Catira
17 may 2018

Rejim o‘zgaradi – Akmal Saidov ham

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov AQSh-O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi oldidan o‘tgan davra suhbatidagi chiqishida zamonga qarab o‘zgarayotganini aytdi.

«O‘zbekiston, yurtim o‘zgarar ekan, men ham o‘zgarayapman albatta», dedi u «Amerika ovozi» jurnalistining «Akmal Saidov o‘zgarishga qanchalik moyil?» degan savoliga javoban.

Akmal Saidovning O‘zbekistondagi inson huquqlari buzilishiga oid xalqaro yig‘ilishlarda oldingi Karimov rejimni astoydil jazava bilan himoya qilgani ma'lum.

«Kechirib qo‘yasiz! Siz elementar tarzda bilishingiz kerakki O‘zbekiston Yevropa Kengashi a'zosi emas! O‘zbekiston Osiyo davlati!» degan edi qo‘lini paxsa qilib, 2013 yili BMT Kengashi yig‘ilishida mamlakatda «qiynoqlar» qo‘llanilishining qoralanishiga javoban.

Bu galgi chiqishida esa, mutlaqo boshqa ohang kuzatilmoqda. U Karimov davrida nohaq qamalgan faollarning turmadan ozod etilishini hukumatning yutug‘i deya e'tirof etmoqda.

«Men akademik odamman. Men avvalo olimman. Rasmiy lavozimlar ikkilamchi», dedi Akmal Saidov o‘zining o‘zgaruvchan tabiatiga izoh berib.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 june 2021
O‘z joniga qasd qilganlikda gumonlanayotgan 26 yoshli Maftuna Azimova 30 may kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani shifoxonasida vafot etdi. ...
27 october 2025
Dang‘ara IIB boshlig‘i lavozimga tayinlanganiga endigina bir oy bo‘lgan Bozorboev Jahongir Hayotjonovich kunlik jinoyat me'yorlarini belgilab bermoqda. Bu haqida ...
27 january 2020
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov milliy iqtisodiyotda xufyona iqtisodiyot hajmi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 foizni tashkil etishini bildirdi.      “Aslida ...
7 march 2018
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi. Bir dona orxideya guli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...