Catira
23 august 2018

Bepushtlarga «dam solish» yoki oddiy seks

Internetda yosh ayol bilan jinsiy aloqa ustida tasviri olingan  xorazmlik 61 yoshli A.O. ismli shaxs videosi tarqaldi.

Voqeadan xabardor shaxsning «Eltuz»ga bildirishicha, video MXX xodimlari tomonidan 2017 yili olingan.

Unda «axloq posbonlari»ning ayol bilan yotgan erkak ustiga qo‘qqisdan bostirib kirib, so‘roqqa tutishlari aks etgan.

Erkakning ayol bilan intim aloqasi o‘z yo‘liga, bu ularning shaxsiy huquqiga oid masala.

Voqeaning qiziq tomoni, «Eltuz» suhbatdoshiga ko‘ra, bu erkak tug‘mas ayollarga dam solish, «ota-bobolari»dan qolgan kitoblari yordamida «ginekologik muolaja» bilan shug‘ullanib kelgan.

«Men xotinimga emas, o‘zimga dam soldirgani bordim. Shundan so‘ng o‘g‘il ko‘rdim», deydi uzoq vaqt farzand ko‘rmagan ota.

Uning «Eltuz»ga aytishicha, erkak davo istab kelgan ayollarning ich kiyimlarini dam solish uchun olib qolar ekan.

«Torda bu ishtonlar osig‘liq turarkan. Mulla ayolga «Ishtonni tushir!» derkan, agar ayolning jahli chiqsa, erkak torda turgan ishtonga ishora qilganini aytib qutular ekan», deydi «Eltuz» suhbatdoshi.

Tug‘mas ayollarga «dam soluvchi» mutaxassislar

O‘zbekistonda imomlarning dinni pesh qilib, «kuf-suf» biznesini rivojlantirishayotgani birgina Xorazmda kuzatilayotgani yo‘q.

O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi raisi Muhammadjon Hamroevga ko‘ra, birgina Toshkent shahrida 800 nafardan ziyod firibgar folbin va soxta tabib bor.

2016 yili Shahrisabzda folbinlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Sanaev Miraziz Ahad o‘g‘li va uning sheriklarini firibgarlikda ayblanib javobgarlikka tortilgan edi.

«Eltuz» nashriga ma'lum bo‘lishicha, Toshkentning Dendropark dahasidagi “mozorchi folbin” ginekologiya va aëllar bepushtligi bilan bog‘liq kasalliklarni ham “davolashi” bilan nom chiqargan.

O‘tgan yili esa Toshkentdagi Oltinxon to‘ra masjidi imomi va muazzini o‘rtasidagi mojarolar elga ovoza bo‘lgan edi.

Masjid qorovuliga ko‘ra, ayni masjid imomi Alimardon Ernazarov o‘z huzuriga najot istab kelgan bepusht aëllarga “dam solish” bahonasida tegajog‘liq qilgan.

2017 yilning boshida masjiddagi seks janjali ortidan Oltinxonto‘ra masjidi imom-xatibi Alimardon Ernazarov ishdan bo‘shatilgani haqida «Eltuz» ëzgan edi.

Folbinlik, dam solish kabi «diniy xizmat» evaziga kun ko‘rish, professional tibbiët tanazzuli fonida gurkirab rivojlanmoqda, deydi «Eltuz» muxbiri bilan suhbatlashgan farg‘onalik vrach.

Unga ko‘ra, ba'zan kasbiy malakasi yetarli bo‘lmagan doktorlarning o‘zlari bemorlarni azayimxonlarga yo‘llashmoqda.

«Eltuz» uchun rasmlar chizayotgan rassom Tuz o‘zbek matbuotidagi shu kemtikni to‘ldirib, dam solish bahonasida aëllarga tegajog‘lik qilaëtgan azayimxonni tasvirlagan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 september 2015
O‘zbekiston xukumatining OAVlari, nashiryotlari, voqealarni yoritishda sovet propagandasidan qilcha farq yo‘q. Sovet davrida ham ko‘zga ko‘ringan adib, shoir, san'atkorlarni ...
31 march 2021
Shu o‘rinda Qo‘ylining gapini bo‘lib qisqacha ma'lumot bersam. Qo‘yli asir olinib Bozorak qishlog‘iga olib kelinadi. Oldiniga 10 kun kartserda ...
24 august 2018
O‘zbekistonda shu hafta eng ko‘p pichoqbozlik Qurbon hayiti kuniga to‘g‘ri keldi.  Shu kuni, 21 avgustda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ...
29 december 2025
Dunëdagi eng birinchi kasb g‘arlik, ikkinchisi esa jurnalistlik deyiladi. Qadim zamonda bir xotin qo‘tosni soni evaziga erkaklarni g‘orga apkirib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...