cho‘ntak bo‘yligi bo‘yicha o‘rnak sifatida Murod Bildingchini rasmi qo‘yilibdi. Oldinroq shoir Bobir Bobomurod Salimboyga bag‘ishlab «haëtingiz bizga namuna» deb shig‘ir ëzgan va buni bitta xopz aytib obro‘ olgandi.

RT: Hamma gap darsliklar ijarasidan boshlandi. Qimmat-qimmat deb dodlashdi. Keyin hukumat darsliklarni tekin qildi. Shundan keyin darsliklar mundarijasi muhokama mavzusiga aylandi.

MS: Maktabdagi kitoblar kelasi yilam tekin bo‘ladi. Umuman qiëmatgacha tekin bo‘ladi. Qadriga yeting qashshoqlar. Lekin gap boshqa yerda.  Kimlardir suvni loylatib baliq tutmoqchi. Mevali daraxtga tosh otishadi, darslik yaratish juda og‘ir, har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Lekin tayer narsani muhokama qilish oson.

RT: To‘g‘ri aytasan, Matchonboy. Darsliklar muhokamasi qanday bo‘lganini savodsiz Sotvoldi aka muhokama qilsa sen aytganday bo‘ladi.

MS: Anavi Sotvoldimi? To‘yxonada ëtvolib, shik-shiki madam shik deb ashula aytadigan?

