Asosiy mavzular
31 january 2018

Muhammad Solih: Inoyatov Moskvaga bog‘langan odam edi

O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi uchun ijobiy bo‘lgan ulkan siësiy voqea”, deb atadi.

Suhbat davomida Muhammad Solih MXXning 31 yanvar kuni ishdan olingan raisi Rustam Inoyatovning o‘zbek xalqiga nisbatan qilgan repressiya ko‘lamini tasvirladi.

“Inoyatov ukalarimni qamadi, “Erk” faollarini quvg‘in qildi, qolaversa, mening o‘zimga uch marta suiqasd uyushtirdi. Alloh ko‘magida bu suiqasdlardan omon qoldim”, dedi Muhammad Solih.

“Eltuz” muxbirining “Nega Inoyatovni ishdan olish uchun Mirziëevga bir yil zarur bo‘ldi?” degan savoliga javob bergan Solih o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib, “Inoyatov tarafdorlarini zaiflashtirish ancha qiyin bo‘lganini” aytdi.

“Inoyatov ishdan ketish oldidan MXX inventaridagi 5 foiz qurolni shaxsiy tarkibga noqonuniy tarqatgan, degan ma'lumot bor bizda. Ya'ni MXX qurol zaxirasining 5 foizi Inoyatov tarafdorlari qo‘lida bo‘lgan. Ularda Inoyatov tarafini olib qurolli qarshilik qilish rejasi bo‘lgan. Shu bois, Mirziëevga Inoyatovni ketkazish uchun bir yil kerak bo‘ldi”, deydi suhbatdosh.

Ba'zi mulozimlarga ko‘ra, Rustam Inoyatov 1995 yilda Toshkent klani xoch otasi bo‘lgan Temur Alimov (hozirda marhum) ko‘magida MXX raisligiga keltirilgan. Ya'ni u Toshkent klaniga bog‘liq bo‘lgan. “Eltuz” bilan suhbatda Muhammad Solih 31 yanvar kuni ishdan olingan Rustam Inoyatov “Moskvaga bog‘langan odam edi”, deya ta'kidladi.

“Bu uning KGBning Moskvada bo‘lib o‘tgan yuz yillik tantanalarida bezbetlarcha qatnashganida yaqqol aën bo‘lgan edi”, deydi Muhammad Solih.

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 august 2025
«Uch yil burun juda dag‘al bir gap qilib eding menga, ko‘rsataman endi senga!» Toshkent viloyat hokimi matbuot kotibi to‘rt ...
14 july 2017
11 iyulda prezident Shavkat Mirzieev chiqish stikerlari o‘rniga horijiy pasport joriy qilish qarorini imzoladi. Hujjatda, ayni masalani ko‘rib chiqish ...
22 december 2017
22 dekabr kuni prezident Mirziyoev O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatida mamlakat harbiy doktrinasi butunlay boshqatdan ko‘rib chiqilayotgani haqida gapirdi. «Hokimlar ...
2 april 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Jizzax, Namangan, Toshkent, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun kanalimizga obuna bo‘lish, layk bosish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...