Tahlil
19 july 2016

Ko‘sak qurti yoppasiga qo‘lda terilmoqda

Nafaqat vodiyning barcha tuman xalq ta'limi va tibbiyot xodimlari, balki poliklinika,tug‘ruqxona, maktab va bog‘cha xodimlari ham ko‘sak qurtini qo‘lda terib olib «o‘ldirish» bilan mashg‘ul.

«Jazirama issiqda, tag‘in qo‘lqop kiyib ishlashga to‘g‘ri kelayapti. Kun isib ketguncha qurtni terib olishimiz kerak», – deydi, Jalaquduq tumanidagi Tibbiyot Markazi sanitarkasi.

U tungi navbatchilikdan chiqiboq dalaga olib chiqishlari, dalada hech qanday sharoit yo‘qligi, tushlik ham berilmasligi, kiyimlarni dalaning o‘zida almashtirishlarini aytadi.

Ko‘sak qurtini terib olganlarga haq berilmaydi, biroq allaqachon dalaga chiqmaslik uchun o‘lpon miqdori belgilangan.

«Mavr allaqachon o‘z ishini qilib bo‘lgan…»

rasm1620
«Ko‘sak qurtlari allaqachon o‘z ishini qilgan. Ularni hox terib ol, xoh o‘ldir bu endi behuda», – biolog mutaxassis. Foto: Eltuz.com

Qurtlarga qarshi yoppasiga “kurash” iyun oyida boshlangandi. Mutaxassislar, g‘o‘za zararkunandalarning qo‘lda terib olib yo‘q qilishdan boshqa choralari yo‘qligini aytishadi, biroq zararkunandalar g‘umbakdan chiqib ko‘payishga kirishgan pallada bu ham samarasiz.

«Qurtlarning urug‘i yoki g‘umbaklarini terib olishga chiqqanlar, nafaqat buni uddalay olishmaydi, hatto ularni topa olishlari dargumon.

Ular faqat 4-5 yillik qurtlarnigina topishlari mumkin. Ular hayot uchun kurashish, xatarni sezish va yashirinishga qodir. Ko‘sak ichiga kirib olganlari esa o‘z ishlarini allaqachon qilib bo‘lishgan – ko‘sakni quritishgan. Ularni hox terib ol, xoh o‘ldir bu endi behuda», – deydi biolog mutaxassis.

Inson sog‘lig‘i uchun zararli

Zararkunandalarning ko‘payish sababi, bu yil qishning iliq kelgani, kam qorli bo‘lgani bilan izoxlanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha (ismi sir qolishini istagan) mutaxassisning aytishicha, har yili zararkunandalar va turli kasalliklar ta'sirida hosilning 30-35 foizi nobud bo‘ladi. Bunday zararkunandalarning 120 mingdan ortiq turi mavjud.

rasm1622
Ommaviy safarbarlikdan oldin dalalarga zaharli dorilar bilan ishlov berilgan. Foto: Eltuz.com

Fermerlar bungacha turli kimyoviy va biologik usullarni qo‘llashganini aytishadi, biroq, mutaxasislarga ko‘ra kimyoviy o‘g‘itlarni belgilangan me'yordan ortiq sepib bo‘lmaydi, aks holda paxta hosiliga ham, yerga ham, bugun dalada qurt terishga safarbar qilingan odamlar sog‘lig‘iga ham jiddiy xavf yetishi mumkin.

Qishloq xo‘jalik vaziri amri bilan

Dalasiga qurt oralagan shahrixonlik fermerning aytishicha, qurtlarni qo‘lda terib olish topshirig‘ini ularga shaxsan qishloq xo‘jaligi vaziri selektor yig‘ilishida topshirgan.

Andijon va Farg‘onadan tashqari Namanganda ham g‘o‘za qurtini terishga hasharchilar jalb etilgan.

rasm1621
Zararkunandalarning 120 mingdan ortiq turi mavjud. Foto: Eltuz.com

«Baxorda chopiq, yagana, qolaversa boshqa obodonchilik ishlari. Kuzda paxta bilan umrimiz o‘tib ketadi. Aqalli yozgi ta'tilda dam olvolamiz-ku, deb suyunib yurardik. Bu yil endi mana bu qurt balosi ham chiqibdi», – deydi Buloqboshi tumanilik o‘qituvchi.

Ular bu kabi safarbarlikka birinchi bor chiqishayotgani yo‘q. Namanganning Norin tumanida ishlovchi o‘qituvchi va do‘xtirlar bu mehnatning nima ekanligini yaxshi bilishadi.

Kulgili, biroq kamchiqim usul

Xasharchilar g‘o‘za zararkunandalarini qo‘lda terib olish, biroz kulgili tuyulsada, maxalliy xokimiyat uchun eng kamchiqim ekanini aytishadi.

Iyul oyida Andijonda havo harorati 40 daraja, balki undan ham ko‘proqni tashkil etmoqda. Shunga qaramasdan, tibbiyot xodimlari, asosan farrosh, texxodimlar, hamshiralar, undan tashqari o‘kituvchilar daladan bo‘shay deyishmayapti.

Hasharchilar dalada ishlaganliklari uchun ularga haq to‘lanmasligi, bir kunlik daladagi ishlardan qolish narxi esa 10 ming so‘m qilib belganganini aytishmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 april 2024
Germaniyadan O‘zbekistonga borgan xalqaro tashkilot rahbari Umida Niëzova ëllangan bloger tomonidan haqorat qilindi. 18 aprel kuni Farg‘onada xizmat safarida ...
4 february 2022
Rassom Kirpi
4 july 2025
Kecha, 5 iyul kuni, Guliston shahar prokuraturasi o‘rinbosarlaridan biri 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Bu navbatdagi “qo‘lga tushish” ...
17 november 2024
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosi 9 qavat. Liftdan faqat professor-o‘qituvchilar va xodimlar foydalanishi mumkin. Talabalarga esa zinadan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...