Catira
20 october 2017

Shavkat Mirziyoev do‘xtirlarga yana «qizil karta» ko‘rsatdi

18 oktyabr kungi sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishida prezident Mirziyoev tibbiyot xodimlarini tag‘in jiddiy tanqid qildi.

President.uz saytiga ko‘ra, davlat maslahatchilari, Bosh vazir va tegishli vazirlik rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda Mirziyoev shifokorlarni malakasizlik va mas'uliyatsizlikda ayblagan.

“Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatining hududlarda yetarli darajada emasligi oldimizda turgan dolzarb muammolardan biri”, dedi prezident selektor yig‘ilishida.

Bu keyingi 10 oy ichida prezident tomonidan uchinchi bor yig‘ilish o‘tkazilib, tibbiyot xodimlarining tanqid qilinishidir.

«Eltuz» nashri ilgari yoritganidek, Shavkat Mirziyoev sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan shu yilning 5 yanvarida uchrashgan edi.

O‘shanda u virtual qabulxonaga tibbiyot sohasiga oid 7 mingta shikoyat kelib tushganini aytgandi.

7 fevral kuni esa u tug‘ruqxona xodimlarini eng katta poraxo‘rlar deya atagandi.

Tibbiyot muassasalaridagi muammolarga bag‘ishlangan bu yig‘ilishda prezident sog‘liqni saqlash vazirini ham, uning o‘rinbosarlarini ham rosa «po‘stagini qoqqan» edi.

Prezidentning tibbiët xodimlarini tanqid qilganidan ruhlangan FB yuzerlari poraxo‘r doktorlarni otib tashlash kerak degan gaplarni ëzishgacha borishdi.

Rassom Tuz, bu safar prezident tomonidan har safar dakki berilayotgan shifokorlar yonini oladi.

«Nimaga prezident hamma illatlarning eng kattasini qilayotgan, siyosiy mahkumlarga solayotgan qiynoqlari, xususiy biznes kapitalini tortib olishi bilan dunyoga tanilgan MXX idorasidagilarni tanqid qilmaydi?» deydi u.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 march 2024
Yo‘lga chiqyapman. Muqimiy aytganidek, qolmay shaharga toqatim, qishloq chiqardim odatim. MS: Og‘o shu suvuqda, o‘yda, o‘joqni ëninda o‘tiravaring o‘t ko‘lab. Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. RT: Matchonboy, bir ...
4 december 2025
Nemis nashri Der Spiegel Volodimir Zelenskiy dushanba kuni Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan o‘tkazgan yopiq telefon suhbati mazmunini e'lon qildi. ...
18 november 2025
FoxNews telekanaliga ko‘ra, AQShda ilgari qo‘yib yuborilgan va yuk mashinasi haydovchisi sifatida ishlagan o‘zbekistonlik noqonuniy muhojir terrorizmga aloqadorlik gumoni ...
13 september 2018
Andijon viloyatida ommaviy paxta yig‘im terimi hali boshlanmagan bo‘lsa-da, 10 sentyabr kuni byudjet ishchi-xizmatchilarining dastlabki guruhi 10 kunlik yotoqqa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...