Catira
29 july 2016

Yakkabog‘da dehqonlarning bug‘doyi tortib olinmoqda

Bir haftadan buyon Yakkabog‘ tumanining Samoq, Beshkapa, Munjir, Novqishloq, Shirinbuloq, Serob qishloqlarida yashaydigan aholining lalmi yerda yetishtirgan bug‘doyi mahalliy hokimiyat tomonidan zo‘ravonlik bilan o‘rib olinyapti.

Rassom Elsevarning Eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi hajviy surati ayni shu muammoni o‘zida aks ettirgan.

Xalqning lalmi yerlarda yetishtirgan bug‘doyiga militsiya xodimlarining qattiq nazorati ostida kombayn solinyapti. Bundan norozilar esa vaqtinchalik hibs qilinib, bug‘doy o‘rib olingandan so‘ng qo‘yib yuborilyapti.

Bu haqda xabar bergan Ozodlik radiosi, hokimiyat bu ish uchun qirqqa yaqin militsiya xodimi va oltita kombayn tashlagani haqida yozadi.

Dehqonlar hokimiyatdan hech qachon bunchalik zulm ko‘rmaganini aytishmoqda.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 may 2015
Islom Karimov O‘zbekistonga 1989 yildan rahbarlikni boshlagan. 24 yil avval. Juda ham qadimdan. Bu vaqt ichida u ancha qartayib ...
6 may 2016
Umida Ahmedova o‘zining bir qator dolzarb fotosuratlari va o‘zbek ayollarining bugungi muammolarini aks ettirgan «Bokiralik yuki» filmi muallifi sifatida ...
24 april 2023
Bu yil O‘zbekistonda Yoshlar ittifoqi tashkilotining o‘tmishdoshi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topganiga 19 yil to‘ladi. Eski komsomol o‘rniga ...
24 november 2020
«Humo» nomli uchoq shirkati haqida gap chiqishi bilan eronlik do‘stlarim o‘zbeklarni plagiatda aybladi. Eronda «Humo» degan uchoq shirkati bor ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...