Catira
11 september 2017

“Stiven Sigal Toshkentdagi turnirda gonorar berilmagani uchun qatnashmadi»

Hollivudning mashhur kinoakteri Stiven Sigal 9 sentyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asian Fight 2017 Xalqaro jang turnirida qatnashmadi. Shu kuni uning master klass berishi ham kutilgan edi.

«Eltuz» turnir tashkilotchilaridan biri bilan gaplashib, uning qatnashmagani sababiga oydinlik kiritdi.

Ismi aytilmasligini istagan tashkilotchiga ko‘ra, Tashkentga 8 sentyabrda kelgan 65 yashar Stiven Sigal, tashkilotchilar unga tegishli bo‘lgan 100 ming dollar gonororni to‘lamagani uchun 9 sentyabr kungi turnirda ctadionga chiqishdan voz kechgan.

Turnirda qatnashmagan Sigal Toshkent markazida pishirilib Ginnes rekord kitobiga kirgan palov tantalarida ko‘rinish bergan.

Ayni tadbirda uning Mirziëev rafiqasi bilan “protokolga zid kelgani bois uchrashtirilmagani” Sigal dilini g‘ash qilgan.

Ginnes palovi rejasiga ko‘ra, u Mirziyoevning rafiqasi bilan bir stolda o‘tirishi kerak edi, ammo unga ruhsat qilishmagan va protokolga to‘g‘ri kelmaydi deb aytishgan.

Shuningdek, Sigalni Toshkentga olib kelgan shaxsning bildirishicha, akter shaxsiga qattiq tekkan boshqa nojoizliklar ham bo‘lgan.

Jumladan, akterning Mirziyoev bilan bilan belgilangan uchrashuv rejasi bo‘lgan. Mirziëev esa u bilan uchrashmagan.

Turnir doirasida Stiven Sigal maydonda master-klass ko‘rsatishi kerak bo‘lgan, biroq aktyor o‘zbekistonlik va horijiy sportchilar yig‘ilgan «Bunyodkor» stadionida ko‘rinmagan ham.

«Eltuz» suhbatdoshi iddaosiga ko‘ra, “tadbir homiysi «Uzmobayl» Stiven Sigalning ishtiroki uchun pul ajratgan, ammo tashkilotchilar uni o‘marishgan.

«Eltuz» muxbiri «Uzmobayl» shirkatidan bu borada izoh ola olmadi, u bilan norasmiy tarzda gaplashgan tashkilotchilar “hamma muammo to‘lanmagan pul bilan bog‘liqligiga” ishora qilishgan.

Avvaliga sport turniri tashkilotchilari boshqa bir jangari yulduz – Jan Klod Van Dammning tashrifini anons qilishgan, biroq turnirga bir necha kun qolganida uning «qattiq kasalligi» tufayli kela olmasligini e'lon qilishgan.

«Eltuz» manbasining so‘zlariga ko‘ra, Van Damm Toshkentga kasalligi uchun emas, balki qatnashish gonororining summasi shartlariga kelishish mumkin bo‘lmaganidan kelmagan.

“Sigal Mongoliyaga ketdi, u juda ham norozi…”, dedi «Eltuz» suhbatdoshi yakshanba, 10 sentyabr kuni.

Jangovor san'at ustasi o‘z gonororini olmagani «Eltuz»ga ma'lum. Ammo “Uzmobayl” ajratgan pul qaysi tashkilotchinig cho‘ntagiga tushdi degan savol javobsiz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 may 2018
Diniy idoraga yaqin bir manbaning «Eltuz» nashriga bildirishicha, 60 yashar Anvar qori Tursunov 1 may kuni sun'iy koma holatidan ...
21 november 2021
Siësatchi bo‘lish¸ siësatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga ëzuvdim sal oldin. «Senga gul ...
12 september 2016
Bosh Vazir Shavkat Mirziyoev o‘zining mushtumzo‘rligi bilan, shuningdek, Toshkentdagi aholi uy-joylarini, garajlarini buzish, poytaxt aholisini ommaviy tarzda shahar chekkasidagi ...
22 july 2019
O‘zbekiston hukumati Xalqaro mehnat tashkilotiga O‘zbekistonda majburiy mehnatning taqiqlanganligi haqida ma'lumotni o‘z ichiga olgan 40.000 nusxa varaqa, shiorlar tayyorlash ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...