Catira
16 december 2020

O‘zbekiston endi YeOIIda kuzatuvchi. Assalom, Sovet Ittifoqi

11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi.

Tadbirda YeOIIga a'zo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ning videoanjuman shaklidagi sammitida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev o‘z nutqida O‘zbekistonning kuzatuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi murojaati qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

Joriy yil may oyida Oliy Majlis O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma'qullagan edi.

Smartgov Consulting byurosi ijrochi direktori Aziza Umarova esa YeOII Rossiyadan boshqa a'zo davlatlarga hech qanday yaxshilik olib kelmagani, jumladan, Qozog‘iston va Belarus iqtisodi «har doimgidan ham ayanchli ahvolda» ekanini aytgan.

Uning feysbukda yozishicha, Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa kirgandan keyin «orqaga yo‘l yo‘q».

«Hech qanaqasiga. Tinchgina ajralish, tinch yo‘l bilan tarqalish imkonsiz. Barcha qarorlar bir mamlakat tomonidan qabul qilinadi va bu bizning mamlakat bo‘lmaydi. Ittifoqqa kirish bir tomonga chipta sotib olishdir. Assalom, Sovet Ittifoqi. Bu mening tengdoshlarim eng kam umid qilgan voqea edi», deb yozdi Aziza Umarova.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 september 2017
18 sentyabr kuni Toshkent markazidagi Navoiy nomidagi Milliy bog‘ni buzish va qurilishga hozirlash ishlari boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil ...
26 june 2023
To‘raev Abdusamad Abdulhamidovich 13.01.1959 yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta, oilali, 4 nafar farzandi bor, yoshga doir ...
21 february 2020
Karamzin degan rus ëzuvchidan «Rossiya amaldorlari nima qilyapti?» deb so‘rashsa, «O‘g‘irlayapti», degandi. Mendan o‘zbek amaldorlari nima qilyapti, deb so‘rasangiz, “o‘g‘irlayapti ...
19 september 2025
Amerikaning ikki shovvoz vatandoshi Tomas Gaskel Allen (Thomas Gaskell Allen) va uning do‘sti Uilyam Luis Saxtleben (William Lewis Sachtleben) ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...