Catira
4 may 2018

Erdo‘g‘on: «O‘rtamizda biror tosh bo‘lsa, yo‘q qilamiz!»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 aprel kungi tashrifi chog‘ida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonni o‘z ota yurti deya ta'rifladi.

«Ota yurtim O‘zbekistonda bo‘lganimdan judayam baxtiyorman!», «Do‘sting bilan qo‘ldosh bo‘l!», «O‘rtamizda neki tosh bo‘lsa, yo‘q qilamiz!» dedi turk prezidenti o‘z nutqida.

Iqtisodining yuksakligi jihatidan Turkiyaning dunyoda ikkinchi o‘rinda turishini pisanda qilarkan, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik natijasida O‘zbekiston Osiyoni Yevropa bilan bog‘laydigan muhim markazga aylanishini aytdi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng 25 ta hujjat imzolangan, 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishilgan.

«Turkiya – buyuk turk millatlarining vatani bu! Biz endi birlashishimiz shart! Oramizga qandaydir ishonchsizlik, sovuqlik tushib qolgan edi. Lekin ikkovimiz bir bo‘lib bu muzlarni eritdik va bu muz endi hech qachon bo‘lmaydi!» dedi Mirziyoev.

Rassom Tuz ilk bor qardoshining haqiqiy siyosiy nutqini eshitgan o‘zbeklar rasmini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 march 2016
24 fevral kuni Namanganda “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Xayrulla Turmatov, O‘zbekiston ...
22 march 2024
Mana xafta aylanib siz bilan yuzma yuzman millat. MS: Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Og‘o tozoliqladan so‘llang. O‘lgan qotqon ...
18 february 2017
«Qonun himoyachilarining o‘zi jinoyat sodir etsa, oddiy odam dardini kimga aytishi kerak?» – dedi Mirziyoev 9 yanvarda militsiya xodimlari ...
1 july 2019
Shu kunlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning respublika darajasidagi rahbarlardan tortib mahalliy amaldorlargacha shaltag‘ini chiqarib so‘kkani mojarosi OAVlaru ijtimoiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...