Darslik muhokamasi      

RT: Sotvoldi aka «xotinining ketidan kun ko‘radigan» millionlardan biri. Savodi chiqmay qolgan. O‘zining aytishicha, buning sababi  darsni kirilda o‘qib, keyin lotinda davom ettirgani uchun miyasi tormozlanib qolgan. Xotini xonim pishirib sotib, Sotvoldi va uning churvaqalarini «baqib» turibdi. Kecha Sotvoldini majlisga chaqirishdi. Aslida xotinini chaqirishgan edi, ammo xotinning vaqti yo‘q. Sotvoldi ënboshiga adidas deb ëzilgan yag‘ir qora triko  ustidan artel deb ëzilgan futbolka kiyib, majlis aytilgan maktabga bordi. Yig‘ilishda o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar muhokamaga qo‘yilibdi. Sotvoldi oxirgi marta 6 yil oldin qattiq muqovali kitobni qo‘lida ushlagan edi. Makulatura yig‘ib yurganida, Karimovning kitoblarini aravaga ortib Qo‘yliqdagi o‘ptimchiga topshiruvdi.  Vazirlikdan kelgan ko‘k kostyumli yigitcha majlisni boshlar ekan, Sotvoldi akani turg‘azib savol berdi. «Xurmatli ota-ona, Siz kitob kontenti o‘quvchilar segmentiga proportsional deb o‘ylasizmi?» dedi mulozim. Sotvoldi ishtoni cho‘ntagidan kir ro‘molchani olib, terlagan peshanasini artdi. «Javob varianti yo‘qmi?» degancha to‘rda o‘tirgan direktorga jovdirab  qaradi Sotvoldi. Direktor bo‘lsa xona devoridagi prezident rasmiga ishora qildi. Sotvoldi «tushundim» deganday ko‘zini yumib ochdi-da, gapira ketdi.  «Poshshoyimizani umrlari uzun bo‘vursin. Qancha sro‘k o‘tirsa o‘tiruvursinlar. Biza mingdan ming rozivuza».  Vazirlikdan kelgan mulozim «Mavzu yuzasidan taklifingiz bormi?» deb so‘radi. «Bor, shu O‘rikzor bozori oldidagi xonimchi xotinlarni nalo‘kchi, sanepid duxtr va milisalar ezib tashavotti. Azgina yengillik bo‘sa, xursan bo‘lardik».
«Kitob masalasida nima deysiz?» deb so‘radi mulozim.
«Kitob varrog‘ini yirtib, xonim o‘rash oldingi zamonlarda qop ketgan. O‘sha eski kitoblarning yupqa qog‘ozi o‘rashga yaxshi edi. Hozirgilar to‘g‘ri kemaydi.»
Sotvoldidan keyin mahalla imomi o‘z qavmining masjid tualeti kanalizatsiyasini tiqib tashlaganidan nolidi. Bitta chol turvolib uy so‘radi. Bitta xotin to‘rtta bolasi borligi va eri yo‘qligini aytib «xotinlar daptariga» kiritishni so‘radi. Bittta qaynona eridan, kelinlar esa qaynotasi ëmon ko‘z bilan qaraganidan shikoyat qildi. Soat 3 da boshlangan maylis  5 da tugadi.
Shu kuni Xalq ta'limiga oid TG kanalda «O‘zbek xalqi darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda kitoblarning saviyasini tanqidiy nazar bilan muhokama qildi» deb ëzildi.
MS: Sotvoldi aka buni o‘qidimi?
RT: Sotvoldi aka buni o‘qimadi. Chunki u ravon o‘qishni bilmaydi. Harflarga qarasa, ko‘zi tinib ketadi.
MS: Tuz og‘a, aslida ayb kitobda emas. Eng mukammal kitoblarni sandiqqa solib, eshshak ustiga ortsangiz ham eshshak aqlli bo‘lib qolmaydi. U shunchaki kitob ortilgan eshshakka aylanadi.
RT: Bu gaping to‘g‘ri Matchon. Kitob bu ta'lim tizimi deb atalgan zanjirnig bir xalqasi xolos. Agar boshqa halqalar zaif bo‘lsa zanjir mustahkam bo‘lmaydi. «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligi muallifi, filologiya fanlari nomzodi, Potsdam (Germaniya), Groningen (Niderlandiya) va Sharqiy Finlyandiya universitetlarida psixolingvistika va til o‘rganish jarayonlarini ilmiy jihatdan o‘rgangan Iroda Azimova yozmoqda:
«2016-yilda men ham «O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudirligiga tavsiya qilingan nomzod sifatida hurmatli prezidentimiz suhbatlariga kirganman. O‘shanda hurmatli Shavkat Miromonovich «O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi meni umuman qoniqtirmaydi. Uni butunlay yangilash kerak,  » s chistogo lista». O‘rganinglar chet elning metodikasini, sizga shu topshiriq» degan edilar. Men bu vazifani bo‘ynimga olarkanman, menga shunday mas'uliyatli vazifa topshirildi, xalqimizning kelajagi uchun sidqidildan qilishim kerak, deganman.
