Asosiy mavzular
27 june 2023

Go‘ristonda yashayotgan xotin – EP86

Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Andijon viloyatlaridan kelgan. Dastlabki xat Samarqandning Kattaqo‘rg‘on shahridan. Ariqdan oqayotgan badbo‘y oqava hidiga chidab bo‘lmayapti.

«Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri Buxoro ko‘chasi 2-berk ko‘chada yashayman. Uyimiz oldidan o‘tgan zovurdan hojatxona axlati va qon oqyapti. Badbo‘y hid sabab uyda o‘tirib bo‘lmayapti, bolalar kasal bo‘lyapti. Amaliy yordam so‘raymiz…»

Keyingi shikoyat poytaxtning Qoraqamish dahasidan. Tag‘in svet, suv va gaz muammosi.

«Qoraqamish 2/3 da har kuni chiroq tez tez o‘chib turibdi. Bir suv yo‘q bo‘ladi, bir gaz bo‘lmaydi. Nima bu ahvol. Joyni bo‘shatib qo‘yinglar, ishlolmasalaring…»

Keyingi maktub ham Toshkent shahridan. Daraxtlar nobud bo‘lmoqda. Piyodalar yo‘lakchasi yo‘q. 

«Olmazor tumani qoraqamish 2/3 ROVDdan grilbaga ketaverishda daraxtlar qurib nobud bo‘layapti. Umuman sug‘orilmayapti. Menincha atayin suvsiz qoldiryapti. Keyinchalik kesib tashlash uchun. Piyodalar yo'lakchasi ham chizilmagan…»

Keyingi maktubni temir daftarga muhtoj oila yo‘llagan. Ular qabriston ichidagi tashlandiq joyda yashashlari. Atrofda yovvoyi itlar va chiyabo‘rilar borligi tufayli shomdan keyin ko‘chaga ham chiqa olmasliklarini bildirishgan.

«Andijon viloyati Marhamat tumanidan murojaat qilyapman. Erim va men ishsizmiz. Uch farzandimiz bor. Temir daftarda turamiz. Hayit bayramiga viloyat hokimi quyosh paneli sovg‘a qildi. Sektor rahbari quyosh paneli berilgani uchun endi temir daftardan chiqasizlar deyapti. Holbuki, viloyat hokimi quyosh paneli sovg‘a ekanini aytgan edi.
Qabriston ichida, tashlandiq joyda yashaymiz. Chiroq, gaz, suv yo‘q. Shomdan keyin ko‘chaga chiqmaymiz, yovvoyi it, chiyabo‘rilar bor.
Rahmat, qiynalganimizda oziq-ovqat berishyapti. Bizni temir daftardan chiqarmasliklari va amaliy ko‘mak berishlarini so‘raymiz.»

Va nihoyat so‘nggi maktub. Andijon viloyatining Uzkoje korxonasi ishchilari o‘z maoshlari to‘liq berilmayotganidan arz qilishgan.

«Andijon viloyati Xonobod shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “UzKoje” qo‘shma korxonasidan yozmoqdamiz. Korxonamiz avtomobil zavodiga sim ishlab chiqaradi. May oyi uchun maosh kam berildi. Holbuki, 9-12 soatlab, dam olish kunsiz ishlaganmiz. Lekin koreyalik rahbar “Men faqat 8 soatga to‘layman, shanba, yakshanba kunlariga to‘lamayman, norozilar ishdan bo‘shasin” degan. Haqini talab qilgan ishchilarni qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i haqorat qildi. Ishchilar huquqini himoya qilishlarini so‘raymiz.»

Bu sizga bugun o‘qib eshittirganimiz beshta maktubning so‘nggisi edi. Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izoxlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling. 

Tag‘in o‘qing
18 december 2023
Shunday qilib X Factor ning eng kuchli uchligi ma'lum bo‘ldi. 17 dekabr kuni finalistlar Hayriniso Akbarova, Javlon Safaev va Shoxruhxon Halimxonovlar g‘oliblik ...
5 april 2016
3 aprel kuni O‘ktam Pardaev uyining darvozasi oldida, oq rangdagi, nomeri 25 B 239 BA bo‘lgan «Jiguli» rusumidagi avtomobil ...
20 april 2017
Taniqli jurnalistlar Shuhrat, Qudrat va Xurmat Bobojonovlarning Urganch tumanida yashovchi onasi Shukurjon Madrahimovaning aytishicha, u 18 aprel kuni o‘z ...
16 december 2025
Tadbirkorlarga jarima tayinlaydigan soliq serverlari shu kecha-kunduzda ishdan chiqdi. Natijada,  hisobotlarni jo‘natishda qiyinchiliklar yuzaga keldi.   «My.soliq.uz tizimida ishlovchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...