Asosiy mavzular
25 november 2025

«Gulnor» 22 qism (Oltoy tog‘lari bo‘ylab tahlikali safar)

1993 yilning oxiri va 1994 yilning baxorida ko‘p voqealar bo‘lib o‘tdi. O‘g‘uz Salim Boyjonning taklifi bilan, unga maslaxatchi bo‘lib, Anqaraga ko‘chib keldi. Oydon Ori bir kokteylda O‘g‘uz tanishtirgan yuzboshi Ilker Demirga turmushga chiqdi. Ali Moxir “Amerika” hujjatli filmi uchun bir bankning mukofoti bilan taqdirlandi. Gulnor uzoq davom etgan hujjat tayyorlash jarayonlaridan so‘ng Turk vatandoshligiga qabul qilindi.

Salim Beyjon Eskishahar yo‘lining Afyon burilishida o‘sha rejalangan Istiroxat Bog‘i tamalini qo‘ydi.

O‘g‘uz 15 iyun kuni Gulnorga uylandi. To‘y yangi tamal toshi qo‘yilgan Istirohat bog‘i maydonida boshlanib, uch kechayu uch kunduz davom etdi.

To‘rt, olti, sakkiz va o‘n qarog‘ali chodirlar qurilib, hashamatli to‘y boshlandi. To‘yda Turk dunyosining butun raqs ansambllari qatnashdi. Toshkent, Boku konferentsiyalari ishtirokchilari o‘z rafiqalari bilan to‘yga kelishdi. Oydon ori o‘zinig jozibasi bilan ko‘zlarni qamashtirdi. Ali Moxir yordamchisi bilan to‘yni boshdan oyoq suratga oldi. To‘y stsenariysini Oydon Ori taklif qilgandi.

O‘g‘uz va Gulnor uchinchi kechada olti qarag‘ali chodirga kirdilar. O‘g‘uz obdast olib, ikki rakat namoz qildi. Yuksaklardan yuksak Tangriga shukrlar aytdi. Ismi ko‘rkli Muxammad Mustafoga salovat keltirdi.

Gulnor atlas kelinligini chiqarib, O‘g‘uz ko‘rmasidan ko‘rpaga kirdi.

O‘g‘uz namozini bitirib, chodirning oldiga chiqdi. Bu vaqtda odamlar tarqab, sukunat cho‘kkan edi. Faqat osmonda yulduzlar qolgandi. O‘g‘uz eng olisdagi bittasiga bokdi, yulduz ko‘z qisganday bo‘ldi. Chuqur nafas olib, chodirga kirdi O‘g‘uz. Chodirning ichi qop-qorong‘u edi. Ammo yashil ko‘zlar yostiq uzra chaqnayotgandi. O‘g‘uz sevgilisining yoniga o‘tirdi va uning sochlarini siladi:

– Seni naqadar sog‘inganimni bilasanmi, Gulnor, — dedi.

– Men ham yillarcha shu onni kutdim, — dedi qiz.

– Biz minglarcha yillar avval bir-birimizga yozilgan edik, — dedi O‘g‘uz.

– Aslida, biz sen bilan hech ayrilmadik, sen bilan bir badan edik, — dedi Gulnor.

– Sevgilim, hech ayrilmadik. hech ayrilmayajakmiz, — dedi O‘g‘uz.

O‘g‘uz ko‘rpaga kirdi, sevgilisini quchoqladi.

Gulnor:

– To‘xta, O‘g‘uz, — dedi va chiroqni yokdi. Qo‘lida o‘zbek hanjari bor edi. Yerga sanchdi, va sug‘urib tuproqni artdi va:

– Yer kabi qartilayin, tuproq kabi sovrilayin, xanjarim-la to‘g‘ralayin, qilichimga sanchilayin, o‘g‘lim tug‘ilmasin, tug‘ilsa o‘n kunga yetmasin, agar Erganakonni ko‘rmasdan go‘shangaga kirar bo‘lsam! — tantanali oxangda.

O‘g‘uz sarosimaga tushdi:

– Unday dema Gulnor, bu o‘yin emas, biz uylandik sen bilan, — dedi qizning qo‘llaridan ushlab.

