Catira
29 may 2017

Mirziyoev madh etilgan ilk qo‘shiq chiqdi (video)

O‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevga qo‘shiq bag‘ishladi.

49 yashar Dilfuza Ismoilova “Gap yo‘q” serialida o‘ynagan roli bilan tanilgan.

«Yurt Sultoni», «Xudoning yerdagi bir soyasi», kabi misralardan tarkib topgan matn shoir Toxir Muhammadga oid. Qo‘shiqni Rustam To‘lashov bastalagan.

Qo‘shiqni ijro qilgan Dilfuza Ismoyilova firibgarlikda ayblanib hibsga olingan Ahmadboy piramidachini ham ulug‘lab video chiqargan edi.

Ismoyilovaning qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek segmenti tarafidan turlicha izohlanmoqda.

Abdulloh ismli yuzer “Ko‘shiq jonli aytilibti. Bu yuraklardan chiqqani bilinib turibti. Bu qizga raxmat” deb ëzsa Tojixon ismli yuzer boshqacha fikr bildirgan:

“Bunday maddoxlikka yo‘l qo‘ymaslik lozim. Raxbarning ishini kamtarona tilga olib o‘tish bir narsa, uni osmonga chiqarib maqtash, Olloxning yerdagi soyasi deb ulug‘lash butunlay boshqa narsadir. Butun dunë Turkmanistondagi shaxsga sig‘inish ustidan kulyapti. O‘zbekistonning shunday axvolga tushib qolishiga yul qo‘ymaslik zarur. Dilfuza Ismoilovani jazolash kerak deb o‘ylayman.” deya ëzadi yuzer. (Imlo xatolari saqlandi. tahr)

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 january 2016
Eltuz.com sayti, shu kunlarda shov shuvi O‘zbekistondan tashqariga chiqib, dunyo armanlarini xam xavotiriga sabab bo‘layotgan “Jizzaxlik fermer Aramais Avakyan ...
23 august 2025
Eltuzga Xorazm viloyati Bog‘ot tumani obodonlashtirish idorasini rahbar talon-toroj qilayotgani haqida ishchi-xodimlar murojaat bilan chiqishdi. Shikoyatga ko‘ra, idora rahbari ...
26 november 2019
Bu galgi «Yozarning sasi» ruknida «Eltuz» O‘zbekiston xalq shoiri, 98 yashar adib Shukrullo domlaning fikrlarini e'tiboringizga taqdim etadi. Shukrullo ...
8 december 2023
Taralgay mushk ila anbar, Ko‘chamdan Salim  o‘tganda, Izida tuproq o‘lgay zar, Ko‘chamdan  Baxtiy o‘tganda. Boshiga soyabon bo‘lmoq Umidida oshib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...