Catira
28 february 2018

Darbadar Zokirning qaytishi

Militsiya generali, 69 yoshli Zokir Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlandi.

2005 yildagi Andijon qirg‘inidan so‘ng Almatov Yevropaga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgandi. Sobiq ichki ishlar vaziri shu paytgacha matbuotda ko‘rinish bermay kelayotgan edi.

«90-yillar va undan keyingi og‘ir vaziyatlardan ham chiqib ketganmiz», dedi 1991-2006 yillarda IIVni boshqargan general Almatov 27 fevral kungi selektor yig‘ilishidagi ilk chiqishida.

Shavkat Mirziyoev iqtidorga kelgan 2016 yilning dekabrida «Eltuz» nashri sobiq ichki ishlar vaziri Zokir Almatovning prezident maslahatchisi sifatida ishga qaytarilgani haqida yozgan edi.

Boshqa manbalarga ko‘ra, u yangi tashkil etilgan Korruptsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi etib ham tayinlangan.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 november 2017
Qozog‘istonning Sayram tumanida yashovchi 34 yoshli Xayrulla Normetov «o‘ris diniga kirib ketgani uchun» xotinining qorniga pichoq tiqqanini iddao qilib, ...
20 july 2022
O‘zbek xalqi kimga, qaysi rejimga qaram bo‘lib kelgan ediki, endi u o‘zini ozod, erkin millat deb biladi? Bir yarim ...
3 march 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
4 december 2017
Ko‘p pul ishlab, mashina va uy olish uchun xotinini fohishalikka undagan o‘zbekistonlik erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda 30 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...