Catira
1 march 2019

O‘zbekistonni 200 dollar oylik oluvchilar boshqarmoqda

O‘zbekiston Moliya vazirligining ma'lum qilishicha, mamlakatda deputatlar va senatorlar 1,56 mln so‘m (186 dollar), vazirlar 1,727 mln so‘m (205 dollar) maosh olishadi.

Vazir o‘rinbosari oyligi esa salgina yuqori — 2,076 mln so‘m ($ 247). Viloyatlar hokimiga 1,9 mln so‘m ($ 226), tuman va shahar hokimlariga 1,643 mln so‘m ($ 195) maosh tayinlangan.

Rahbarlarning bunchalik past oylik olishi ijtimoiy tarmoqda kinoyaga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik mulozimlarning daromadini real hayotdagi bilan taqqoslashni taklif qilishmoqda.

«Bu ularning nima uchun o‘g‘irlik qilishlari, ochiqrog‘i, o‘z qarindoshlarining shirkatlari foydasiga begonalarning uylarini buzishlari yoki otkat olishlari sabablaridan biridir. Ularning holatiga kirib ko‘ring: axir ular o‘z obro‘lariga loyiq (aksincha hurmat qilishmaydi) to‘ylar qilishlari, bolalarini o‘stirishlari, ularga uy qurib berishlari, o‘zlari esa xorijda (eng avvalo, asabdan) davolanishlari kerak. Bunisi hali minimum. Hozircha ular shaxsiy yaxtaga davogarlik qilishmaydi. Ertami-kechmi, bu ham bo‘ladi», deya kinoya ostiga oldi bu ma'lumotni Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov feysbuk sahifasida.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 july 2025
2008 yilning 10 oktyabrida siyosiy motivlar bilan qamalgan o‘zbek jurnalisti Solijon Abdurahmonov roppa rosa to‘qqiz yil qamoq jazosini o‘tagani ...
28 november 2024
O‘zbekistonlik 28 nafar fermer O‘zbekiston prezidentining agrar islohoti o‘zbek dehqonini 100 yillik moddiy va ma'naviy kishanlardan ozod qilishning ilk ...
9 december 2025
Ikki mansabdorga hukm o‘qildi, qolgan to‘qqiz kishi jazosiz qolmoqda IIB xodimlari tomonidan shafqatsiz kaltaklanib, yechintirilgan va videoga olingan maktab ...
3 january 2018
3 yanvar kuni ham davom etgan Erondagi namoyishlar ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmentida turlicha talqin etilmoqda. Kimdir bunda Amerikaning qo‘li ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...