Catira
13 march 2017

Yaxshi Shavkat va ëmon rustamlar haqidagi ertak ishtiëqi

Ertaklar odatda erishilmas orzularning haëliy ifodasidir.

O‘zbek xalq ertaklari odil podsho va ëvuz vazirlar makri haqidagi syujetlar bilan to‘la.

O‘zbekistonga 27 yil hukmronlik qilgan Karimov o‘lgani ortidan mamlakat rahbarligini egallagan Shavkat Mirziëev obrazi ertak ishtiëqmandlari uchun ilhom manbai bo‘ldi.

“Ana endi hammasi yaxshi bo‘ladi” deguvchilar ichkarida ham tashqarida ham birday urchidi.

Go‘ë butun muammolarni “yangi podsho” yechib beradi, ersizlarga er, yersizlarga yer, ochlarga non, yalang‘ochlarga kiyim…

Ammo muammolar eskichasiga qolavergach, ertak repertuariga “Podsho yaxshiyu vazir ëmon” degan epizod qo‘shildi.

Ëmon vazir roli O‘zbekiston MXX raisi Rustam Inoyatovga ravo ko‘rildi.

Emishki, “yaxshi podsho adolat eshiklarini ochmoqchi bo‘lganida MXX raisi tambalabdi”.

“Shavkat aka konvertatsiyani ochmoqchi edi, Rustam aka ko‘nmadi, chunki MXX raisi o‘zbek so‘mining to‘rt xil kursini o‘zi uchun qaynar humchaga aylantirgan”

“Shavkat aka chiqish vizasini bekor qilmoqchi edi, ammo MXX raisi istamadi, chunki…”

“Shavkat aka o‘zidan oldingi prezident Karimovning kuëvi Temur Tillaevni tanobini tortmoqchi edi… Shavkat aka, mashinalar rastamojkasini yengillashtirmoqchi edi…”

Hullas ertak ko‘p. Ertak asosan ësh bolalar uchun aytiladi, bolalarga uxlash oldidan o‘qib beriladi.

Bizga ertak emas aniq ma'lumot kerak. Biz ertak eshitib uxlaydigan ëshdan o‘tdik. Ammo rasmiy Toshkent o‘z sirlari ustiga ko‘rpa tortganicha o‘tiribdi.

Aniq ma'lumot olish uchun Londondan Toshkentga borgan BBS jurnalisti Hamid Ismoyil O‘zbekistonga kiritilmadi.

Aniq ma'lumot berishi mumkin bo‘lgan huquq himoyachisi Yelena Urlaeva jinnixonaga qamaldi.

Aniq xabar o‘rniga ertagu rivoyatlar bir biriga zanjir halqalari kabi ulanmoqda.

Ayni paytda islohotchi Shavkat va uning islohot g‘ildiragiga taëg‘ini tiqqan Rustam haqidagi ertakning davomini kutgan rassom Tuz prezident va MXX raisi o‘rtasidagi “tortishuvni”ni o‘zicha tasvirladi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 may 2015
Siz ayta olasizmi “O‘zbek-nemis inson huquqlari forumi” (Uzbek-German Forum – UGF)ga raxbarligingiz haqida? – 2008 yili men O‘zbekistonda to‘rt ...
23 april 2018
Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 4 million dollardan ortiq mablag‘ o‘marilgan. Bu haqda Moliya vazirligiga asoslanib, mamlakatning bir ...
5 april 2023
Bugun eslamoqchi bo‘lganimiz – ulug‘ frantsuz yozuvchisi Antuan de Sent Ekzyuperining «Kichik shahzoda»si. 1943 yilning 5 aprelida Amerikada ilk ...
7 october 2020
O‘zbekiston prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning Toshkentdagi tadbirda davlat rahbarining katta qizi Saida Mirziëevga ta'zim qilgani sotsial ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...