Catira
17 november 2025

Daraxtkesar hokim o‘rniga oddiy xodimlar jazolandi

Eltuz Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 174 tup daraxt moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangani xabar qilingan edi. Mazkur holat ortidan obodonlashtirish xodimlariga jinoyat ishi ochildi.

Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboev xabar berdi. (Rasulning arzon populizmdan chekinib onda-sonda o‘z vazifasi bilan shug‘ullanayotgani Eltuzni quvontiradi.)

Demak, ekovazirlik mulozimiga ko‘ra, 2025 yilning 25 oktyabr  kuni Yakkasaroy tumani Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasidan boshlab avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan jami 174 tup daraxt va buta kesilib, tabiatga 1 mlrd 460 mln 952 ming so‘m zarar yetkazilgan.

8 noyabr kuni obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksning 198moddasi 2qismiga (o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Qizig‘i, daraxt kesish topshirig‘ini bergan shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov yana suvdan quruq chiqmoqda. Uning o‘rniga topshiriqni bajargan, “tanka”si yo‘q obodonlashtirish xodimlari javob beradigan ko‘rinadi. Mana bu haqiqiy nomardlik”, deydi  Rasul Kusherboev.

Obodonlashtirish xodimlari ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Buyruq bergan hokim o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov tergovga jalb etilmadi.

Tag‘in o‘qing
16 december 2016
17 yildan buyon qamoqda qolayotgan taniqli jurnalist, 62 yoshli siyosiy mahkum Muhammad Bekjon jazo izolyatoriga tashlangan va uning muddati ...
2 march 2020
Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo davlatlar bir-biri bilan namunali aloqa o‘rnatish o‘rniga «shovqin-suron ko‘tarish» bilan mashg‘ul bo‘layotganini ma'lum ...
19 november 2018
Ijtimoiy tarmoqda Namanganning 5-mikrorayonida qurilayotgan Eyfel minorasi nusxasining dastlabki fotosuratlari paydo bo‘ldi. Parijning mashhur Eyfel minorasi nusxalarini bugungi kunda ...
9 january 2026
Bir kuni Afandidan so‘rashibdi: — Afandi, nega doim eshagingizga teskari qarab minasiz? Afandi javob beribdi: — Men emas, eshagim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...