Catira
17 december 2025

Iqbol tabib 10 sutkaga qamaldi

Tabiblik bilan shug‘ullanib, xalq orasida “Bio nur” sohibi sifatida tanilgan Iqbol Saliev 10 sutkaga ma'muriy qamoqqa olindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 2025 yil 17 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, 54 yashar Iqbol Saliev Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi 3-qismi — xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybli deb topildi.

Shu bilan birga, birinchi instantsiya sudining mazkur qarori ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatlarda Farg‘ona viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqiga egaligi ma'lum qilindi.

Iqbol Saliev bungacha ham javobgarlikka tortilgan. Xususan, 2025 yil 10 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining qarori bilan u Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 59-5-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga BHMning 20 baravari miqdorida ma'muriy jarima solingan edi.

Iqbol tabibning mijozlari uning uyi o‘ngida o‘n kutishlariga to‘g‘ri keladi. Ungacha Iqbol tabib qamag‘da qamoxona nozirlarini davolab turadi.

Tag‘in o‘qing
8 september 2018
«O‘zbekkontsert» qoshidagi badiiy kengash 5 sentyabr kuni bir qancha o‘zbek artistlari kliplarini mahalliy TV kanallarida ko‘rsatishni taqiqladi. Ular ichida ...
26 may 2020
Sazoyi Tong otdi. Tiniqib uxlagan Absattor qo‘lini cho‘zib, ënini paypaslab Madinani qidirdi. Madina oshxonada pishir-kuydir qilib yurardi. Asakalik tog‘a ...
14 january 2026
So‘nggi yillarda Sirdaryo viloyatida kuzatilayotgan boshqaruv amaliyotida xavotirli bir tendentsiya tobora oddiy holga aylanib bormoqda.  Gap hokim Erkin Turdimov ...
10 february 2021
Qul nechun qul, chunki u bo‘ynidagi zanjirga sig‘inadi. Keyingi dasturni tayyorlash niyatida navbatdagi tuman prokuraturasiga bordim. Rahbar bilan ko‘rishib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...