Catira
22 may 2016

Qozoqning “Ur to‘qmoq” ertagi

Endi og‘aynilar chinlikni so‘zlasak bizning yurtda qachon janjal chiqsa suv talashib ëki yer talashib bo‘ladi.

Qozoq biyligi (hukumati) sug‘oriladigan va ekin eksa bo‘ladigan yerlardan 1 million 700 ming gektarini kim oshdi savdosiga qo‘yib qo‘ydi.

Kim oshdi savdosi degani bir spektakl-tomosha edi.

Yerlarni egasi oldindan balli. Qozoq elini ozg‘intoy qismini tashkil qilgan bir nechta boy ota shuncha yerni o‘zini qo‘liga o‘tkazmoqchi bo‘ldi.

Shu yerdan kunini kechirib yurgan o‘rtaxollar esa qashshoq ëki bomj bo‘lishga mahkum edi.

Qozoq bizni o‘zbekdan farqli bir oz dangal keladi.

Ular Nazarboevga qarab “Chol ket” deb namoyishga chiqishga azm qilishdi.

“Chol” (Nursulton Nazarboev) oldiniga el to‘lqinidan qo‘rqib yer sotish spektaklini to‘xtatib qo‘ydi.

El baribir tinchimadi. Qimirlashdan turmadi.

21 may kuni ko‘chaga chiqqan elni ustiga OMON tashlandi.

Endi Andijondagi kabi tarillatib otib tashlamaëtganiga ham haq beraylik.

Men bir suratchi sifatida bir rasm tortib qo‘ydim.

Odatda rasmni o‘zi gapirishi kerak. Izox ortiqcha. Ammo voqealar qo‘shnining yerinda bo‘lgani bois ozroq tushuntirib qo‘ysam ne deysizlar baurlarim.

Rasm markazida Qozog‘istonlik inson huquqlari faoli Zauresh Batalovani OMON tarafidan qo‘lga olingani aks etgan. Zauresh Batalova endi bizni Yelena Urlaeva kabi faol.

Orqada “Chol ket” degan shior ko‘targan namoyishchi. Men uni tepa sochi tikka bo‘lgan xolda chizdim. Qozoq bir haqsizlikni ko‘rsa yuzi qizarib sochi tikka bo‘ladi. O‘zim kuzatganman.

Maydonga OMON dan tashqari militsiya ham tashlangan.

Qozoq militsiyasi o‘zbek mentlaridan sal insofli. Beshbarmoq yeb semirib ketganini aytmasak. Hullas qorinboy qozoq mentni ham suratini tortib qo‘ydim.

Endi janjalni ëritaëtgan jurnalist bovurlarimiz ham bor maydonda. Ke ularni ham ko‘ngli qolmasin deb rasmga tirkab qo‘ydim. Qo‘lida aypad bilan rasm olib ëtir.

Nursulton og‘ay yelbasini ho‘mraygan quësh timsolida osmonga chiqarib qo‘ydim.

Har holda shu odamga hurmatim yo‘q emas.

Bori shu. Tilim bir oz qozoqchaga tortib ketdi. Ne qilay. Qovun qovundan rang oladi.

Sizning rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 september 2018
Bir vaqtlar Islom Karimov nonning narxini oshirmaymiz, deb katta va'da bergan, lekin keyinchalik ko‘p bora kuzatilganidek, o‘z va'dasining ustidan ...
13 april 2016
Hukumat o‘z hisobotlarida O‘zbekistonda inflyatsiya yo‘qligini isbotlashga harchand urinmasin, real voqelik buning aksini ko‘rsatmoqda. Eltuz.com tahliliga ko‘ra, o‘tgan hafta ...
21 january 2019
(bu bor-yo‘g‘i hajviya, faqat qaysidir hokim o‘z aksini ko‘rsa, xafa bo‘lish yo‘q) Tumanga kimsan viloyat hokimi kelib xalqni qabul ...
3 august 2018
Toshkentda Yo‘l harakati xavfsizligi nozirlari yo‘lda ro‘molli haydovchi ayollarni to‘xtatib, ularga chora ko‘rayotgani haqida xabar tarqaldi. Rassom Tuz O‘zbekistondagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...