Catira
26 february 2020

Gulnora Karimovaga qarshi «odil sudlov» degan cho‘pchak haqida

25 fevral kuni Gulnora Karimovaning Londonda yashaëtgan qizi Instagram sahifasida onasidan prezident Mirzieevga yo‘llangan maktubni joylashtirdi. 

Maktubda Karimova G‘arb telekommunikatsiya shirkatlari aralashgan korruptsion sxema sababli Shveytsariyada muzlatilgan 686 million dollar evaziga uni ozod etishlarini so‘ramoqda. 

«Oilam va sog‘lig‘imni saqlab qolish uchun, bizning oilamizda qolgan va Shveytsariyada muzlatilgan pul mablag‘lariga nisbatan har qanday da'volarimdan kechishga tayyorman…», deya yozdi Karimova. 
 
Gulnora Karimova, shuningdek, unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat isht materiallari bilan hech qachon tanishib chiqmagani, hukmlarni olmagani va ayollar qamoqxonasida yana qancha muddat qolishini bilmasligini ta'kidladi. 

O‘zbek tahlilchisi Alisher Ilhomov mazkur holatni bunday izohladi: “Bu mashmashalar ikkala tomonning ham yomonligini ko‘rsatdi: bir tomon (Karimova) jinoyat sodir etganligini anglamayapti, boshqasi esa (hukumat) adolat normalarini buzmoqda. Ikkala tomon shunchaki savdolashmoqda, bu qonun ustuvorligini emas, balki bozorni eslatadi. Karimova xatidan ba'zi qiziqarli tafsilotlar qalqib chiqyapti. Masalan, Shveytsariya hukumati musodara qilgan aktivlarni gumanitar loyihalarga yo‘naltirish to‘g‘risida. Savol tug‘iladi, bu loyihalarni amalga oshirish qaysi tizilmaga topshiriladi? 

Bu boradagi tashvish asossiz emas. Shveytsariya shunday yo‘llar bilan o‘g‘irlangan aktivlarni Qozog‘istonda ham gumanitar loyihalar bo‘yicha topshirgandi, ammo bu loyihalar Qozog‘iston rahbarining qizi Darig‘a Nazarboeva tomonidan tuzilgan hukumatga qarashli tashkilot nazorati ostiga tushdi.  Shunga o‘xshash hol O‘zbekistonda ham yuz bermaydimi?

Maktubdan Gulnora Karimovaning o‘z qilmishini anglagani va pushaymon ekani emas, balki faqat o‘z ozodligini savdolashishga urinayotgani ko‘rinib turibdi”, deya yozdi Ilhomov «Eltuz» uchun bergan izohida.

Eslatib o‘tamiz, Karimova uy qamog‘idan ayollar koloniyasiga o‘tgan yilning martida qaytarilgan edi.  Bosh prokuratura baënotida ta'kidlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 1972 yilda tug‘ilgan Karimova Gulnora Islomovnaga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.

O‘tgan yil davomida yuz bergan voqealar Gulnora Karimova ishi odil sudlovning amalga oshirilishi emas, balki hukumat va umidsizlikka tushgan Karimova o‘rtasida savdo bo‘layotgani anglatmoqda. 

Shunday qilib, 2019 yilning martida Karimova hibsga olinganidan so‘ng quyidagi holatlar yuz berdi:

1. Karimovaning Shveytsariyadagi advokati vazifasidan chetlatilishi va Shveytsariya sudi qarori bilan qayta tiklanishi Karimova aktivlarini musodara qilish va O‘zbekistonga  qaytarish jarayoniga xalaqit berdi. Bu narsa O‘zbekiston hukumatini g‘azablantirmasligi mumkin emas edi.

2. Yaqinda Karimovaga qarshi ikki tsement zavodi bilan bog‘liq ish qo‘zg‘atildi. Unga endi yangi jazo muddati tahdid solmoqda

3. Sobiq bosh prokuror Otabek Murodov hamda DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevga nisbatan hukm o‘qildi.  Karimova o‘z maktubida haqli ravishda ta'kidlagandek, agar sobiq bosh prokuror va DXXning sobiq raisi qonunni buzganlikda ayblanayotgan bo‘lsa, unda nega unga nisbatan tergovlarda adolat qoidalari buzilgani tan olinmayapti?

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 may 2021
O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma respondentlarning 10 foizdan ko‘prog‘i oiladagi zo‘ravonlikka qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi gender munosabatlardagi tashvishga soladigan holatdir. Bu haqda Eurasianet nashri yozdi. 15 may kuni BMTning Oila xalqaro kuniga bag‘ishlab ...
23 september 2023
«Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiyaning Verbovo mudofaa liniyasini yorib o‘tdi va oldinda yanada kattaroq zafarlar kutilmoqda», dedi «Tavriya» qo‘shinlarining tezkor-strategik ...
2 january 2026
zbek xalqi shubhasiz dunëdagi barcha yaratiqlar ichida «eng sabr qiladirg‘on» turidan. Boshliq kelib ko‘tiga tepsayam xudoga shukr deydi. Lekin ...
4 april 2018
3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi «Mening yurtim» telekanalini xalqaro va mahalliy qonunchilik me'yorlarini buzganligi haqida rasmiy ogohlantirdi. Telekanalga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...