Asosiy mavzular
21 september 2025

Coliq tizimi: Maoshdan qiynalganlar, KPI panjarasi va kadrlar oqimi

O‘zbekiston soliq tizimida ishlayotgan xodimlar nafaqat yetarli maoshdan mahrum, balki kunu tun bosim va nazoratda qolmoqda. Eltuz tahririyatiga murojaat qilgan 13 yillik tajribaga ega soliqchi so‘zlariga ko‘ra, oxirgi yillarda vaziyat og‘irlashib, tizim oddiy xodimlar uchun “haqiqiy qamoq”qa aylangan.

Uning ta'kidlashicha, KPI dasturi soliqchilar uchun ish samaradorligini oshirish emas, balki charchatish, bosim o‘tkazish vositasi sifatida xizmat qilmoqda:

“Kechayu kunduz xizmatdamiz, yig‘ilishlardan bosh chiqmaydi. KPI odamni chalg‘itadi, charchatadi. Shu sabab ko‘plab malakali kadrlar hususiy sektorga ketib qolmoqda. Yaqinda Namanganda bir xodim qo‘lga olindi. Buning ham asosiy sababi — yetishmovchilik”, — deydi u.

Hisob-kitoblar esa vaziyatni yanada aniq ko‘rsatadi. Xodimning qo‘liga tegadigan oylik — 5 mln 850 ming so‘m. Ammo shundan qariyb 1,8 million gazga, 2,4 million ovqatga, yana bir necha million transport va qog‘oz-boshqa mayda xarajatlarga sarflanadi.

“Hammasi oilaga yetib-etmaydi. Ko‘pchilik kredit olib kun ko‘rmoqda. Shanba-yakshanba qo‘shimcha ish qilmoqchi bo‘lsak, boshliqlar “video tashla, rasm tashla” deb kunu-tun jonimizni qiynaydi. Hodimlarning oilasi, turmushi rahbarlarga qiziq emas. Ular uchun asosiysi — reja bajarilishi va xizmat mashinasida aylanish”, — deyiladi xatda.

Sharoitning yomonligidan ko‘plab tajribali soliqchilar tizimdan qochib, xususiy sektorga o‘tib ketmoqda. Bu esa qolganlarning yelkasiga yana ham og‘ir yuk tushishiga olib kelmoqda.

Soliq tizimining rahbarlari uchun asosiy maqsad — raqamlar va hisobotlar. Lekin raqamlar ortida tirik odamlar, oilasi bilan kun ko‘rayotgan, qarzga botgan, ortidan haqorat eshitgan soliqchi turibdi. Davlat “reja bajarildi” deb hisobot berishi mumkin, ammo uni bajargan xodimning uyida qora chiroq yonayotgani haqida so‘raydigan hech kim yo‘q.

Tag‘in o‘qing
12 may 2016
Shu kunlarda o‘ndan ortiq “O‘zavtosanoat” xodimlari va ustalar zudlik bilan Rossiyaga hizmat safariga jo‘natilgan. GM Uzbekistan zavodidagi muhandisning Eltuz.com ...
7 january 2017
Hurriyat va boshqa turk gazetalarining ëzishicha qotil “Abu Muhammad Xurosoniy” kod ismi bilan harakat qilgan o‘zbek millatiga mansub Abduqodir ...
23 october 2023
22 oktyabr kuni Uzbek forum rahbari Umida Niëzovaning onasi Sojida Jalolova 78 ëshida  olamdan o‘tdi. Marhuma Sojida Jamolova Sharqiy ...
9 april 2019
Yaqinda bir hamkasbim yangi tendentsiya, jurnalistlar o‘rniga robotlar kelayotganidan gap ochib qoldi. Bu allaqachon matbuotda qo‘llanilayotgan amal ekan. Dolzarb ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...