– To‘g‘ri, uylandik, ammo men o‘yin o‘ynayotganim yo‘q, men yashayotgan haqiqatga sen ham inonmog‘ing shart. Aksincha, oramizdagi sevgi ichra har doim bir bo‘shliq bo‘lajak. Buning yo‘li Erganokonni izlab topish. Mening ko‘rgan Erganokonimni ko‘rsang, menga ishonasan, — dedi Gulnor.

– Xo‘p, Gulnor, ammo Erganokonni qanday topamiz, — dedi O‘g‘iz.

– Bu to‘g‘rida ko‘p kitob o‘qidim, O‘g‘uz. Oltoy tog‘larining ichida bir yerda bo‘lishi kerak. Bu biz uchun ham ilmiy ish, ham sport bo‘ladi. Eng muhimi sen menga ishonishing kerak, — dedi Gulnor jiddiy.

U kecha Oltoy tog‘lariga qilinadigan safar haqida tonggacha suhbatlashdilar…

***

Ikki oy davomida Gulnor bilan O‘g‘uz Majid Do‘zaldan tog‘chilik (alpinizm) san'atini o‘rgandilar. Askarlik davrida komandos mashqlaridan o‘tgan O‘g‘uz uchun tog‘chilik uncha qiyin bo‘lmadi. Gulnor ham tez o‘rgandi. Avgust o‘rtalarida Ag‘ri tog‘lariga tirmashdilar. Muvaffaqiyatli kechdi tirmashuv. Majid Do‘zal yosh oshiqlarning Oltoy tog‘lariga ketishi mumkinligini aytdi. U ishni Mo‘g‘uliston hududidagi Boyon o‘lgiy oymog‘i (viloyati)dagi tog‘lardan boshlashni va yo‘lko‘rsatuvchi sifatida o‘sha bo‘lgada yashagan Jamshid ismli qozoq tog‘chi yigitni olishlarini tavsiya qildi.

O‘g‘uz bilan Gulnor avgust oxirida Ulan-Batorga, u yerdan Boyon o‘lgiyga uchdilar. Shaharchaning kichik bir otelida ikki kun turishdi. Keyin Jamshid yo‘lboshchiligida bir “jip”da Oltoy tog‘lari tomon yo‘lga tushdilar.

1500 metrlik bir qoya etagida chodir tikdilar. Cho‘kichlar, arqonlar bilan metin qoyaga tirmasha boshladilar. Yuksalish og‘ir bo‘ldi. Peshindan so‘nggi manzillari, yuksaklikdagi bir supadan pastga nazar tashlaganlarida go‘zal manzaraning shohidi bo‘lishdi. Cheksiz oqlik va pastda tikilgan chodir kabi moviy ko‘k. Teran-teran nafas bilan o‘pkalarini to‘ldirishdi.

O‘g‘uz:

– Bugun shu yerda tunasak bo‘lmaydimi?, — dedi.

– Yo‘q, — dedi Gulnor, — yura olganimizcha yurishimiz kerak.

Jamshid:

– Bu yerda tunay olmaymiz, kechalari shamol kuchli bo‘ladi, undan berkinadigan joy yo‘q.

Soat 19-da yetib kelingan qoyalik bir manzilda chodir qurishdi. Toza, moviy osmonni tomosha qildilar va erta uyquga yotishdi.

Gulnor tushida Teyirkanga sayoqat qildi. Ota kom bilan gaplashdi. “Men kelayapman, ota”, dedi Gulnor. U bo‘shliqda yurib borar edi. Atrof bo‘shliq edi. Oyog‘i ostida ham bo‘shliq edi, ammo u yurib borardi. Yulduzlarga tegib, sochlarini yoyib, chopib borardi. Bir bo‘ri tog‘lardan tushib O‘g‘uzning yuzini yaladi. Keyin qorga oyoqlarini botirib-chiqarib uzoqlashdi, g‘oyib bo‘ldi. O‘g‘uz esa bo‘ri terisiga burkandi, cho‘qqiga chiqdi, uvladi.

– Bolalar, quyosh chiqdi, turinglar!, — dedi Jamshid.

