Catira
20 september 2016

MTS tuxumidan chiqqan poraxo‘r Oripov amaliga qaytarildi

Xalqaro korruptsiyada ayblanib ishdan ketgan hukumat mulozimi Abdulla Oripovning qayta lavozimiga qaytarilganini rassom Adolat Eltuz.com nashriga jo‘natgan yangi suratida hokimiyat qanoti ostida tuxumdan chiqqan jo‘ja shaklida aks ettiradi.

Telekommunikatsiya sohasidagi korruptsiya janjali ortidan 2012 yili ishdan olingan, ungacha O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdulla Aripovni vaqtli prezident Shavkat Mirziyoev shu yilning 13 sentyabr kuni lavozimiga qayta tikladi.

Yangi farmonga ko‘ra, Abdulla Nig‘matovich Oripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.

Bu ish ortidan 2012 yilda Aripov ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgani haqida xabar bergan Uzmetronom internet nashri, shuningdek Abdulla Oripovga, “O‘zdunrobita” shirkatiga qo‘shimcha retranslyatorlar o‘rnatish uchun noqonuniy ruxsatnomalar berish aybi ham qo‘yilgani ham bildirgan edi.

Shvetsiya prokuraturasi apellyatsiya sudiga taqdim qilgan TeliaSonera mas'ul xodimlarining o‘zaro yozishmalarida «O‘ta agressiv tip bo‘lgan Oripov rus inevestorlari tarafdoridir» deya ta'kidlanadi.

«TeliaSonera bo‘yicha tergov bilan bog‘liq jaraën Abdulla Oripov rahbar bo‘lgan davrni qamraydi. Oripovning imzosini ayni ishga oid ko‘p hujjatlarda ko‘rish mumkin», deydi Ozodlikka bergan intervyusida Shvetsiya prokuraturasi Korruptsiyaga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Gunnar Stetler.

Tahlilchilar, yirik poraxo‘rlik janjalida ayblangan mulozimning yana hukumatga qaytarilishini «ëmon bir mujda» deya baholashmoqda.

Rassom Adolat
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 february 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 43-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) MOSYo TEST BILAN ...
6 october 2023
Mana azizlar yana sizlar bilan yuzma yuzman. Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimnidir ko‘ngliga ozor berganimdan ...
8 january 2016
Eltuz.com e'tiboringizga 16 yil Karimov rejimi mahkumi bo‘lgan o‘zbek adibi Mamadali Mahmud (Evril Turon) bilan suhbatning 3 qismini taqdim ...
15 december 2016
So‘nggi haftalarda Urganch suratlar galereyasidagi sirli taftish asnosida ëqilishga mahkum ikki dissident rassom asarlari matbuotga mavzu bo‘ldi. Agar diqqat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...