Catira
1 january 2026

Rossiya-Ukraina urushi xavfli nuqtaga yetib keldi

Rossiya Ukrainaga qarshi urushda tarixiy jihatdan qorong‘u bir bosqichga yaqinlashmoqda. Yanvar o‘rtasiga kelib, Vladimir Putin boshlagan “maxsus harbiy operatsiya” Ikkinchi jahon urushidan ham uzoqroq davom etgan urushga aylanadi. 

Kreml uchun bu taqqoslash juda ham katta ahamiyatga ega, chunki Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba hozirgi Rossiya davlat mafkurasida markaziy o‘rin tutadi. Putinning o‘zi ham bu urush tarixiga qattiq bog‘langan. Bu Stalin davriga nisbatan ijobiy munosabat qayta tiklanayotganida ham yaqqol kuzatiladi.

Biroq orada salkam to‘rt yil vaqt o‘tgan esa-da, Moskva uzil-kesil g‘alabaga erisha olgani yo‘q. Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning taxminan 20 foiz hududini nazorat qilmoqda, ammo bu katta yo‘qotishlar evaziga amalga oshdi. Qurbonlar soni yuz minglab, hatto millionga yaqin deb baholanmoqda. Eng muhimi, Kreml uchun asosiy maqsadlardan biri bo‘lgan Kievdagi hokimiyat almashmadi – Vladimir Zelenskiy hanuz prezident sifatida qolmoqda.

Shunga qaramasdan, Putin jamoatchilik o‘ngida ishonchli va qat'iy ohangda gapirishda davom etyapti. U Rossiya vaqtdan yutyapti, degan fikrni singdirmoqchi. Putin Donbass va “Novorossiya”ni baribir qo‘lga kiritishini, buni agar zarur bo‘lsa harbiy, zarur bo‘lsa boshqa usullar bilan amalga oshirishini aytdi. Shu bilan birga, u tinch yo‘l bilan urushni yakunlashga tayyor ekanini ta'kidladi, ammo frontda Rossiya qo‘shinlari hujumni davom ettirayotganini ham yashirmadi.

Bu ziddiyatli bayonotlar ko‘proq muzokaralarda qo‘llanadigan bosim taktikasiga o‘xshaydi. Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishish istagini yaxshi tushunadi va Vashingtonning shoshilayotganidan maksimal foyda olishga harakat qilmoqda. Tramp hokimiyatga kelgandan so‘ng G‘arb davlatlari ichida yagona pozitsiya zaiflashdi, Yevropa va AQSh o‘rtasida ochiq kelishmovchiliklar paydo bo‘ldi.

Rossiya va AQSh o‘rtasida ayrim diplomatik aloqalar tiklangan bo‘lsa-da, bu iliqlashuv urushni to‘xtata olmadi. Ayrim sanktsiyalar, muzokaralar va uchrashuvlar fonida Putin ko‘proq vaqt yutyapti va urushni cho‘zib, o‘zi qo‘ygan shart asosida kelishuvga erishishga umid qilyapti. 

2026 yil boshiga kelib tinchlik haqida gaplar ko‘paygan bo‘lsa ham, Kreml pozitsiyasi yanada qat'iylashayotgani seziladi. Shu sababli, Putin hali ham ehtimoliy kelishuvni hal qiluvchi yoki izdan chiqaruvchi asosiy shaxs bo‘lib qolmoqda.

Tag‘in o‘qing
11 january 2026
Albert Eynshteyn O‘zbekistondan Parijga kelgan raqqosaning qo‘l ro‘moliga ëzgan formula nima edi? Bu formula vaqt tuynugi borligini ko‘rsatuvchi eng ...
15 october 2023
Isroil tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Isroildagi qurolli to‘qnashuvlarda O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari bedarak ...
2 january 2026
Saida Mirziyoevaning intervyusini ko‘rishimga to‘g‘ri keldi. Nima ham derdim: «Yirik davlat arbobining birinchi erkin intervyusi» sifatida taqdim etilgan bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...