Catira
6 april 2017

Mirziëev Moskvada o‘zbek milliarderi bilan ko‘rishdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëev 5 aprel kuni Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida Namanganda tug‘ilgan milliarder Alisher Usmonov bilan issiq ko‘rishdi.

Rossiya telekanallari lavhalarida Mirziëev va Usmonovning qo‘l siqishib ko‘rishgani Putinning tabassumli nazari fonida aks etdi.

Aytilishicha, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tuzilgan katta miqdordagi kelishuvlar asosida Usmonov o‘zining tarixiy vataniga sarmoya kiritmoqchi.

Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedovga qasr sovg‘a qilgani ovoza bo‘lgan Alisher Usmonov o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov davrida juda ham istalavermagan shaxs maqomida bo‘lgan.

Rasman tasdiqlanmagan malumotlarga ko‘ra, Usmonov yangi prezident Mirziëevni qo‘llab quvvatlab kelmoqda.

64 yoshli Alisher Usmonov Namanganning Chust shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Burxon Usmonov Sovet davrida Toshkent shahar prokurori bo‘lib ishlagan.

2012 yili Bloomberg nashri Alisher Usmonov sarvatini 20 milliard AQSh dollari deya aniqlab uni Rossiyaning eng boy odami deb e'lon qilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 august 2018
Hukumatning ko‘ngilochar maskanlarga reydlari ortidan o‘zbek matbuotida «tungi klublar»larni yomonotliq qilish avj oldi. Ayni tendentsiyadagi ko‘rsatuvlarni «Yoshlar» telekanali uzatdi. ...
17 february 2016
Bundan ilgari Kaniza (Ahmedova Shahrizoda Farhodovna) o‘zining Porsche Cayenne mashinasining oynasi sindirilgani, qimmatbaho 12000 dollarlik Vertu mobil telefoni o‘g‘irlanganidan ...
28 february 2022
Ukraina atrofidagi 27-dan 28 fevralgacha bo‘lgan kun davomidagi o‘zgarishlar qisqacha Yevropa Ittifoqi o‘z tarixida birinchi marta Ukraina uchun qurol ...
8 june 2020
Runetda, uning ketidan esa o‘znetda AQShdagi voqealarning muhokamasi davom etmoqda. “Irqchi emasman, lekin do‘konlarni yoqishning qora tanlilar huquqlariga qanday ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...