Catira
29 april 2017

Jabborov Karimovni yasaydigan bo‘ldi

Islom Karimovga yodgorlik tanlovida o‘zbekistonlik haykaltarosh Ilhom Jaborov g‘olib chiqdi.

Tanlovda turli mamlakatlardan jami 58 haykaltarosh qatnashib, 68 yodgorlik loyihasini taqdim etilgan bo‘lsa ham, Eltuz gaplashgan toshkentlik munaqqidga ko‘ra, konkursdan ancha oldin o‘tgan yilning oktyabr oyidaëq Karimov haykalini Ilhom Jabborov yasashiga kelishilgan.

Munaqqid Akmal Rizaevga aytishicha, konkurs xo‘jako‘rsinga bo‘lgan va ataylab zaif haykaltaroshlar qatnashtirilgan.

Amir Temur haykalini yasagan taniqli haykaltarosh Karimov bilan haykaltaroshlik borasida bahsga kirishgani uchun diktator g‘azabiga duchor bo‘lgandi.

Uning ustidan jinoiy ish ochilib, mol mulki musodara qilingan, haykaltarosh keyingi 6 yil mobaynida tog‘larga chiqib ketib, bol yetishtirib kun ko‘rib yurgan.

Islom Karimov o‘limidan so‘ng Jabborov yana ijodga qaytdi.

U bilan oldindan tanish bo‘lgan yangi prezident Mirziyoevning siyloviga noyil bo‘ldi.

Davr aylanib, Jabborov Karimovning O‘zbekistonda o‘rnatiladigan 3 ta haykali va Moskvadagi byustini yasaydigan bo‘ldi.

Bir vaqtlar haykaltaroshni xonavayron qilgan prezident diktatorni u qay alfozda yasamoqchi?

Jabborov yaratgan eskizda shalviragan kostyum shim kiyib lapanglab yurgan cho‘tir yuzli kallasi katta pakana odam tasvirlangan.

Shoir va rassom o‘z asarlarida shaxsiy hissiëtini aks ettirishiga ishongan Rassom Tuz hajviyasi ajoyib haykaltarosh oqmo‘ylov Jabborovga bag‘ishlanadi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2022
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta navbatdagi shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Dastlabki shikoyat Buxoroning Shofirkon tumanidan. Shofirkonda tok yo‘q «Assalomu ...
16 january 2026
Aslida kredit olish, yuqori kreditlanish ko‘rsatkichi qo‘rqinchli narsa emas.  Biroq kredit to‘lovlari haddan tashqari baland bo‘lib, bank stavkalarida real ...
20 august 2020
19 avgust kuni Turkiyaning Antaliya shahrida asli gurjistonlik “vor v zakone” Nodir Salifov otib ketildi. «Eltuz»ga yetib kelgan ma'lumotga ...
26 october 2021
Farida Sharifullina  O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida uylarni buzish paytida xususiy mulkni himoya qilish to‘g‘risidagi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...