Catira
11 april 2017

O‘zbek internet nashrlari Abduxoliqov nazoratiga o‘tmoqdami?

Mart oyining oxirlarida rus tilida chiqadigan Uzmetronom sayti «ishonchlik manbalari»dan iqtibos qilib, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi UZ territoriyasidagi nashrlarni o‘z nazoratiga olayotgani haqida yozdi.

Hususiy radio va telekanallarni birlashtirgan bu assotsiatsiyaning raxbari Firdavs Abduholiqovdir.

Uni samarqandlik «mediamagnat» ham deyishadi va u ilgari Gulnora Karimova doirasiga yaqin bo‘lgan.

Maqolada tasdiqlanishicha, agar ommabop internet saytlari Abduholiqovning Assotsiatsiyasiga a'zo bo‘lishsa, u orqali raxbarlarga «hukumat va matbuot munosabatlari masalalari»ni yechish oson bo‘ladi.

Bu xabar ortidan Eltuz muxbiri O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligidagi mulozim bilan bog‘lanib masalaga oydinlik kiritdi.

Mulozimning aytishicha, internet nashrlar Abduxoliqov nazoratida bo‘lgan NAESMi tashkilotiga, rasman o‘z ixtiërlari bilan, assotsatsiyaviy a'zo sifatida kirgan.

Ayni paytda Eltuzning o‘rganishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov UZ domeni asosida faoliyat yuritaëtgan nashrlar nazoratini Firdavs Abduxoliqovga topshirgan. Bu nashrlar ixtiëriy-majburiy formatda NAESMIga a'zo qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Firdavs Abduholiqov mamlakatdagi bir qator nashr uylari va ommaviy axborot vositalari, jumladan Samarqanddagi STV telekanali, «Darakchi» va «So‘g‘diyona» nashrlari egasidir.

1992-1995 yillarda O‘zbekistonda nodavlat telekanal va gazeta ochish bilan birga 2004 yildan buyon mamlakatdagi 60 dan ortiq axborot vositasini birlashtirgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Bundan tashqari, keyingi yillarda u O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova yetakchiligidagi FondForum tashkiloti tadbirlarida ham faol ishtirok etayotgan amaldorlardan biri sifatida ko‘zga tashlangan edi.

Gulnora Karimova inqirozga uchragan 2013 yili prokuratura tarafidan so‘roq qilinib, unga oid «Darakchi» gazetasi ëpib qo‘yilgan, Abduxoliqov 2014 yil bahoridan boshlab o‘z mavqeini qayta tiklagan edi.

NAYeSMI kanallari o‘zbek rejimi uchun istalmagan arboblar hisoblangan Muhammad Solih, Obid Qori, Alisher Soipovlar haqida va “Ozodlik” jurnalistlariga tahdid qilingan ko‘rsatuvlar va huquq faollariga qarshi MXX tayërlagan ko‘rsatuvlarni efirga berib kelgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 march 2019
“Milliy tarix” mohiyatan konstrukt ekanligi haqida ko‘p gaplashganmiz. Bugungi o‘zbek milliy tarixi o‘tgan asrning 20–40-yillarida Yakubovskiy va boshqa olimlar ...
7 january 2026
Tarmoqda tarqalayotgan uzunquloq gaplarga ko‘ra, turk pop-musiqasining tirik afsonasi Tarkan taxminan 22 million dollarni o‘zi tug‘ilgan joy  –  Sivasda ...
20 april 2024
Farg‘ona viloyatidagi va umuman vodiydagi barcha professional jurnalist va ziëlilarga ikki og‘iz gapim bor. Vodiy azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan. ...
7 january 2020
Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...