Catira
11 july 2016

Karimovning terrorchilar oldida tiz cho‘kkan davri kino qilinmoqda

O‘zbekkino Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olinayotgan “Muqaddas istak” nomli ushbu film qahramonlari orasida O‘zbekistonda terrorchi tashkilot deya e'lon qilingan “O‘zbekiston Islomiy Harakati” asoschilari Tohir Yo‘ldosh va Juma Namangoniy obrazlari ham bor.

Davlat sisyosatini tashviq qilish bilan tanilgan “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori Hilol Nasimov boshchiligida suratga olinayotgan ushbu filmda 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshida yuz bergan hodisalar hikoya qilinadi.

Tarixiy hujjatlarga ko‘ra, aynan o‘sha davrda Karimov, prezidentlikka ovoz olish uchun, muxolifi Muhammad Solihdan farqli, bugun terrorchi atalgan guruh bilan til biriktirgan va uning qarshisida tiz cho‘kkan edi.

Namanganga yig‘ilgan xaloyiq oldida Tohir Yo‘ldosh prezidentlikka Islom Karimov nomzodini tavsiya etarkan, Karimov O‘zbekistonning Islomiy davlat bo‘lishi va Tohir Yo‘ldosh jamoasi shartlarini bajarishga va'da bergan edi.

Shuningdek arxivlarda saqlangan tarixiy videolavhalarda xaloyiqning takbirlari ostida, Karimovning iltijo qilib, qur'onni oldiga qo‘yib, kechirim so‘ragani, respublikani islomiy davlatga aylantirish taklifini parlamentga qo‘yishni va'da qilgani aks etgan.

«Mayli, Islom davlati nomini olsak, olamiz!» degan edi so‘zining so‘nggida Karimov

Filmda bu tarixiy voqealar qanchalik haqqoniy aks etishi haqida oldindan biror narsa deyish qiyin, biroq ayni jarayonni, rass om Tuz ham navbatdagi surati orqali aks ettiradi.

“Muqaddas istak” badiiy filmi O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi tantanalari paytida kinoteatrlarda namoyish etilishi kutilmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 september 2025
Toshkent viloyati bog‘chalarida bolalar ommaviy zaharlanmoqda. Pskent va Bo‘ka tumani yuqumli kasalliklar shifoxonalari o‘nlab bolalarga to‘lgan.  24-sentyabr kuni viloyat ...
13 february 2019
O‘zbekiston Oliy sudi sudyasi J.Tirkashev xorazmlik jurnalistlar Bobojonovlar shikoyati bo‘yicha 1 fevral kungi sud ajrimi bilan ularning uylarini musodara ...
23 august 2025
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Entersteel zavodi 6 oydan beri ishchi-xodimlariga oylik maosh to‘lamaydi. Nomi Enter Engineering kompaniyasiga uyqash bo‘lgan ...
9 august 2021
Joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga iqtidordagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoev nomzodini ilgari surdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...