Bizga bu yo‘l oson kechmadi. G‘oyalar jangi eng keskin jang ekanligini hamma yaxshi biladi. Biz – yangi chiqarilgan «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligi mualliflari yo‘q joydan qancha mashaqqat, uyqusiz tunlar, birgalikda bahs-munozarayu tortishuvlar bilan yangi yondashuvdagi darsliklarni yaratdik. Chunki biz Prezident bergan topshiriqqa ko‘ra, davlat ahamiyatiga molik ish bilan shug‘ullanayotganimizga ishonchimiz komil edi.
Bizga hatto qisqa muddat berilganda ham butun kuchimizni shu ishga safarbar qilib, o‘tgan yili birinchi va ikkinchi sinf darsligini yozib tugatishga erishdik.
Nega hozir ushbu mualliflar jamoasining hamma mehnatiga chiziq tortilib, ularning mutaxassisligiga shubha bilan qaralyapti?
Bizning aybimiz nima? Xalqimiz uchun jon kuydirib halol ishlaganimizmi?
Nimaga darsliklar ijarasidan boshlangan mojaro darslik mazmuni va sifatiga shubha bilan qarash tomon burildi?!
Bizning xolis ekspertizaga umuman e'tirozimiz yo‘q! Yondashuvni tushunadigan malakali mutaxassislar bemalol tahlil qilib ko‘rsin ishimizni. Lekin hozir ijtimoiy tarmoqlardagi har xil xolis va noxolis xabarlarning tarqatilishi biz mualliflarga nisbatan haqoratdir.
Men umid qilaman… haqiqat qaror topadi deb!»
Shu o‘rinda darslik ëzish bo‘yicha dunë tan bergan mutaxassis Komil Jalilov fikrini eshitsak  (Video)
MS: Har bir soha uchun xulosani bilgich ekspertdan so‘rash kerak. Ko‘pchilikning fikri doim to‘g‘ri bo‘lavermaydi. 100 ta jinnini bir yerga to‘plasangiz 100 ta jinni bo‘ladi. Mingtasi ham shunaqa. Jinnilar soni ko‘payishi sifatni bildirmaydi.
RT: To‘g‘ri aytasan Matchon, Eltuzning TG kanalidagi aksar izohlardan kelib chiqib ularning bilim doirasi o‘ta tuban, ijtimoiy qatlamning eng quyisida bo‘lgani bois o‘qimay, yaxshi yeb ichmay, ruxan va jismonan rivojlanmay qolganini ko‘rish mumkin. Ular 1928 yili buyuk fizik Georg Om kashf qilgan qonunni bilishmaydi. Xolbuki om qonuni maktabda o‘qitiladi. Elektr toki magnit zanjiridagi kuchlanish va qarshilik haqidagi qonun – bu Om qonuni. Bundan tashqari ular Rubens, Bottichelli kabi ulug‘ rassomlar yashagani, Borxes, Kafka yanglig‘ buyuk ëzuvchilar ijod qilganidan ham behabar. Ularning haëti ovqat yeyish¸ xotin va erkaklarga qo‘shilish va tualetga  borishdan iborat. Ularning savodsiz ota enalari tualet devorlariga uyat gap ëzgan bo‘lsa, bu taviyalar tarmoqni musor qilishdan boshqaga yaramaydi. Dunëdagi barcha jonzotlar, hatto go‘nqo‘ng‘izdan ham tabiatga foyda bor. Ammo Karimov davrida o‘qimay o‘z o‘zidan «baqilib» xosil bo‘lgan podadan faqat zarar bor. Yaxshiyam bular abadiy yashamaydi. Mana sen Matchonboy maktab tizimi haqida aniq taklif bera olasanmi?
O‘qitish tizimida qilinadig‘on ishlar
MS: Birinchidan Attestatsiya qilib mallimlar savodini tekshirish kerak. O‘ngacha sanashni bilmaydigan mallim matematika o‘qitmasin. Diktantdan 1 olgan «oya»ning diplomini yirtib tashlash kerak.
RT: Matchonboy, Attestatsiyadan keyin o‘qituvchilar soni keskin kamayib ketadiku. Unda nima qilish kerak?
MS: Bu muammoning ham yechimi bor. O‘qituvchilar oyligini keskin oshirib, maktab sohasida ishlamagan, ammo o‘qituvchi diplomi borlarni Qisqa taërlov kurslarda o‘qitib tizimga jalb qilish kerak.
RT: Maktab tizimi seningcha nima?
