Catira
29 june 2016

Erdo‘g‘on kremldan uzr so‘radimi ë so‘ramadimi?

Turkiya prezidentining so‘zchisi Erdo‘g‘on Ibrohim Qalin vaziyatga oydinlik kiritdi:
“Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan maktubida hech qanday kechirim so‘rash mavjud emas”, — deya e'lon qilgan prezident matbuot kotibi Ibrohim Qalin. – Turkiya rahbari faqatgina halok bo‘lgan rus uchuvchisi oilasiga hamdardlik bildirgan va afsuslanishini aytgan”.

Qalin shuningdek, Erdo‘g‘on o‘z murojaatida Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi an'anaviy do‘stona munosabatlarni tiklashga, mintaqaviy inqirozlarni hal qilishda hamdo‘stlikka va terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikka chaqirganini ta'kidlagan.

Dushanba kuni Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on, prezident Putinga bir maktub yo‘llab, hodisa uchun uzr so‘ragani xabar qilingandi.

Ayni paytda maktubda Erdo‘g‘onning «kechirim» so‘zini ishlatmagani, balki uchuvchining oilasiga murojaat qilib, «ko‘ngillariga olmasinlar» (‘kusura bakmasinlar’) qabilida hamdardlik izhor qilgani o‘rtaga chiqqan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 october 2025
Tadbirkor Asrorov Abduvohid Hazratqul o‘g‘li yakka tartibdagi tadbirkor sifatida bankni chuv tushirdi. 3 bolaning otasi bo‘lgan 31 yashar bu ...
20 march 2023
Ustoz rassom Vyacheslav aka Oxunov Toshkentdan Amerikaga yetib keldi. Nyu-York janubiy sharqida joylashgan Kuins mahallasidagi Kennedi aeroporti devoriga ishlangan ...
20 june 2025
2025 yil 16 iyun kuni videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haqida iliq fikr bildirgani ...
26 november 2022
Nukusdagi voqealarni o‘rganish bo‘yicha parlament komissiyasi taklifi va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi iltimosnomasiga ko‘ra, namoyishlarda qatnashib O‘zbekiston muntazam armiyasi va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...