Catira
9 march 2017

O‘lponlardan tadbirkorning boshi qotmoqda

Prezident Mirziyoev 2016 yilning 5 oktyabrida chiqargan farmoni joriy yilning 1 yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan rejadan tashqari har qanday norasmiy tekshirishlarni bekor qilishni ko‘zlagan edi.

Biroq farmonda, hokimiyat amaldorlari tajribasida keng qo‘llaniladigan «norasmiy o‘lpon» undirish holatlari haqida gapirilmagan.

Yaqinda shunday «soliqlarning» ko‘payganidan bir guruh samarqandlik tadbirkorlar Ozodlik radiosiga shikoyat qilishdi.

«Umuman insof chegarasidan chiqib ketishdi. Bir oy ichida uchinchi marta bizdan millionlab o‘lpon undirishayapti”, deydi tadbirkorlarning biri.

Samarqandlik tadbirkorlarning bildirishicha, ko‘chalarga o‘rnatiladigan “videokamera”, «bolalar sporti», «Navro‘z», «obodonlashtirish» kabi iddaolar tadbirkorlarni shilish uchun keltiriladigan bahonalarning ayrimlaridir.

Bu kabi o‘lponlar ayniqsa, aholining Mirziyoevga shikoyatlari natijasi o‘laroq, viloyatlarga ko‘plab taftishchilar jo‘natilganidan so‘ng avjiga chiqqani ham iddao etilmoqda.

«Ozmi-ko‘pmi pul topgan tadbirkor barcha muammolarning balogardoni bo‘lib qolmoqda», deydi bu haqda Eltuzga rasm jo‘natgan rassom Elsevar.

Mirziyoevning farmoni ehtimol tadbirkorlarni norasmiy tekshirishga chek qo‘ygandir, biroq ularlarga solinadigan norasmiy o‘lponlarga buning dahli yo‘qday ko‘rinadi.

Rassom Elsevar

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 september 2016
Miyasiga qon quyulgani aytilgan Islom Karimovning tug‘ilgan uyidan 100 metr naridagi Chorraxa masjidi bo‘ladigan muhim tadbir – dafn marosimi ...
13 april 2021
O‘zbekiston nodavlat tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini soddalashtirishi va fuqarolik jamiyati ovozlarini qonuniylashtirishi kerak.  Yaqinda Adliya vazirligining nodavlat tashkilotlar boshqarmasi ...
27 august 2021
Rassol Kirpi
8 july 2022
Zebra degan hayvon bor. Eshshakning bir turi. Go‘shti halol bo‘lgani uchun so‘yib yesa bo‘ladi. Zebraning usti oq qora yo‘l ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...