Asosiy mavzular
20 june 2025

CURXONDARYoDA HOKIMNI XALQQA “SYeVDIRISh” KAMPANIYaSI BOShLANDI

2025 yil 16 iyun kuni videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haqida iliq fikr bildirgani ortidan viloyatda hokimni xalq orasida “ommalashtirish” kampaniyasi boshlangani haqida xabarlar kelib tushmoqda.

Mahalliy aholi va mahalla faollari so‘nggi kunlarda shahar va tumanlarda maxsus shaxslar tomonidan Prezidentning hokim haqidagi gaplari ommaviy targ‘ib etilayotganini ta'kidlamoqda. Gap shundaki, bu targ‘ibot tasodifiy emas, balki hokimning maxsus topshirig‘i bilan amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

Yangi saylangan mahalla raislariga hokimga nisbatan ijobiy fikr uyg‘otish, uning “orqasida Prezidentning o‘zi turganini” xalqqa uqtirish vazifasi yuklatilgan. Bir mahalla raisi Eltuzga shunday dedi:
Men 15 iyun kuni saylovda g‘olib bo‘ldim, avval mahalla tizimida ishlamaganman. 17 iyun kuni hokimiyatga chaqirishdi. Rasmiy hokimiyat xodimi bo‘lmagan, lekin ta'sirli shaxslar bizga hokimning xalq orasidagi nufuzini oshirish topshirig‘ini berdi. Shu asosida ish reja tuzish talab qilindi. Bu vazifa ko‘pchilik raislarga yoqmadi, lekin bajarishga majburmiz.

Termiz shahridagi ayrim kafe va restoran sohiblariga esa hokim nomidan “tekin xizmatlar ko‘rsatish” kabi tashabbuslar yuklatilgani aytilmoqda.

Buning zamiridagi sabab sifatida Prezidentning yig‘ilishda aytgan gaplari tilga olinmoqda. Go‘yoki Prezident shunday degan: “Kim nima desa desin, quloq solma! Ijtimoiy tarmoqlarda sen haqingda aytilgan gaplarga ishonmayman. Sen topshiriqlarni ortig‘i bilan bajaryapsan!”.

Bu so‘zlardan so‘ng hokim o‘zini yanada ishonchli his qilgani va «sog‘lom piar» ichida keskin harakat boshlagani aytilmoqda.
Ammo viloyat aholisi orasida hokim haqidagi fikrlar unchalik ham ijobiy emas. Mahalliy tadbirkorlar, ziyolilar va o‘qituvchilar orasida hokimning ishdan olinishini kutayotganlar bor. Ijtimoiy tarmoqlarda hokimga nisbatan salbiy fikr ko‘p uchraydi.

Ayni paytda, hokim shaxsiy xavfsizligini ta'minlash uchun kuchli himoya choralarini ko‘rgani haqida ham ma'lumotlar bor. Guvohlarning ta'kidlashicha, milliy gvardiyaning bir necha xodimi hokim yashaydigan hududni qo‘riqlamoqda, bundan tashqari, hokim o‘zini qo‘riqlaydigan alohida, qurollangan shaxsiy guruhga ham ega. Ushbu guruh kunduzi hokimning harakatini qo‘riqlasa, kechasi uyini saqlash bilan shug‘ullanadi.

Viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar — sud, IIB, bank va soliq tizimlari mahalliy fuqarolarning ta'kidlashicha, hokimning irodasiga to‘liq bo‘ysunadigan tuzilmalarga aylanib qolgan.

Mustaqil kuzatuvchilar bu jarayonni mahalliy darajadagi populizm, yoki “ishonchni shaxsiy piarga aylantirish” deb baholamoqda. Surxondaryoda esa savol ochiq: xalq tomonidan tanqid qilinayotgan hokimni ko‘klarga ko‘tarish qanchalik manfaat beradi?

Tag‘in o‘qing
27 october 2016
Bugun o‘zbek turmasida 23 yilu 4 oy qolgan 72 yoshli Samandar Qo‘qonov ozod etilgani haqida tarqalgan xabar noto‘g‘ri bo‘lib ...
19 september 2021
O‘zbekistonning “Orient Group” kompaniyasi bilan bog‘liq bir yillik tergov ishi shuni ko‘rsatdiki, uning O‘zbekiston prezidenti bilan oilaviy aloqasi mavjud ...
18 march 2020
Rassom Kirpi
5 january 2021
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 49-umumta'lim maktabi o‘quvchilari mutlaqo sharoiti yo‘q eski dala shiyponida o‘qishmoqda. Bu haqda bo‘kalik fermer va faol ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...