Catira
2 january 2026

Rahimjon Rahmat: «Jundor hayvonlarga havas qilyapmiz»

zbek xalqi shubhasiz dunëdagi barcha yaratiqlar ichida «eng sabr qiladirg‘on» turidan. Boshliq kelib ko‘tiga tepsayam xudoga shukr deydi. Lekin bularni orasida noshukrlari ham bor. Mana Raxmatjon amaki «uy sovuq» deb zayava tashabdi menga. Amaki siz hech TV ko‘rmaysizmi? Kattani qizi aytgan gapni eshitmadingizmi? Sovuq bo‘lib biz antraktida ëki ëqutistondagi kabi minus qirq darajada emasku. Uyni ichi sal iliq bo‘lsa bo‘ldi. Issiqroq yung jo‘rop¸ ikki qat jemper va ustidan paxtalik guppi kiying. Uyingizdagi to‘nlar padarka uchunbas. Kiyvoling.

Mana Germaniyada uylardagi batareya qulog‘ini  burab sovuq qilib qo‘yishadi. Portugaliyada umuman isitish tizimi yo‘q. Uydi ichi sal iliq bo‘lsa bo‘ldi. Gazni siz qashshoqlar isinsin deb do‘lat suvtekin qilib qo‘ymaydiku. Rossiya va Xitoyga bervorgan xozirgi muxtaramning ustozi o‘z vaqtida o‘ptim qilib. 

Raxmatjon aka qachon qarasa kasalman deb noliysiz. Issiqdan ko‘ra sovuq odamni chiniqtirishini bilmaysizmi? 

Nega neandertallar qirilib yo‘q bo‘kganini bilasizmi? Bilmaysiz. 

Ular qo‘tosni so‘yib yeyishganu lekin qo‘tosni terisidan po‘stin tikib kiyishga erinishgan. 

Xomo sapiens qachon havo isirkan ëki g‘or ichidagi gulxan ënarkan deb o‘tirmay shartta po‘stin tikib egniga kiyvolgan. 

Bilishib qo‘yish. 

Mayli shuncha shukr qilib tepadagilarga qarab sig‘inaëtganlarni gapini berdim.

Guruch orasida kurmak qilib sizni diydiëngizni ham beraman.

 Lekin ashi gap gap. Sovuq uy issiq uydan ko‘ra sog‘lom!

Mana Raxmatjon akani ëzgani: Jundor hayvonlarga havas qilyapmiz. 

Batareya iliq, isimaydi, qo‘lingizni qo‘ysangiz ozgina iliqlik sezasiz. Elektropech ishlatamiz. Kerak bo‘lsa kechqurun gazni yoqib qo‘yamiz.(Havfli). 

Uy sovuq. Palto yechilmaydi. 

Isitish tizimi uchun kattagina pul to‘laymiz. Tizim yaxshi ishlamagani uchun gaz va elektropech yoqamiz. 

Gaz va elektrning harajati oshadi. 

Mana shularni klassik adolatsizlik desa bo‘ladi. 

Uyida yosh bolasi va kasali borlarning azobi ortadi. 

Bu — klassik adolatsizlik. 

Bu — xalqni qiynash. 

Bu — xalqning cho‘ntagini shilish. 

Hali havolar iliq, ertaga sovuq kelsa bitta mashaqqatimiz mingta bo‘ladi. 

Karimov davrida ham Toshkent shahar issiqlik tizimini modernizasiya qilish haqida ko‘p gapirilardi, mablag‘ ajratildi deyilardi. Lekin natija yo‘q. 

Yangi o‘zbekistonda ham shahar isitish tizimini modernizasiya qilish haqida gapirildi. 

Bu sovuq xonalarda azobim cheksiz, chunki oyog‘im, belim og‘riydi. Menga o‘xshagan kasallar son mingta. 

Boyning, amaldorning uyi sovuq emasligini xamma biladi. 

Muhtaram amaldorlar, xalqqa nisbatan adolatsizlik qilyapsizlar. Shuni o‘zlaring tushunib turibsizlarmi? 

Jonimizdan o‘tgani uchun gapiramiz. 

Asli gap gapirgan odam foyda topmasligini bilamiz. 

Jundor hayvonlarga havas qilyapmiz.

Rahimjon Rahmat

Tag‘in o‘qing
25 october 2015
Halokat Anvar o‘tirgan Matiz mashinasi paxta ortilgan traktor pritsepi bilan to‘qnashuvi natijasida sodir bo‘lgan. Hozirda mashina haydovchisi og‘ir ahvolda ...
24 november 2021
Rassom Kirpi
12 october 2023
Eltuzga Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani filiali rahbariyati ustidan bankning bir necha xodimlari yo‘llagan shikoyat maktubi ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...