Catira
7 october 2020

O‘zbekiston osmonida ikkinchi Gulnora porladi. Uning ismi Saida!!!

O‘zbekiston prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning Toshkentdagi tadbirda davlat rahbarining katta qizi Saida Mirziëevga ta'zim qilgani sotsial medianing o‘zbek segmentida tanqidiy qarshilandi.

Birovlar bu holatga Gulnora Karimova bilan bog‘liq o‘tmishni parallel qilsa, boshqa birovlar O‘zbekistonning Turkmaniston modeliga o‘xshab boraëtanidan afsus bildirishdi.

Toshkentlik me'mor va san'atshunos Abdumalik Turdiev «Ozodlik» radiosiga bergan suhbatida ta'zim bajo keltirish singari manzara guvohi bo‘lganidan taassuf bildirdi.

“O‘zbekiston prezidentining ilm-fan masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov kabi ëshi katta kishining qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib¸ nevarasi tengi qiz – Saida oldida egilib turganini ko‘rib, juda g‘alati bo‘ldim. Bunday ayanchli manzarani biz Turkmaniston haqidagi lavhalarda ko‘rardik. Hatto Gulnora Karimovaning son-sanoqsiz kino tadbirlarida ham biror mulozimning qaddini bukib, ta'zim qilganini eslolmayman”.

O‘zbekistonda prezident qiziga sig‘inib, uni ko‘klarga ko‘tarish amaliëti Karimov davrida bo‘y ko‘rsatgan edi. O‘sha paytda oligarx Alisher Usmonovdan tortib, hozirgi prezident Mirziëevning xotini Ziroat Hoshimovagacha “malika Gulnora” atrofida oshig‘ich muhabbat bilan irg‘ishlagani aks etgan videolavha «Eltuz»da bor.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 march 2020
Rassom Kirpi Eltuz.com
12 february 2019
Bugun Toshkent metropolitenidan foydalanayotgan yuz minglab vatandoshlarimiz yana shu savolga javobni bilishga haqli. Lekin metropoliten rahbarlari nega bir necha ...
22 may 2023
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich «o‘z atrofiga qarindosh urug‘ini yig‘ib, kamida bir ...
24 december 2018
O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining bir guruh faollari Zeromax GMBH kreditorlarining Gulnora Karimovaning noqonuniy aktivlarini tovon sifatida olish harakatlari kuchayganidan xavotir ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...