Catira
30 october 2019

Prezident kuëviga odamlarni jazolash vakolati berilganmi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda paxta dalasida bir yigitning bir ayol bilan og‘zaki janjali aks etadi.

Janjal davomida yigit ayolga “Chmo bo‘lganingdan keyin paxta terasan-da”, deya dashnom qiladi.

Oradan bir necha soat o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov o‘zining instagramida fermerni topgani va jazolaganini shaxsan tarmoq orqali ma'lum qiladi.

«Yaramas jazosiz qolmaydi! Bu masala bilan shaxsan shug‘ullanaman!» deb yozdi Otabek Umarov va ketidan o‘zining ruscha bilishini pisanda qilish uchun mana bu gapni qo‘shdi: «Negodyay obyazatelno budet nakazan! Voprosom zaymus lichno!»

Ba'zi manbalarga ko‘ra, prezident kuëvi fermerni kaltaklagan.

Prezidentning kuëvi amalga oshirgan ish “samosud” deyiladi va O‘zbekiston qonunlarida javobgarlik belgilangan. ⠀

Beodob fermerlarni jazolash O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi vakolatlari doirasiga kirmaydi.

Odamlarning qilmishlari uchun jazo belgilash sud vakolati doirasidagi ish.

Rassom Kirpi prezidentning kuëvi, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarovning qilmishini “tosh davri”dagi yarim ëvvoyilar ritualiga o‘xshatdi.

“Ey, kuëv! Sen Ramzanga taqlid qilib, mamlakatni klounadaga aylantirma. Huquq va sud tizimining o‘rnini bosish vakolati senga ham, qayin otangga ham berilmagan”.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 november 2017
17-20 noyabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida VI Yevroosiyo adabiyoti festivali bo‘lib o‘tdi. Postsovet davlatlar, jumladan, o‘zbekistonlik yozuvchilarning asarlari taqdim ...
12 december 2016
Samarqandda kelasi yili uch yo‘nalishda shahar ko‘chalarini bog‘laydigan tramvay yo‘llari ishga tushirilishi haqida xabar beradi O‘zA nashri. Biroq shu ...
9 april 2016
O‘zbekistonda bitiruvchilardan ish bilan ta'minlangani, ko‘plari esa uy ishlariga bandligi yuzasidan qo‘shib yozishlar bo‘layotgani, ish haqi esa nihoyatda pastligi ...
1 december 2025
Marader ya'ni talonchi degan so‘zni «kapando‘z» deb ham aytishadi. Shunday odamlar bor o‘liklarni go‘rdan qa zib oltin tishini sug‘urib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...