Catira
29 november 2021

Xizmatkorni erkalatsang… yoki shved bosh vaziri qanday mashinada yuradi?

Shvetsiya bosh vaziri o‘z mamlakatida xizmat mashinasiga ega yagona siësatchi. Qolgan mulozimlar ishga o‘z mashinasi, velosipedi ëki tramvayda boradi. Xalqi qashshoq bo‘lgan mamlakatlar mulozimlari qimmat mashinalarda yuradi. Masalan, O‘zbekiston Oliy sud raisi uchun kamida 6 mashina xizmat qiladi. Ulardan birining narxi 150 ming dollar.

Ammo Shvetsiya mulozimlari o‘ta kamtar ramka ichiga qamalgan. Masalan, butun bir shved parlamentida bittagina odamda xizmat mashinasi bor. Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyovenga xizmat maqsadida mashina biriktirilgan. Mabodo bu mashina bosh vazirning xotinini sartaroshxonaga olib borsa, qiëmat qo‘padi. Eng kamida bosh vazir iste'foga ketadi.

Shvetsiya bosh vaziri Volva S80 minar ekan. Bugun reestrdan tekshirib ko‘rsam, bu mashinaning ham yili yangi emas. 4 yil minilgan ekan. Atayin 4 yil minilgan Volva S80 necha pul turarkin, deb qarasam, Germaniyada 18 ming yevroda, Shvetsiyada esa undan ham arzonga e'lon ko‘rdim. Ya'ni Shvetsiyadagi asosiy birinchi rahbar 18 ming yevrolik mashinada yurarkan.

O‘zbekiston Oliy sudi raisi esa 150 ming dollarlik Mersda. Shartta parlamentga (shved parlamenti matbuot xizmatiga) telefon qilib: «Jaa yerga urvoripsizlar-u hukumat mulozimlarini. Mening Stokgolmdagi dokumenti yo‘q chilangar do‘stim «Bentli» minadi», deya e'tiroz bildirdim o‘zimcha. Bunga javoban parlamentdagi xushmuoamala xotin: «Shved parlamenti va hukumati taksopark emas. Mulozimlar velosipedda kelsa, sog‘lig‘iga yaxshi», dedi.

Bu xotinning aytishicha, shved parlamenti a'zolariga jamoat transportida yurish uchun tekin oylik chipta berilarkan. Shved matbuotida bu imtiëzni ham bekor qilish chaqiriqlari yangrab turadi. Matbuotga ko‘ra, mulozimlar xizmatkordir. Xizmatkorni erkalatsang, sendan oldin to‘rga chiqarkan.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
31 august 2018
«U bir og‘iz gapirmadi, yerga qarab o‘tiraverdi. Rahmim keldi, ochig‘i. Men bir bahona topib chiqib ketsam, to‘yib to‘yib yig‘lab ...
7 april 2022
Apparell Insider nashri uchun maxsus yozilgan ushbu maqolada O‘zbekiston inson huquqlari forumi vakili Lin Shvaysfurt O‘zbekiston paxtachiligida tizimli majburiy mehnat tugatilishi muhim voqea bo‘lsa-da, inson huquqlari bilan ...
30 january 2026
To‘g‘ri gap tug‘ishganingga yoqmaydi. Mahalla yettiligi deb nomlangan yugurdaklar bir sutkada nechi soat ishlashi kerak o‘zi? Toshkent shahar Mirzo ...
24 december 2021
O‘zbekistonlik sharqshunos olim, marhum Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova 16 dekabr kuni Toshkent shahri Uchtepa sudiga apellyatsiya shikoyati topshirdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...