MS:  O‘zbekistonda maktab bolalarni qochirmay ushab o‘tiradigan rezervatsiya, (leprazoriya), repititor esa test yechishni o‘rgatib o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtiga taërlaydigan tujjor degan sxemani yo‘q qilish kerak. (Simëg‘ochga osish ëki otib tashash kerak bu sxemani)
RT: Xo‘sh, ahvol shunday bo‘lsa davlat nima qilsin?
MS: Davlat yagona tamal o‘qitish sharoiti yaratish kerak. Bu minimal  sharoitga nisbatan yaxshiroq bo‘lsin, ammo ëmon bo‘lmasin. Ya'ni maktabning shiferi ëki tunuka tomi bo‘lsin, chakka o‘tmasin. Derazalaridan quësh tushsin. Eshiklari yaxshi ochib ëpilsin. Kamenskiy (19 asrdagi pedagog olim) standartidagi parta va doska bo‘lsin. Sinf xonalari isitilsin. Kamenskiy aytganidek, bir sinfda 20 boladan ko‘pi o‘tirmasin. O‘siriq isi bo‘lib ketadi.
RT: Maktabda nima o‘qitilishi kerak?
MS: Maktabda ilm o‘qitilishi kerak, cho‘pchak emas. Fizika o‘rniga Ibn Taymiya cho‘pchaklarini o‘qitishni to‘xtatish kerak. O‘qitish tizimi har xil ruhoniy, pop, rabbi, shivayu ozabochenniy imomberdilar ta'siridan kuchli himoya qilinishi shart.
O‘qish tizimi Yevropadagi mavjud xalqaro standartga qaytishi lozim. 10 sinfgacha o‘rta ta'lim. 11 va 12 klass gimnaziya, kollej ëki maxsus maktab. 13 sinf esa abiturient. (Olgan bali asosida darhol Oliy o‘quv yurtiga qabul qilinadi.) \
RT: Hozir, o‘zbek maktabini xatm qilganlar bir yil kam o‘qigani bois Yevropadagi institutga kira olmaydi.  
O‘qituvchilarning obro‘si yo‘q. Boshqa institutga bali yetmay pedinstitutga borganlarni ota enasi ovutadi, «hech bo‘lmasa mallim bo‘larsan»deb. Yo‘q obro‘ni qanday ko‘taramiz?
MS: O‘qituvchilarga davlat amaldori degan status va forma berish kerak. Pogonlari prokurornikidan ham yaltiroq bo‘lsin. Ko‘kragida maxsus nishon bo‘lsin. (Masalan, oliy toifali mallim generalga tenglashsin). Forma kiygan va ish vaqtidagi o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan qashshoqlar  oliy jazoga hukm qilinsin. (Osib o‘ldirilsa ëki ustidan asfalt tekkislaydigan moshin o‘tkazsa ham maylin) Bu bilan nihoyat o‘qituvchi obro‘si oshadi. O‘zbek biomusorlari uchun eng hurmatli odam bu pogonli mulozim ekanini unutmaylik.
RT: Shu yerda to‘xtab, orzularingdan tin ol Matchon Suqilish.  Aslida tinchgina Finlandiya ta'lim tizimini kopi pest qilib qo‘ysa ham bo‘lardi. Finlandiya ham biz kabi o‘risning mustamlakasi bo‘lgan mamlakat. Ana o‘qitishni eplab turibdiku. Lekin Finlandiya bo‘lish uchun boshqa sohalar ham finskiy bo‘lishi kerak. Bizda xozir faqat boy otalarning saunasi finskiy xolos. Xullas ashnaqa gaplar. Ishni Enamyaxshi qishlog‘idagi eski maktabni yiqib tashab eng kamida zamhokimning uyi darajasidagi maktab qurishdan boshlasak.


Assalom O‘zbekiston, juma muborak.

Video: https://youtu.be/icuc9bauvZs

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
7 february 2017
Shu kunlarda hokimlar, prezidentning viloyatga qachon kelishi xaqida fol ochishmoqda. Mirziyoevning istagan vaqt, istagan hududni borib ko‘rish xohishi, viloyat ...
25 september 2017
Ulug‘nor tumani rahbarlari paxta rejasini talabalarsiz endi qanday to‘ldirish haqida qayg‘urishmoqda. 22 sentyabr kuni andijonlik talabalar paxta yig‘im-terimidan qaytishdi. ...
14 february 2019
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi bog‘chalarda bolalarga go‘sht o‘rniga ichak-chavoqlardan tayyorlangan ovqatlar berilmoqda, deya bildirdi bog‘cha mudiralaridan biri “Eltuz”ning Farg‘onadagi ...
18 april 2024
Isroilning Suriyadagi Eron vakolatxonasiga qilgan hujumiga Tehron dronlar yomg‘iri bilan javob berdi. Hozirda ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savol: Endi nima bo‘ladi? ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...