Qushpati bilan to‘ldirilgan to‘shaklarni taxladilar, kiyindilar, kamarlarini taqdilar. Nonushtaga yog‘ va bol yedilar. Yosh va kuchli toylar kabi qor ustida sakradilar. Qo‘llarida temir aso, temir cho‘kich bilan yo‘lga tushdilar. Qoyalardan ilon kabi, tepalardan bo‘ron kabi kechdilar.

3500 metr chuqurlikdagi muzdan paydo bo‘lgan jar ustiga keldilar. Jar labidan yurib, o‘tish yo‘lini axtara boshladilar. Tushga yaqin bir muz ko‘prik uchradi. Jamshid sinab ko‘rdi, mustahkam edi ko‘prik. Bir odim otdi, ikki odim… Yettinchi odimda jarning narigi qirg‘og‘iga o‘tdi.

Gulnor o‘ng oyog‘ini ko‘prikka qo‘ydi, keyin so‘l oyog‘ini. O‘g‘uz uning orqasidan kelardi.

– Gulnor, orqaga qayt, — deya baqirdi birdan O‘g‘uz va Gulnorning qo‘lidan tutdi.

Ammo kechikkandilar. Muz ko‘prik parcha-parcha bo‘lib jarga ucha boshlagandi.

– O‘g‘uz! — deya baqirdi Gulnor.

– Gulnor!, – deya hayqirdi O‘g‘uz.

O‘g‘uz, Gulnor, muz parchalari, qor to‘zonlari va inson hayqiriqlari aralash-quralash pastga tushardi.

Jamshid jar kanorasida haykalday qotib qolgandi.

O‘g‘uz bilan Gulnor yumshoq va xo‘l bir narsaning ustiga tushdilar. Bu yer ostidan chiqqan irmoq edi. O‘g‘uz Gulnorning qo‘lidan ushladi va:

– Sog‘misan, Gulnor?, — dedi.

– Sog‘man, ammo juda sovuq, — dedi Gulnor.

– Sabr qil, sevgilim. Avval suvdan chiqaylik, — dedi O‘g‘uz.

Ammo chiqadigan yer hadeganda ko‘rinavermadi.

Nihoyat oyoklari yerga tegdi.

– Jamshid! — deya baqirdi O‘g‘uz.

Ammo o‘z sasining aks-sadosini eshitdi xolos. Suv oqimi ularni mog‘ora ichkarisiga sudragandi.

– Suvning oqishi yo‘nida ketsak, yer yuziga chiqamiz, — dedi O‘g‘uz.

– Yo‘q, dedi Gulnor, suv kelayotgan tomonga qarab yurishimiz kerak. Izlaganimizni faqat o‘sha tarafdan topishimiz mumkin.

– Sevgilim, usti boshimiz xo‘l, sen sovqotayapsan, bu yerdan tezroq chiqishimiz kerak!, — dedi O‘g‘uz.

– Ergenakonga yaqinlashdik, buni his qilayapman O‘g‘uz, iltimos, o‘sha tomonga yuraylik, — dedi Gulnor.

O‘g‘uz Gulnorning o‘jarligiga ko‘nikkan edi, ko‘p qarshilik ko‘rsatmadi.

Kiyimlarini yechib, faqat ich kiyimda qoldilar. Chiqarilgan liboslarini siqib, xaltalariga yoydilar va g‘or kanoridan suv kelayotgan tarafga qarab keta boshladilar.

(Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.)  

Tag‘in o‘qing
28 december 2019
«Internetda muxolifat masalasi muhokama qilinyapti. U qanday foyda keltirgan?» — dedi Shavkat Mirziyoev Al-Xorazmiy nomidagi maktabda 27 dekabr kuni ...
25 february 2016
Agar Navoiy tirik bo‘lganida bugungi o‘zbek kinolari haqida nima der edi. Har holda tasanno aytmagan bo‘lar edi. Masalan O‘zbekistonlik ...
25 october 2021
22 oktyabr kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani fuqarolik ishlari sudida shoir Yo‘lchi Ro‘zievning da'vo arizasiga binoan bo‘lib o‘tgan ...
23 april 2019
«…voqeadan taxminan bir haftacha vaqt o‘tib, «qora zona»lar chig‘iriqlaridan o‘tib, “mujik”ligini yo‘qotmagan Erix ismli yigit (laqabi “Nemis”) o‘sha Garrining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...