Asosiy mavzular
25 january 2026

O‘zbek qizning kallasini olgan ikki o‘zbek Istanbulda ushlandi

Istanbulda o‘zbek vatandoshi 37 yoshli Durdona Hokimovani o‘ldirib, jasadni parchalab musor qutilariga tashlab yuborganlikda gumonlangan ikki o‘zbek jinoyat sodir etganidan sakkiz soat o‘tib Turkiyadan Gruziyaga qochayotganida aeroportda qo‘lga olindi.

Jinoyat sodir etgan ikki o‘zbek harakatlari videoga tushib qolgan. Bu shaxslar DNK tahlillari va yuzaga chiqqan boshqa dalillar ortidan ushlangan.    

Muhtamal qotillardan birining maqtul Durdona Hokimova tomonidan sevgisi rad etilganligi haqida turk matbuoti yozdi.

Duotepadagi dahshat

Istanbulning Duotepa mahallasi «Quyili buloq» ko‘chasidagi musor qutisini titgan Usmon choyshabga o‘ralgan boshsiz jasadga ko‘zi tushdi.  

Usmon darrov politsiyaga telefon qildi. Voqea joyiga yetib kelgan Istanbul kriminal politsiyasi atrofdagi musor qutidan yelim xaltaga solingan xotin kishining kallasini topdi. Jasadning barmoq izlaridan uning Durdona Hokimova ekani aniqlandi va sakkiz soat o‘tib uni o‘ldirishda gumon qilingan ikki o‘zbek qo‘lga olindi.

Muhtamal qotillarning kimligi aniqlandi. Istanbul politsiyasiga ko‘ra, qotillik O‘zbekiston vatandoshi Dilshod Ahror o‘g‘li Turdimurodov tomonidan sodir etilgan va u o‘z aybini tergovda bo‘yniga olgan.

Jinoyatni sodir etishda va jasadni boshi va oyoqlarini parchalashda qatnashgan G‘afurjon Akmalxonovich Kamolxo‘jaev ham o‘z aybiga to‘la iqror bo‘lgan. Qotillarning har ikkalasi qurilishda ishchi bo‘lib ishlagan.

Ularning barmoq izlari va video tasvirlari Turkiya kriminal politsiyasida mavjud.

Tag‘in o‘qing
8 february 2018
Prezident Mirziyoev chet ellik sayyohlarga mamlakat hududida fotosurat olishga ruxsat beruvchi qaror chiqardi. 6 fevral kuni imzolangan bu qarorga ...
15 january 2019
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni nishonlandi… bu esa bolalar bog‘chasida olingan surat… Nimaga bolalarga armiya formasini kiygizishmoqda, men bilmayman, biroq ...
26 june 2020
O‘zbek prezidenti Moskvaga borib ta'zim bajo keltirdi. Toshkent va Xivani bosib olgan ishg‘olchilar ramzi bo‘lgan georgiy lattasini ko‘kragiga osdi. ...
15 july 2025
Ukrainaga qirg‘in keltirgan rus qo‘mondoni o‘ldirildi. Trampning Putinga munosabati yomonlashdi. Rossiya uchoq tashishga mo‘ljallangan eng yirik kemasidan ajraldi. Ikkilamchi sanktsiyalar ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...