Catira
12 april 2018

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi MXX qoldig‘idan tozalandi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari degan lavozim shamsiyasi ostida siësiy tsenzurani amalga oshirib kelgan, aslida sobiq MXX vakili Abdusalom Shodmonov ishdan bo‘shatildi.

MTRK devonxonasi mulozimining «Eltuz»ga aytishicha, Shodmonov 6 aprel kuni ishdan bo‘shatilgan va bu lavozim tag-tugi bilan tugatilgan.

12 aprel kungi holatda Shodmonov MTRK saytidagi rahbarlar ro‘yxatidan olib tashlanmagan.

MXX tugatilib, DXXga aylangani ortidan mamlakat idoralaridagi MXX kuratorlari birin-ketin ishdan olingani kuzatilmoqda.

O‘tgan oyda O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi raisining MXXdan tayinlangan o‘rinbosari Aydarbek Tulepov ishdan olinib, uning lavozimi tugatilgan edi.

Milliy telekanalni qo‘ldan bergisi kelmayotgan maxfiy xizmat zobiti rassom Kirpi karikaturasida o‘z aksini topdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 july 2018
Namangan muhandislik texnologiya institutining sobiq domlasi, talabalari tomonidan kaltaklanganini aytayotgan Sirojiddin Ashurov jinoyatchilar tegishli jazoni olishida prezidentdan najot kutmoqda. ...
20 january 2026
Falastinlik qochqinlarini olib kelib O‘zbekistonning chekka qishlog‘iga joylashtirishibdi. Oradan hafta o‘tib, BMT vakillari ahvolni tekshirgani kelishsa: «Bizni orqaga qaytaringlar ...
3 september 2024
O‘zbekistonda oylik maoshlar yiliga bir marta bilinar-bilinmas oshadi. Lekin narx-navo kuniga ko‘tariladi.  Joriy yilda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ  foydalanuvchilarni kutilmagan ...
24 january 2019
Markaziy bank Navro‘z arafasida yuz ming so‘mlik banknotlarni muomalaga kiritishi haqida bildirib, bundan qulayliklar yaratish, pullarni tashish xarajatlarini kamaytirish, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...