Catira
23 april 2018

Yilning birinchi choragida byudjetdan 4 million dollar o‘g‘irlandi

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekiston byudjetidan 4 million dollardan ortiq mablag‘ o‘marilgan. Bu haqda Moliya vazirligiga asoslanib, mamlakatning bir necha nashrlari xabar tarqatdi.

O‘zbekistonda byudjet mablag‘lari o‘marilishi bilan bog‘liq bunday ma'lumotlar ilk bor e'lon qilinmoqda, desa bo‘laveradi.

Ilgari ham shunday holatlar tilga olinar, lekin qancha mablag‘ o‘marilgani masalasi har doim oshkor etilavermasdi.

Ammo prezident Shavkat Mirziyoevning byudjet shaffofligini oshirish va korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan siyosati Moliya vazirligini o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasini e'lon qilishga majbur etgan ko‘rinadi.

Ma'lum bo‘lishicha, birinchi chorak davomida suiiste'molliklar, o‘g‘irlik va boshqa maqsadsiz xarajatlar oqibatida mamlakat byudjeti 33 milliard so‘m yo‘qotgan. Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 127 ta ob'ektda o‘tkazilgan teshiruvlar davomida 5,2 milliard so‘mlik maqsadsiz xarajatlar aniqlangan.

Jami 844 ta tekshiruv o‘tkazilgan bo‘lsa, moliyaviy tartib-intizom buzilishi bilan bog‘liq 661 holat aniqlangan. Jumladan, shularning 5,2 milliard so‘mi (644 ming dollar) kamomad va o‘g‘irlik, 24,8 milliard so‘mi (3,07 million dollar) noqonuniy xarajatlar, 3,2 milliard so‘mi (396 ming dollar) Moliya vazirligi huzuridagi jamg‘armalar mablag‘larini maqsadsiz sarflash bilan bog‘liq.

Tekshiruvlar natijasida 20,8 milliard so‘mni (2,57 million dollar) qaytarishga erishilgan. Huquqni muhofaza qilish organlariga huquqiy baho berish uchun taqdim etilgan 650 ta tekshiruvning 626 tasi byudjet va byudjet mablag‘laridan foydalaniladigan tashkilotlarga taalluqlidir.

Shuningdek, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish bilan bog‘liq 510 ta holatda 474 sub'ekt bo‘yicha materiallar huquq-tartibot organlariga yuborilgan. Bu byudjet tashkilotlarining 32 nafar rahbari va mansabdor shaxsi ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Shavkat Mirziyoev korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga o‘tgan yilning yanvarida imzo chekkan edi. O‘sha yil fevralda esa bosh prokuror rahbarligida korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilgandi.

Mazkur komissiya faoliyati natijasida yarim yil davomida 1,5 mingdan ortiq mansabdor shaxsga nisbatan korruptsiya bilan bog‘liq 1130 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yaqinda esa O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishga BMT Taraqqiyot dasturi ham qo‘shildi. Bu tashkilot Adliya vazirligi bilan birgalikda uch yillik loyihani amalga oshirishga kirishdi.

Bu loyihada korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy qonunchilikni takomillashtirish, uni xalqaro standarlarga moslash, davlat xizmatchilarini tayyorlashda innovatsion uslublarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.

Shuningdek, loyiha korruptsiyaga qarshi tadbirlarga texnik ko‘mak berish va jamiyatda korruptsiyaga nisbatan toqatsizlikni rivojlantirish ham qaratilgan.

Shuncha ishlar qilinayotganiga qaramay, O‘zbekiston korruptsiya miqyosi hamon juda kengligicha qolmoqda.

Ta'lim, sog‘liqni saqlash, huquq-tartibot, eksport-import, bojxona, soliq kabi jamiyat rivoji uchun eng muhim bo‘lgan sohalar korruptsiya botqog‘iga botgan.

Ayni paytda prokuraturaning sobiq bosh prokuror boshliq ko‘plab xodimlari, sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining yuqori mansabli amaldorlaridan bir guruhi ayni shunday jinoyatlar yuzasidan tergov bermoqda.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 january 2026
Zamonaviy tomoshabinning diqqat-e'tibori pasaygani endi shunchaki taxmin emas, balki kinoindustriyani o‘zgartirayotgan faktga aylandi. Yaqinda mashhur aktyor Mett Deymon Jo ...
15 february 2018
MXX idorasining Toshkent shahri markazida joylashgan bosh binosidan ko‘chirilayotgani haqida 14 fevral kuni «Eltuz» nashri xabar bergan edi. Toshkentning ...
16 december 2019
O‘zbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alixonov Chernobil halokatiga sabab bo‘lgan atom reaktori bilan O‘zbekistonda qurilajak reaktorni “Moskvich” va “Lasetti” ...
27 august 2022
Ushbu maqola The Washington Post gazetasining AQSh ittifoqchilarini va Zelenskiyni urush muqarrarligiga qanday ishontirishga harakat qilgani borasidagi tekshiruvlari asosida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...