Catira
2 december 2021

Urganchda Jaloliddin haykali yarim kechasi buzib tashlandi

1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali buzib tashlandi. Haykal badiiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston xalq rassomi Ilhom Jabborov tomonidan 1999 yili hukumat qarori bilan tiklangan edi.

Bu haykalning buzib tashlanishi rossiyalik o‘rtamiënadan ham past Aleksandr Ustenko va Vitaliy Kazanskiy ismli ikki «xalturshik» haykaltaroshning Jaloladdinning ot ustidagi haykalini tiklashi bilan bog‘liq.

Lekin mulozimlar eski haykal buzilishi haqida jamoatchilikka biror hujjat taqdim qilishmagan. Xalqdan bekitib, xalq puliga qurilgan haykal imi-jimida buzib tashlandi. Mirziëev buzdirgan haykalni uning ustozi Karimov yasattirgan edi.

1999 yil 5 noyabr kuni Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tgan. Shaharda yubiley uchun Shovot kanali qirg‘oqlarini birlashtirib maxsus bunyod etilgan ansambl markazida Jaloliddinning qattiq materialdan ishlanib, ustiga mis qoplangan ulug‘vor haykalini Karimovning o‘zi ochgan edi.

Marosimda Karimov bu haykal o‘rnatilishiga hissa qo‘shganidan mamnunligini izhor qilgandi. Haykalni yasash Amir Temur siymosini yaratgan Ilhom Jabborovga topshirilishi ham prezident amri bilan bo‘lgan. O‘zbekiston prezidenti Mirziëev faoliyatida haykal o‘zgartirish bilan bog‘liq talay epizodlar bor.

1. 1993 yili u Ibn Sino haykali kallasini arra bilan kesib, boshi olingan Ulug‘bek haykaliga shaxsan o‘rnatgan.

2. Mirziëev Samarqand viloyati hokimi bo‘lganida Registonda Abu Abdullo Rudakiyning to‘la bo‘yli granit haykali va Alisher Navoiy bilan Abdurahmon Jomiyning marmar haykali olib tashlangan edi.

3. Samarqand markazida avstriyalik mahbus arxitektor Eduard Rush tomonidan 1919 yilda qurilgan va SSSR davrida monumental plastika sohasining mamlakatdagi eng noyob namunalaridan biri deya qadrlanib, kataloglarga kiritilgan san'at asarini 2009 yili bosh vazir lavozimida bo‘lgan Shavkat Mirziëev Toshkentdan maxsus kelib buzdirib ketgan edi.

Monument to‘rt tomonida to‘rt holatda aks ettirilgan qullar haykalidan iborat edi. Biri iztirob ichida, yana biri uyg‘onayotgan, yana biri umid bilan qaragan, yana biri esa yuzida mardlik aks etgan qullar.

Postamentdan o‘sib chiqqan ustun va uning ustidagi qubbaning to‘rt tomonida 4 ta bolacha haykali aks etgan, qubba ustida esa qo‘lini ko‘kka cho‘zgan va ozodlik timsoli sifatida keltirilgan ayolning mardonavor shakli qad ko‘targandi. Bu haykal Samarqand viloyati madaniy ëdgorliklar boshqarmasi ro‘yxatiga kirgan bo‘lsa ham mavjud qoidaga zid tarzda buzib tashlangandi.

4. 2019 yili Toshkentdagi Alisher Navoiy haykalini parlament tarafga qaratib burib qo‘yish ham shaxsan Mirziëev tashabbusi va elning katta mablag‘i evaziga amalga oshirilgan.

5. 2021 yilning 2 dekabrida Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali prezident topshirig‘i bilan buzib tashlandi. Navbatdagi buziladigan haykal Toshkent markazida, Oqsaroy oldidagi Islom Karimov haykali bo‘lishi lozim. Islom Karimov haykalining olib tashlanishi mantiq va tarixiy adolat talabiga mos bo‘lardi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 march 2016
Mehnatkashlar huquqi Xalqaro Forumi (ILRF) 2016 yil Mehnatkashlar huquqi himoyachilarini mukofotlar bilan taqdirlashi haqida e'lon qildi, ular orasida o‘zbek ...
29 april 2017
O‘zining ikki sahifasini to‘liq tez yordam xizmati faoliyatiga bag‘ishlagan “Oila va jamiyat” gazetasi (26.04) tibbiyot tizimidagi jiddiy bir muammoni ...
26 august 2016
Bag‘dod tumani mahalla faollaridan biri, eltuz.comga har bir qishloqda yashovchi 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan har uch kishi bir ...
28 february 2017
O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol Toshkent Xalqaro aeroportiga Karimov nomini berish haqidagi prezident qaroriga e'tiroz bildirib Mirziyoevga maktub yozdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...